5.6.
Jahon moliya tizimi globallashuvining mohiyati va uning oqibatlari
Jahon moliya tizimi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi va davlatlararo
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
94
94
valyuta-moliyaviy operatsiyalarni umumlashtiruvchi yagona unsur sifatida о‘ta muhim rol
о‘ynaydi. Jahon xо‘jaligi globallashuvining zamonaviy bosqichida uning ahamiyati tobora
oshib bormoqda. U xalqaro mehnat taqsimoti va iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirib,
mamlakatlararo tovar ayirboshlash hajmini oshiradi va xalqaro savdo о‘sishini
rag‘batlantirgan holda, jahon xо‘jaligining yalpi о‘sishiga katta ta’sir kо‘rsatadi (xorijiy
investitsiyalar oqimi kо‘p mamlakatlar uchun ishlab chiqarish kapitalining yetishmaslik
masalasini hal qiladi, ularning investitsiya salohiyatini oshirib, iqtisodiy о‘sish sifatlarini
jadallashtiradi).
Moliya sohasining globallashuvi
hozirgi kunga kelib ham milliy, ham jahon xо‘jaligida
sodir bо‘layotgan eng asosiy jarayonlardan biri bо‘lib, unga
bir qator ijobiy yoki salbiy
xususiyatlar xosdir
.
Globallashuv sharoitida xalqaro moliyaviy operatsiyalar
ishlab chiqarish jarayonlaridan
ustuvorlik
qilmoqdalar. Moliyaviy soha rivojlangan mamlakatlarning YAIM va iqtisodiy
tuzilmasida tutgan roliga kо‘ra real sektordan ustunlik qilmoqda. Moliyaviy bozorlarning
ahamiyati, ularning kо‘lamida namoyon bо‘lib, narx-navo harakati real tovar bozorlariga
kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar firma-kompaniyalari
aktivlari tarkibida soxta kapital ulushi ancha yuqori bо‘lib, moliyaviy bozorlardagi
operatsiyalardan tushgan daromadlar ular uchun ahamiyatli о‘rinni egallaydi. Hozirda
rivojlangan mamlakatlar aholisi moddiy boyliklarning oddiy jamg‘aruvchilaridan faol birja
о‘yinchilariga aylandilar: amerikaliklarning 45 foizidan ziyodi aksiya egalari hisoblanadilar.
Ular о‘z mablag‘larining kо‘p qismini moliyaviy vositalar turlaridan biriga aylantirmoqdalar.
Natijada moliya sohasi о‘z-о‘zini ta’minlovchi tizimga aylanib, ichki resurslar sohaning
о‘sishi uchun sarflamoqda.
Bozor iqtisodiyoti sust rivojlangan iqtisodiy tizim va past eksport salohiyatiga ega
spekulyativ kapital resipiyentlari (
obyekt ili subyekt, poluchayushiy (prinimayushiy) chto-libo
ot drugogo obyekta ili subyekta, nazivayemogo donorom
), kapitalning harakatlanish jadalligi
hamda an’anaviy va moddiy texnologiyalarni yaratish muddati о‘rtasidagi nomutanosiblikdan
zarar kо‘rmoqdalar.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
95
95
Moliyaviy operatsiyalar
jadalligi esa har qanday ishlab chiqarish, texnologik jarayonlar va savdo operatsiyalaridan
ustun kelmoqda. Moliyaviy sohaning jadal rivojlanishi butun dunyoni qamrab olish
imkoniyatini bermoqda. Ekspertlarning baholashicha qimmatli qog‘oz va pul birliklarining
faqatgina 10-15 foizigina moddiy kо‘rinishga ega, ya’ni real tovar va xizmatlar ishlab
chiqarish bilan ta’minlangan, xolos.
Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari ta’siri ostida moliyaviy soha о‘zining
alohida tarmoq moliyaviy xizmat va vositalari doirasini kengaytirib, umumjahon darajasiga
kо‘tarildi. Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bir vaqtning о‘zida 24 soat
davomida deyarli barcha jahon birjalarida faoliyat yurgazish imkonini bermoqda. Bu esa
moliya kapitali harakatini bir necha marotaba jadallashtiradi.
Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar sonining yil sayin oshib borayotganligi birja
о‘yinlarida qatnashayotgan aholi ulushining ham kо‘payib borayotganligidan dalolat beradi.
Xususiy investorlar professional bilimga ega ham bо‘lmay turib, ommaviy axborot
vositalaridagi axborot, konsalting firmalarining ma’lumotnomalari va boshqa manbalardan
olgan ma’lumotlariga tayangan holda kо‘r-kо‘rona ish tutib, bularning natijasida moliyaviy
bozorlar nobarqarorligi va tanazzullarga moyilligi oshib ketishiga sabab bо‘lmoqdalar.
Moliyaviy bozorlarning globallashuvi va
ning shakllanishi nafaqat
axborotlashuv asosida, balki moliyaviy kapitalning mamlakatlararo harakatlanish
cheklovloviga barham berilishi, ichki moliyaviy bozorlarni erkinlashtirayotgan va offshor
markazlarni rivojlantirayotgan neoliberalizm tamoyillarining kengayishi natijasida ham yuz
bermoqda. Kezi kelganda ta’kidlash joizki, kо‘pgina mamlakatlarda investitsiya rejimlari
liberallashuvining kuchayishi bumi о‘tgan asrning 80-yillariga tо‘g‘ri keldi. Ular qatoriga
xorijiy investorlarning milliy hususiylashtirish jarayonlariga keng jalb etilishi, soliqlarning
pasaytirilishi, xorijiy investitsiyalarning hissali ishtiroki cheklovlarining bekor qilinishi va
(возврашение в свою страну капиталов из-за границы)
erkinlashuvi kiradi.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
96
96
Tijorat banklari tomonidan investitsiyalash masalalari bо‘yicha shо‘ba kompaniyalarni
tuzishni man etuvchi qoidalarning bekor qilinishi, moliyaviy operatsiyalarni keng spektrini
amalga oshiruvchi qudratli moliyaviy xoldinglarni paydo bо‘lishiga olib keldi. Fond
operatsiyalari kо‘p yillar davomida Citycorp, Morgan bank, Bank of Amerika hamda Merill
Linch, Salomon Brothers, Goldman Saks kabi yirik investitsiya banklari tomonidan amalga
oshirib kelinmoqda. Buning natijasida moliyaviy tashkilotlarning asosiy faoliyatlaridan qat’iy
nazar, ularning diversifikatsiyalashuvi sodir bо‘lmoqda. Yirik banklar mijozlarni moliyaviy,
investitsiya va tovar bozorlari bilan bog‘lovchi qudratli axborot tizimini shakllantirmoqdalar.
Shu bilan birga axborotni egallash uchun mavjud bо‘lgan barcha kanallardan
foydalanilmoqda. Banklar axborotni egallagan holda, bozor holati va unda faoliyat
yurgazayotgan korxonalar tо‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi keng qamrovli konsalting
xizmatlarini taqdim etmoqdalar. Konsalting xizmati yirik banklar daromadlarining 25 foizidan
ortig‘ini tashkil etmoqda. Kо‘plab banklar ixtisoslashgan konsalting kompaniyalarini о‘z
bozorlaridan siqib chiqarmoqdalar.
Shuningdek, bank va sug‘urta faoliyatlarining yaqinlashuvi kuzatilmoqda. Yevropada
banklar ulushi sug‘urtaning 19 foizini tashkil etmoqda. Masalan Fransiyada banklar sug‘urta
kompaniyalari vazifasini tо‘la о‘z zimmalariga olib, bu sohada ustunlik qilmoqdalar.
Shu bilan birga
. Transmilliy banklar
(TMB) global moliyaviy bozorlarning tо‘la huquqli ishtirokchisiga aylanishlari uchun о‘z
shо‘balarini moliyaviy markazlarda tashkil etsalar, ularning ayrimlari bu shо‘balarni offshor
hududlarida yaratmoqdalar. Moliyaviy markazlarda yig‘ilgan qadrsiz pullar offshor
shо‘balariga yо‘naltirilmoqda. Ular yuqori foiz asosida kreditlar bermoqdalar va deyarli soliq
undirilmaydigan foydani о‘zlarida jamlamoqdalar.
Sо‘nggi davrda kuzatilayotgan tendensiyalardan biri shundaki, bozorlarda sug‘urta
kompaniyalar, nafaqa va turli investitsiya fondlari moliya bozorlaridan banklarni siqib
chiqarmoqdalar. Bu ayniqsa AQShda kuzatilib, u yerda aholi mablag‘lari nobank moliyaviy
tashkilotlarga jalb etilgan umumiy hajmining ulushi 50 foizidan ortmoqda. Ushbu
tashkilotlarning yalpi aktivlari 28 trln. AQSH dollar atrofida baholanmoqda. Bu
investitsiyalarning 90 foizi fond bozorlariga yо‘naltirilmoqda.
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
97
97
(Xedj-fond —
investitsionniy fond, oriyentirovanniy na maksimizatsiyu doxodnosti pri zadannom riske ili
minimizatsiyu riskov dlya zadannoy doxodnosti.) Ularning soni 3000 dan oshiq bо‘lib,
aktivlari nisbatan kо‘p bо‘lmasada (400 mlrd. doll.), ularning moliyaviy bozorlardagi roli
balanddir. Ma’lumki, rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlaridagi xorijiy kapitalning aksariyat
qismi faqatgina xedj-fondlari tomonidan kiritilgan.
Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, moliyaviy bozorlar, moliyaviy xizmat kо‘rsatish
tuzilmalari birlashib, yagona xalqaro bozor doirasida moliyaviy resurslar harakatlanishining
hajmi va jadalligi yildan-yilga о‘sib bormoqdaki, bu ularning juda ham mobililigidan dalolat
beradi. Mazkur jarayonning nafaqat ijobiy, balki salbiy jihatlari ham mavjuddir.
Moliyaviy globallashuv milliy iqtisodiyotlarga katta xatar tug‘dirishi mumkin. Chunki
globallashuv sharoitida bir mamlakatdagi nobarqarorlik boshqa mamlakat va hududlarga
о‘tishi ehtimoli yuqoridir.
Butun dunyo bо‘ylab harakatlanayotgan mobil moliyaviy kapital xalqaro iqtisodiy tizim
mexanizmini nobarqarorlashtirmoqda. Ushbu kapital rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki
bozorlariga joylashib, milliy valyuta kotirovkalari (kurslar о‘zgarishi) dinamikasini belgilagan
holda, ustuvorlikni о‘z qо‘liga olmoqdalar. Investitsiya fondlari mablag‘larini boshqarayotgan
xorijiy menejerlar moddiy ta’minlanmagan foyda ketidan quvib istagan paytda mahalliy
moliyaviy bozorlar konyunkturasiga ta’sir etish imkoniyatiga ega bо‘lmoqdalar.
Jahon moliya tizimida yuz bergan tub о‘zgarishlar uning funksiyalarini ham о‘zgartirdi.
Uning imkoniyatlari va vazifalarining kengayishi esa bu tizimni tartibga solish zaruratini
vujudga keltirdi.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotining integratsiyasi muammosi tahlili tashqi iqtisodiy
faoliyatni rivojlantirish muammolarini shakllantirish va milliy iqtisodnyotni isloh qilish
jarayonida hal etiladigan ustuvor vazifalarni aniqlash imkonini beradi. Rivojlanayotgan
mamlakatlarning iqtisodiy hamkorligi, ular tomonidan e’lon qilingan integratsiya maqsadlari
real integratsiya jarayonining tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Ishlab chiqarishni
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
98
98
baynalminallashuvining erishilgan darajasi bо‘yicha integratsiya tuzilmalarini farqlanadi.
Keyingi yillarda turli mamlakatlarning firmalari о‘rtasida kooperatsiyalashuvning jadal
rivojlanishi yirik xalqaro ishlab chiqarish- investitsiya komplekslarining paydo bо‘lishiga olib
keldi, ularni tuzish tashabbusi TMK hisoblanadi. Kо‘plab integratsion birlashmalarning
muhim maksadi ularda ishtirok etuvchi davlatlarning siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va
boshqa noiqtisodiy sohalarda bir-birini tushunishi va hamkorligini mustahkamlashdir.
Iqtisodiy integratsiya mamlakatlarning iqtisodiy hamkorligi jarayoni bо‘lib, u xо‘jalik
mexanizmlarini yaqinlashuviga olib keladi, davlatlararo kelishuvlar shaklini oladi va
davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi.
Xalqaro ixtisoslik asosida ishlab chiqarish hamkorligi, odatda, xalqaro integratsion
jarayonlarning yuksak darajadagi taraqqiyotini aks ettiradi va bu kо‘rsatkich turli
mamlakatlarning firmalari о‘rtasidagi aloqalarida namoyon bо‘ladi. Ilmiy tadqiqot ishlaridagi
hamkorlik faoliyatida eng muhim yо‘l - sohadagi samaradorlikni tahlil qilishdir.
Globalizatsiya jarayoniga rivojlangan davlatlar, xususan AQSH taklif etganday jiddiy e’tibor
berish vaqti yetdi. U eng zaruriy va chetlab bо‘lmaydigan vazifa. Dunyoda kambag‘al
kishilarni asosiy ehtiyojlarini qondirishga erishishdan boshlash lozim. Endi - globalizatsiya
samarasini kо‘rish bо‘yicha murakkab ishlarni boshlash zarur.
1.
Global iqtisodnyotga integratsiyalashuvni belgilovchi omillar.
2.
Ishlab chiqarishni baynalminallashuvi haqida fikrlaringiz.
3.
Tarmoq ichidagi ixtisoslashuv haqida tushunchangiz.
4.
Ishlab chiqarish hamkorligining о‘ziga xos belgilari.
5.
Globallashtirish jarayoniga rivojlangan mamlakatlarni jalb qilish haqida fikringiz.
6.
Jahon iqtisodiy munosabatlari haqida tushunchangiz.
7.
Firmalarni integratsiya jarayonlariga qanday jalb etish mumkin.
8.
Transmilliy korporatsiyalarni va TMBlarni qanday tashkil etiladi?
9.
Milliy xо‘jaliklar о‘rtasida chuqur barqarorlashga о‘zaro hamkorlik.
10.
Globallashtirishdagi nuqsonlarni ta’riflab bering.
1.
SH.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. /
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
99
99
– Toshkent: О‘zbekiston, 2017. -488b.
2.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. T.:
О‘zbekiston., 8-jild. 2000 yil, 365-366 betlar.
3.
R.Kurugman, M.Obsfeld. Mejdunarnaya ekonomika. Teoriya i politika. 5-y mejdunarodniy
izdanie. Piter 2003.
4.
I.Grigoriy, Menkyu Prinsipi makroekonomike. 2-y izdanie. Piter 2003.
5.
I.Muhammedov A.E., Raximova M.R., Ashurova D.S., Sunnatov M. "Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiyotini tartibga solish” О‘quv qо‘llanma. G.: TDIU. 2004.
6.
A.Rasulov, A. Bedrinsev, A.Akilov. “О‘zbekiton tashqi faoliyati va jahon xо‘jaligiga
birlashishi”. Toshkent 1996.
7.
www.uzreport.com
– О‘zbekiston yangiliklari sayti
8.
www.informika.ru
– Informatsiya, innovatsii, investitsii
9.
www.uza.uz
– О‘zbekiston axborot agentligining rasmiy veb sahifasi
10.
www.ziyonet.uz
– Образователний портал включает в себя всю необходимую
информацию для молодежи, преподавательей, а также других заинтересованних ...
11.
https://gtmarket.ru/ratings/kof-globalization-index/info
–
globalizatsiya
indekslari
kо‘rsatgichlari hisoblanadigan ilmiy-amaliy tadqiqodlar markazi rasmiy veb sahifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |