K3 ning normativ darajasi 0,5 dan oshmasligi kerak.
K4 ning normativ darajasi 0,3 dan past bo‘lmasligi lozim.
Shunga muvofiq har bir bank joriy to‘lovlarni amalga oshirishi
uchun qisqa muddatli majburiyatlarning eng kamida 30 foizi miqdo-
ridagi aktivi bo‘lishi lozim.
K5 ning normativ darajasi 1 dan katta bo‘lmasligi kerak. Barcha
normativlarni quyidagi jadvalda keltiramiz (24-jadval).
24-jadval.
Chegaralangan normativlar
Normativlar Me’yor
darajalari
K
1
0,5
K
2
1,0
K
3
0,5
K
4
0,3
K
5
1,0
Bank tomonidan berilgan barcha «yirik» kreditlar bank kapitali
hajmining 8 martasidan oshmasligi kerak. Eng yirik beshta kreditning
summasi (balansorti operatsiyalarni hisobga olganda) bankning o‘z mab-
ag‘laridan uch marta ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Rossiya Federatsiyasi tijorat banklari uchun quyidagi me’yorlarni
ham belgilab bergan:
М
К
N
=
1
Bu yerda:
N
1
– bankning boshlang‘ich likvidlik darajasi;
K – kapital;
153
M – majburiyatlar.
Bu me’yor bank majburiyatlarini o‘z kapitali tomonidan qanchalik
darajada ta’minlanganligini ko‘rsatadi. N
1
qanchali yuqori bo‘lsa, bank-
ning boshlang‘ich likvidligi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
S
К
N
=
2
Bu yerda:
N
2
– kredit bo‘yicha qarzlarning hisob-kitob, joriy va depozit qo‘-
yilmalarga nisbati;
K – kreditlar;
S – joriy va depozit qo‘yilmalar.
Rossiya banklarida N
2
me’yorning darajasini 0,7-1,5 oralig‘ida ush-
lab turish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kredit bo‘yicha ehti-yojlarni
qondirishga qancha ko‘p mablag‘lar sarf etilsa, N
2
ning qiymati shun-
chalik yuqori bo‘ladi. N
2
ning oshishi bank likvidligini tushishidan dalo-
lat beradi. Buni tijorat banklari o‘z kredit va investitsiya siyosatini olib
borishda hisobga olishlari kerak.
S
Lа
N
=
3
Bu yerda:
N
3
– likvid aktivlarning umumiy qo‘yilmalarga nisbati;
La – likvid aktivlar, ya’ni to‘lash muddati 30 kungacha bo‘lgan
bank kreditlari va shu muddatga kelib tushishi kerak bo‘lgan boshqa
tushumlar.
N
3
me’yorining darajasini 0,2-0,5 oralig‘ida ushlab turish belgilab
berilgan. Garchi N
3
iqtisodiy mazmuni bo‘yicha N
2
ga o‘xshashroq bo‘l-
sa-da, N
3
bank likvidligi to‘g‘risida aniqroq ma’lumot beradi. Sababi, N
2
koeffitsiyenti likvidsiz hisoblanmish kreditlar orqali bank likvidligini
ifodalaydi.
А
Lа
N
=
4
Bu yerda:
N
4
– likvid aktivlarning bankning umumiy aktivlariga bo‘lgan
nisbati;
A – aktivlarning umumiy hajmi.
Bu ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, bankning likvidligi shuncha
yuqori bo‘ladi.
154
BM
Kа
N
=
5
Bu yerda:
N
5
– likvid aktivlarning (La) talab qilib olgunga qadar bo‘lgan
qo‘yilmalar bo‘yicha bank majburiyatiga nisbati;
BM – talab qilib olgunga qadar bo‘lgan qo‘yilmalar bo‘yicha bank
majburiyati.
Bu me’yor aktiv mablag‘larining likvid qismi qay darajada olinishi
lozimligini, shuningdek, kutilayotgan majburiyatni qoplay olish
darajasini ifodalaydi.
МК
DV
A
N
tl
+
=
6
Bu yerda:
A
tl
– bankning bir yildan ortiq vaqt ichida to‘lashi lozim bo‘lgan
aktivlari;
DV – depozitlar bo‘yicha majburiyatlar;
MK – bir yildan ortiq muddatli kreditlar.
Bu me’yorning maksimal darajasi 1,0-1,5 atrofida saqlanishi maq-
sadga muvofiq deb yuritiladi. N
6
bankning bir yildan uzoq majburi-
yatlarning ta’minlanganligi bo‘yicha likvidlik darajasini ifodalaydi.
[99]. Bank likvidligi quyidagi talablarni qondiradigan darajada
bo‘lishi lozim:
olinadigan depozitlarni;
aktivlar bilan majburiyatlarni to‘lashda mavjud bo‘lgan farqni;
pul oqimlaridagi tebranishlarni;
rejalashtirilmagan boshqa xarajatlarni qoplay oladigan darajada
bo‘lishi kerak.
Likvidlikni ta’minlay olmagan banklar to‘lovga layoqatsiz bo‘lib
qolishi natijasida bankrotlikka uchrashi muqarrar. Likvidlikni ta’min-
lashning eng oddiy usuli bankning bir qism aktivlarini likvid shaklida,
masalan, naqd pul, Markaziy bank va boshqa banklardagi vakillik hisob-
varag‘idagi qoldiqlar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)
shaklida saqlash hisoblanadi.
Banklar likvidliligining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisob-
ga olgan holda likvid aktivlarning zarur miqdorini belgilab olishlari lo-
zim. Mazkur omillarga quyidagilar kiradi:
omonatlarning ko‘payishi yoki kamayishiga ko‘ra mablag‘larga
ega bo‘lish yoki ularni yo‘qotish;
155
omonatlar summasining o‘sishi yoki qisqarishiga muvofiq
majburiy zaxiralarning me’yoriy miqdorini ko‘paytirish yoki kamay-
tirish;
ssudalar va investitsiyalar summasining oshishi yoki kamayishiga
ko‘ra mablag‘lar oqib kelishini ko‘paytirish yoki kamaytirish. Ushbu
omilning ta’siri shundan iboratki, ssudalar va investitsiyalar miqdorining
oshishi, likvid aktivlar ulushini kamaytiradi, sababi investitsiyalar
aksariyat hollarda uzoq muddatga jalb qilinadi.
Daromadlilik oshayotgan bir paytda, likvidlikning maqbul darajasini
ta’minlash uchun bank jalb etilgan omonatlar muddatlari va ularga doir
xarajatlarni tahlil qilib, kredit qo‘yilmalari va investitsiyalar muddatlari
hamda rejalashtiriladigan daromadlar bilan taqqoslashi lozim. Bunday
taqqoslash joylashtirilgan va jalb etilgan mablag‘larni muddatlari bo‘yi-
cha qiyoslash va shu asosda bank likvidligi holatini aniqlash, shuning-
dek, likvidlikning zarur darajada eng ko‘p foydaga erishish uchun qisqa,
o‘rta va uzoq muddatli kreditlarning optimal nisbati nuqtayi nazardan
kredit siyosatini olib borish imkoniyatini beradi.
[100]. Bank likvidligiga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagi ichki va
tashqi omillarga bo‘lib tahlil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |