“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
92
92
darajasi oxirgi ikki о‘n yilliklarda pasaygan,
bu paytda Osiyoning Pokiston, Bangladesh,
Mayami va Shiri-Lanka kabi mamlakatlarda iqtisodiy о‘sish kuzatilmoqda.
Shuni nazarda tutish lozimki, iqtisodiy faoliyat natijalari faqatgina boshqaruv sifatiga
bog‘liq bо‘lmay balki о‘sha mamlakatning geosiyosiy joylashuviga va iqtisodiyotning
strukturasiga ham bog‘liqdir.
Aholisi kо‘p bо‘lgan mamlakatlarda aholisi kam mamlakatlarga
qaraganda jadal
iqtisodiy о‘sish kuzatilmoqda.
Dengizga chiqish imkoniyati keng bо‘lgan mamlakatlarning
iqtisodiy kо‘rsatkichlari kо‘pincha suv yо‘llaridan uzoq mamlakatlar kо‘rsatkichlaridan oshib
ketadi.
Malyariya (infeksion) kasalligi darajasi yuqori mamlakatlarda iqtisodiy о‘sish sekin
bо‘lishi kuzatilsa, ushbu kasallik kam bо‘lgan mamlakatlarda esa iqtisodiy о‘sish yuqori
bо‘ladi. Katta bozorlarga ega bо‘lgan boy mamlakatlar bilan
chegaradosh rivojlanayotgan
mamlakatlarda xususan Meksikada katta iqtisodiy yutuqlarga erishilmokda. Ushbu
farqlanishlar haqiqatda muhim о‘rin tutadi.
Agar boy mamlakatlar bundan sо‘ng ham shu kabi
tuzilmaviy masalalarga e’tibor bermasa, biz ”yutish” va “yutqazish” о‘rtasida miqdor
qanchalik о‘sib borishiga guvoh bо‘lamiz.
Rivojlangan mamlakatlar barcha aybni “kam
omadli” mamlakatlarga qо‘yib, ularni qandaydir ma’noda globalizatsiyaning yaxshi
tomonlaridan foydalanilmayotganini e’tirof etadilar. Bu nafaqat ayrim mintaqalarda
qashshoqlashish
darajasining oshishiga, balki har xil salbiy holatlar, ya’ni zо‘ravonlik,
terrorizm kabilar ta’sirida noroziliklarning о‘sishiga olib keladi.
Shunday ekan, globalizatsiya jarayoniga rivojlangan davlatlar, xususan AQSH taklif
etganday jiddiy e’tibor berish vaqti yetdi. U eng zaruriy va chetlab bо‘lmaydigan vazifalar
dunyoda kambag‘al kishilarni asosiy ehtiyojlarini qondirishga erishishdan boshlash lozim.
Kо‘pgina hollarda bu holat davlat boshqaruvi bilan yaxshilanadi. Boshqa muammolarga
kelsak, mamlakatni qashshoqlikka olib keluvchi asosiy sabablar sirasiga kasalliklar, iqlimning
о‘zgaruvchanligi, unumsiz tuproq, bozordan uzoqlik va boshqalarni keltirish mumkin.
Haqqoniy baholash shuni kо‘rsatadiki, bunday muammolarni о‘sha mamlakatlar о‘zlari
alohida hal qila olmaydilar. Har xil boshqaruvdagi muammolarni aytish о‘rniga haqiqatda har-
xil yanada yomon oqibatlar kelib chiqishini oldini olish maqsadida yetarli moliyaviy yordam
kо‘rsatish lozim.
Quyida ushbu xulosalar bо‘yicha namuna keltiramiz. Kasalliklardan saqlash va kasallik
“INNOVATSION IQTISODIYOT” – O.XUSAINOV
93
93
profilaktikasini ta’minlay
oladigan, yetarli dori-darmonlar bilan ta’minlaydigan sog‘liqni
saqlash tizimini ta’minlash lozim. Ushbu holatda sog‘liqni saqlashda bir kishiga yillik xarajat
40 AQSH dollarini tashkil etadi. Bu summa rivojlangan davlatlarda 2 ming AQSH dollarini
tashkil etadi. Normal faoliyatni olib boruvchi sog‘liqni saqlash tizimining qiymati YAIMdan
oshadi. Yillik jon boshiga tо‘g‘ri keluvchi daromad 200 AQSH dollarini tashkil etuvchi
Malaviga yetarli yordam kо‘rsatilmasa, Malavi aholisi har xil kasalliklardan halok bо‘ladi.
Muvaffaqiyatli globalizatsiya bizdan vrach kabi mulohaza qilishga undaydi.
Ayrim mintaqalarda xususan Andax va О‘rta Osiyoda asosiy muammo geografik
bо‘linishdir. Bundan asosiy maqsad yо‘llar qurish, havo orqali xatlar jо‘natish bu dunyoning
boshqa hududlarida yangi texnologiyalar bо‘yicha ishlovchi mutaxassislar bilan internet orqali
aloqalarni kuchaytirishdir. Aynan rivojlangan mamlakatlar shu kabi loyihalarni kasallik va
kamchiliklarni tо‘ldirishi lozim.
JAR va Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlar uchun asosiy vazifa kasallik
tarqalishi ustidan nazoratni о‘rnatish, tuproq unumdorligini oshirish va ma’lumotlarga erkin
kirish imkoniyati hisoblanadi.
Boshqa bir qator mintaqalarda suv muammosi diskriminatsiya (
eto negativnoye
otnosheniye, predvzyatost, nasiliye, nespravedlivost i lisheniye opredelyonnix prav lyudey po
prichine ix prinadlejnosti k opredelyonnoy
sotsialnoy gruppe
), ayollar yoki ayrim guruhlar
manfaatiga ziyon, shuningdek, muammolarni ayrim xususiyatlarini kо‘zda tutuvchi
muammolardir.
Allaqachon globalizatsiya murakkabliklariga jiddiy qarash lozim. Vashington
konsensusi, ya’ni vaziyat qanday bо‘lishiga qaramay bir yagona siyosatni qо‘llash
fikri
yakuniga yetgan. Mana endi hammaga globalizatsiya samarasini kо‘rish bо‘yicha murakkab
ishlarni boshlash zarur. Hamkorlik aloqalarini olib borayotgan mamlakatlarda yomon
mafkuraviy, siyosiy fikrlarni chiqarib tashlashga erishish lozim. Bizning umumiy kelajagimiz
shunga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: