Yomg’ir ostidagi odam



Download 20,92 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,92 Kb.
#242260
Bog'liq
Yomg'ir ostidagi odam proektiv metodikasi


“Yomg’ir ostidagi odam” proektiv metodikasini o’tkazish tartibi

Bola chizgan rasmlar nimadan dalolat beradi?

Psixologlar fikricha rasm bola kayfiyatini va ruhiy kechinmalarini oshkor qiladi. Uning turli holatlarda o`zini qanday tutishi, o`ziga ishonchi past yoki balandligini aniqlashni istasangiz, uning chizgan rasmlariga ahamiyat bering. Buning uchun sizga A4 formatli oq qog`oz, oddiy qora qalam, o`chirg`ich kerak bo`ladi. Farzandingizdan yomg`ir ostidagi odamni chizib berishini iltimos qiling. Yomg`ir mavzusi stress holatiga ishora bo`lib, ruhiyatni chuqurroq ochib beradi.

KIM NIMA ChIZADI?

Bola 3 yoshga kirgach rasmlarida aniq bir shakl va chiziqlarni chiza boshlaydi. Uch yoshli bola odamni chizishda dumaloqsifat shakllardan foydalanadi. Besh yoshga kirgan kichik rassom esa odam rasmida uning oyoq-qo`llari, boshi va og`zini chizishga harakat qiladi. Olti yoshli bola esa rasmdagi qahramonga burun, barmoqlarni ham chizadi. Etti yoshli bolalar esa rasm chizganda qahramonga bo`yin, soch va qahramonga kiyim ham chiza boshlashadi.



RASMNI “O`QISh”

Rasmdagi kishining jussasi juda kichikligi, bolaning o`ziga nisbatan ishonchi pastligidan darak beradi. U ota-onasi tarafidan qo`llab quvvatlashga muhtoj.

Soyabon, kapishon yoki boshqa muhofaza qiluvchi kiyim – bola o`zini atrofdagi ba`zi hodisalardan muhofaza qilishni istashi va stress holatlarda sarosimaga tushib qolmasligidan dalolat.

Og`ir, qora bulutlar – oxirgi payt bola hayotida ba`zi bir salbiy o`zgarishlar sodir bo`lganidan darak beradi.

Kamalak, quyosh – bola hayotida sodir bo`lgan muammolarning echilishiga umid bog`laganini bildiradi.

Yomg`irdan qochayotgan kishi – muammolardan qochib chiqib ketish istagiga darak.

Aniq va uzluksiz yo`nalishda chiziqlar – bola qiyinchiliklarga engib o`tishga va mantiq bilan ish tutishga harakat qiladi.

Rasm o`chirg`ich yordamida ko`p bora o`chirilib chizilganligi bolaning kayfiyati yo`qligidan darak beradi.

Qo`llar – faollik va kirishimlilikni bildiradi. Quchoq ochib turgan qo`llar – ochiq ko`ngillik, orqaga yashiringan – o`z holatidan ko`ngli to`lmaslik, ichga yashiringan ginani bildiradi.

Oyoqlar – turg`unlik, suyanchiq ramzi.

Chizilgan qahramonning og`zi ochiqligi bolaning ichidagi g`azabdan darak, tishlar ham gina-kudratga ishora qiladi. Bu bolaning o`zini himoya qilishga yo`naltirilgan g`azab ham bo`lishi mumkin.

Quloq – bola muloqotga ochiq. Juda ham katta quloqlar xushyorlikdan darak beradi.

RANGLAR

Sariq rang – ijobiy his-tuyg`ular, qiziquvchanlik va kelajakka yaxshilik bilan boqish. Bu rangni ijod tabiatli bolalar yaxshi ko`rishadi. Ular saranjomlikni yoqtirishmaydi, hamda ko`p hollarda qaror qabul qilishda ikkilanish odatlari ham bor.

Qizil rang – iroda, kutilmagan harakatlar qiluvchi, faol, hamda shu bilan birga qiziqqonlikdan darak beradi. Bunday bolalar faol o`yinlar o`ynashi lozim, yangiliklarga ochiq, ammo gapga kamdakn-kam quloq soladi.

Yashil rang – vazmin, erkin, tirishqoq, qaysar, halovat istagini bildiradi. Ona mehrini sog`ingan bolalarning rasmlarida yashil ranglarni ko`rish mumkin. Odatda bunday bolalar juda yuvosh, ichki hissiyotlarini ko`rsatmaydilar. Hamda kichik o`zgarishlarni ham yoqtirmaydilar.

Binafsha rang tasavvur, ichki sezgirlik, hissiyotli. Bu rangni tanlagan bolalarda artistlik mahorati bilan birga ortiqcha his-tuyg`ularga berilish odati ham bor. Ota-onaning engil dakkisini ham unga qattiq ta`sir qiladi.

Qora rang – norozilik, tushkunlikni bildiradi. Bola bu rangni tanlashi bilan atrofdagi hosidalarni o`zgarish istagida ekanligini ko`rsatadi.

  • Rasmda qo`shimcha mayda rasmchalarning ko`p bo`lsa, bilingki, bola ko`proq e`tiborga muhtoj.

  • Juda yumshoq chiziqlar esa bolaning tabiati yumshoqligini bildirsa, qalin chizilgan chiziqlar esa bolaning irodasi kuchli ekanligidan darak beradi.

Ko`rib turganingizdek, bola chizgan rasm nafaqat oddiy rasm, balki bir ma`noda uning ichki olamini ko`rsatib turuvchi oyna hamdir. 
Download 20,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish