II.ASOSIY QISM
2.1Yo’l xojaligida IТP ning asosiy yonalishlari.
Ishlab chiqarish yo’l tashkilotlari va korxonalari IТP ning tezlashuviga har tomonlama komaklashishlari va iloji boricha uning erishgan yutuqlaridan avtomobil yo’llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash ishlarida foydalanishlari kerak. Yo’l quruvchilarning eng asosiy vazifalari moddiy-texnika va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish, ishlab chiqarish usulblari va tashkiliy tuzilishini takomillashtirishdan iborat. Industirlashtirish deyilganda avtomobil yo’llarini qurish va ta’mirlashni eng zamonaviy mexanizatsiya va avtomatlashtirish vositalaridan, samaraliyo’l qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanib hamda ishlarni bajarishning eng progressiv uslublarini qollab, kompleks mexanizatsiyalashgan jarayoniga aylantirish tushuniladi. Bunda ustivorlik resurslarni tejaydigan texnologiyalarga berilishi kerak.
Yo’l quruvchilar qurilish sifatini va yo’l inshootlarining xizmat muddati keskin oshirishlari kerak. Masalan, hozirgi paytda asfaltobeton va sementobeton qoplamalarining ta’mirlashlar orasidagi xizmat muddati normativdagidan 2-3 marta kam. Yo’l ob’ektlari va inshootlarining sifati va xizmat muddati kop jihatdan ishlatilayotgan materiallar, yarimfabrikatlar va konstruksiyalarning sifatiga bogliq. Materiallar qiymati esa, odatda qurilish –montaj ishlari tannarxining 50-60 % qismini tashkil etadi. Shu sababli yo’l qurilishini takomillashtirishning bosh yonalishlaridan biri –bu mehnat predmetini, har tomonlama rivojlantirishdir. qator masalalarning yechimi shunga bogliq: yo’l konstruksiyalarini unversallashtirish va tipiklashtirish hamda ularning zavoddan chiqishdagi tayyorgarlik darajasini kotarish; konstruksiyalar va inshootlar materiallarga talabini va ogirligini kamaytirish; yangi samarali yo’l-qurilish materiallarini qollash; mahalliy materiallar, chiqindilar va sanoatning yordamchi mahsulotlaridan kengroq foydalanish; yo’l -qurilish materiallarini tayyorlash va ularni yotqizish texnologiyalarini takomillashtirish va hokazo.
Yo’l qurilishi sifatini sifatini oshirish va industrlashtirishning rivojlanishida ishlab chiqarnish bazasini, shu jumladan, asfalt va sementobeton zavodlarini, karer xojaligini, turli poligonlarni, qayta ishlash bazalarini takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Yo’l asosini va qoplamalarini, yer (tuproq) polotnosining yuqori qatlamlarini mustahkamlashning turli uslublarini keng joriy etish ham shu talablarga javob beradi. Тuproqni granulalangan yoqilgi shlaklari, kul, ximiyaviy qoshimchalar, gidravlik (ohak, sement) va bitumli boglovchi(suyultirilgan bitum, bitum emulsiyalari va shu kabilar), kompleks boglovchi materiallar bilan mustahkamlash uning namlik va sovuqqa chidamliligini oshiradi va yer polotnosida texnologik transport va yo’l qurilish mashinalarining harakatlanishlariga qulay sharoit yaratadi.
Yo’l qurilishi ishlarining yaqin kelajagi ularda suyuq organik-mineral qorishmalarni qollanilishi bilan boglangan bolib, bu qorishmani tayyorlash uchun xilma-xil mahalliy materiallar, shu jumladan, qum, uncha kop qattiqlikka ega bolmagan tosh materillar, gudron, qora moy, toshkomir smolasi, ogir neftlar, bitum pastaslari va boshqalaridan foydalanish mumkin.
Oxirgi yillarda issiqlik va namlikdan izolyatsiyalovchi maxsus qatlamli yo’l qoplamalari sohasida izlanishlar va tajriba-eksperimental qurilish ishlari olib boriladi. Тajriba konstruksiyalarida qum, qum-shagal aralashmasi, sheben orniga polistrirol, poliuretan yoki polivinilxlar (smolalari) asosidagi penonlastlar, asfalto-keramzitobeton, bitumoperlit, granulalangan penonlast, keramzit yoki boshqa toldiruvchilardan foydalanilgan yengil betonlar qollanildi.
Yer polotnosini mustahkamlash uchun yuqori darajadagi pishiqligi bilan ajratib turuvchi toqilmagan sintetik (geotekstl) materiallar ham qollanilishi mumkin. Тajribalar shuni korsatdiki, issiqlik va namlikdan himoyalovchi qatlamlarning keng miqyosda qollash, yer ishlari hajmini sezilarli darajada qisqartirish, materillarni yetkazib kelishiga ketadigan xarajatlarni kamaytirish hamda bosh (zaif) asoslarda kotarmalar barpo etishda yo’l tanasining pishiqligini va ishonchliligini oshirishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |