Yog’-moy sanoati — oziqovqat sanoatining o’simlik moyi ishlab chiqarish, yog’larni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xo’jalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va b. mahsulotlar tayyorlashni o’z ichiga oladigan tarmog’i. O’zbekistonda Yo.m.s. oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi.
Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. O’zRda Yog’ moy sanoati rivojlanishi paxta yetishtirishning o’sishi bilan bog’liq bo’lgani sababli yog’-moy korxonalari xom ashyoga yaqin yerlarga qurilgan va respublikaning hamma viloyatlarida (Navoiy viloyatidan tashqari) mavjud. O’zbekistonning zamonaviy Yog’ moy sanoatida yiliga 3,5 mln. tonna chigit va b. moyli o’simliklar urug’larini qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan 21 korxona ishlaydi.
Korxonalar "Yog’moytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi, tarmoqdagi eng yirik korxonalar: "Yangiyo’l yog’moy", "Kattaqo’rg’on yog’-moy", "Buxoro yog’ekstraksiya", "Qarshi yog’ekstraksiya", "Qo’qon yog’-moy", "Farg’ona yog’-moy", "Andijon yog’-moy", "Asaka ekstraksiya", "Uchqo’rg’on yog’ekstraksiya", "Namangan yog’ekstraksiya", "Toshmargyog’" (Toshkent sh.), "Surxonoziqovqatsanoat" (Denov sh.), "Guliston yog’ekstraksiya", "Kogon yog’ekstraksiya", "Urganch yog’-moy", "Koson yog’ekstraksiya", "Xo’jaylimoy", "Yog’gar" (Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy sh.), "Chimboymoy" aksiyadorlik jamiyatlari. Korxonalarda jami 227 ming t o’simlik moyi ishlab chiqarildi (2000). O’rta Osiyoda juda qadimdan turli o’simliklar, moyli ekinlar urug’laridan yog’ olish bilan shug’ullanib kelingan. Yog’ asosan juvozpasha olingan. Xom ashyo sifatida paxta chigiti, kunjut, zig’ir, mahsar, yer yong’oq, danaklar va b.dan foydalanilgan. Turkiston o’lkasida t. y. qurilishi va tashqi bozorlar bilan aloqaning yaxshilanishi natijasida Yog’ moy sanoati ham rivojlandi. O’zbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zd 1884 y.da Qo’qonda ishga tushirilgan, 1896 y.da Kattaqo’rg’on sh.da (Samarqand viloyati) yog’ zavodi qurildi. 1913—14 y.larda 30 ta yog’ zavodi bo’lib, 57 ming t o’simlik yog’i ishlab chiqarilgan. Oktyabr to’ntarishidan keyin Sho’rolar hukumati barcha sanoat korxonalari kabi, yog’ zdlarini ham natsionalizatsiya qilishi natijasida zdlar faoliyati to’xtab qolgan. 1922 y. boryo’g’i 2 ta yog’ zavodi ishlab turgan. O’zbekistonda paxta maydonlarining kengayishi va paxta yetishtirishning ko’payib borishi bilan bog’liq holda 30-y.lardan boshlab Yog’ moy sanoati sezilarli taraqqiy etdi, 1929—33 y.larda 1612 ming t chigit qayta ishlandi va 247,3 ming t o’simlik yog’i tayyorlandi. 1971 — 75 y.larda 11 mln. t ga yaqin chigit qayta ishlanib 1549,6 ming t o’simlik moyi tayyorlandi. 1930y.larda hozirgi quvvati 810—950 t/sutka chigit bo’lgan Qo’qon va Kattaqo’rg’on yog’-moy k-tlari, 1980 y.da quvvati 1200 t/sutka chigit bo’lgan Koson va Guliston yog’ekstraksiya zdlari qurilib, ishga tushirildi. Yog’ moy sanoati taraqqiy etishi natijasida yangi xil mahsulotlar ham tayyorlana boshladi. Avval fakat tozalanmagan (qora) paxta yog’i tayyorlangan bo’lsa, keyinchalik yog’ni tozalash yo’lga qo’yildi va oliy navli tozalangan yog’ ishlab chiqarildi, oziqovqat uchun va texnikada ishlatiladigan salomas, glitserin, moy kislotalari, margarin, mayonez, sovunlar, sintetik kir yuvish vositalari, turli loklar, bo’yoq moddalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Yog’ moy sanoati chiqindilarsiz ishlash sxemasida ishlaydi. O’simlik moyi presslash va ekstraksiya yo’li bilan olinib, ketmaket tozalanadi va dezodoratsiyalanadi. Ayrim korxonalarda keyingi yillarda kungaboqar pistasi va mahsar urug’laridan yog’ ishlab chiqarishyo’lga qo’yildi. Ishlab chiqarishquvvatlaridan to’liq foydalanish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini ko’paytirish maqsadida import bo’yicha soya dukkagi olinmokda. Ularni qayta ishlashdan chiqqan soya shrotlari chorva mollari va parrandalar uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. Iste’mol moylarining qimmatli turlarini i. ch.da konserva zdlarining chiqindilari bo’lgan mevasabzavot va poliz ekinlarining danak va urug’laridan foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan o’simlik moyi turlari ko’paytirilmokda. "Qo’qon yog’-moy" aksiyadorlik jamiyatida mevasabzavot danaklaridan, shu jumladan, shaftoli, o’rik, uzum, bodom, tarvuz, qovun, pomidor va boshqa urug’laridan ishlab chiqarilayotgan yog’moy mahsulotlari attorlik va oziqovqat sanoatida katta talab bilan foydalanilmokda. 90y.larning 2yarmidan yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, iste’mol va saqlash uchun qulay idishlarga qadokdash bo’yicha yangi texnologiyalar keng miqyosda o’zlashtirilmoqda. Margarin mahsulotlari "Tashmargyog’" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilmokda (ishlab chiqarishyillik quvvati 22,4 ming t). Buxoro shaxrida O’zbekiston-Isroil "BuxTel" mayonez ishlab chiqaradigan zamonaviy qo’shma korxonasi tashkil etildi. Kirsovun va atirsovun tarmokdagi 10 ta korxonada — Farg’ona, Yangiyo’l, Andijon, Urganch, Kattaqo’rg’on, Keles sh.dagi korxonalarda ishlab chiqariladi (yalpi yillik quvvati 103,7 ming t). 1996 y.dan respublikada sovun ishlab chiqarish korxonalarini yuqori sifatli xom ashyo bilan ta’minlash uchun "Urganchyog’" aksiyadorlik jamiyatida chigit soapstoki asosida yog’ kislotalari (palmitin va olein kislotalari) ishlab chiqarishyo’lga qo’yildi.Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda "Krupp", "Sket" (Germaniya), "AlfaLaval" (Shvetsiya), "Jon Braun", "Karver", "Kraun" (AQSH), "Motssoni", "Bollistra" (Italiya), Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. 1996 y.dan boshlab Yog’ moy sanoati tarmog’iga to’g’ridanto’g’ri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqsa. Buning natijasida tarmokda 9 qo’shma korxona tashkil etildi va faoliyat yuritmokda. Xorijiy mamlakatlardan Italiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Fransiya va AQShda Yog’ moy sanoati rivojlangan. O’z xom ashyo bazasida ishlaydi, asosan kungaboqar, zaytun va b. o’simlik moylari, margarin mahsulotlari, sovun va sintetik yuvish vositalari katta hajmlarda ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |