Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   500
Bog'liq
bank ishi

 

Balans operatsiyalari riski o‘z navbatida: 

 

bankning aktiv operatsiyalari riski; 



 

bankning passiv operatsiyalari riski; 

 

aktiv va passivlarni boshqarish sifati bilan bog‘liq risklarga 



bo‘linadi.  

Balansdan tashqari operatsiyalar risklari, avvalo, mijozlarning 

majburiyatlari yuzasidan berilgan kafolatlar bo‘yicha to‘lov majburiyati 

yuzaga kelishi ehtimoli bilan bog‘liq.  

 [261]. Bankning aktiv operatsiyalari risklari quyidagi turlarga 

bo‘linadi (52-jadval).  

 

52-jadval. 



Bankning aktiv operatsiyalari risklari 

 

№ 

Aktiv  

operatsiyalar  

risklari 

Izoh 

1. Kredit 

riski 

 

bu risk mijoz tomonidan asosiy qarz summasini va 



kredit bo‘yicha foizlarni to‘lay olmaslik ehtimoli 

bo‘lganda yuzaga keladi. Ya’ni bu risk qarz oluvchi 

o‘z qarzini qaytarmasligi oqibatida zarar ko‘rilishi 

bilan bog‘liq bo‘lgan riskdir. Buning manbayi faqat 

kreditlar emas, balki qimmatli qog‘ozlar, jumladan 

veksellar, akseptlar hamda kafolat va kafilliklar 

singari balansdan tashqari vositalar ham bo‘lishi 

mumkin. Bank mablag‘i yetarliligi uning aktivlariga 

tegishli sarmoya ulushi bilan ta’minlanganligini 

anglatadi. 

2. Hisob-kitob 

risklari 

 

bu risklar bankning kelishilgan shartnoma bo‘yicha 



mijozning talabiga binoan hisob-kitoblarni o‘z 

vaqtida o‘tkaza olmasligi sharoitida yuzaga keladi.  

3. Kassa 

risklari 

 

bu risklar bank kassasi orqali o‘tuvchi naqd 



pullarni saqlanishi bilan bog‘liq xavfli holatlar 

natijasida yuzaga chiqadi.  

4. Bozor 

riski 


 

bu risklar nisbiy bozor narxlari darajasining keskin 

o‘zgarishi natijasida bank aktivlari haqiqiy 



 

411


qiymatining pasayishini anglatadi. Bu bozor narxlari 

nomaqbul o‘zgarishi oqibatida ehtimoliy zarar 

ko‘rilishi tufayli ro‘y beradi. Pulning qadrsizlanishi 

yuzaga keladi. Natijada, sotiladigan mahsulotlar va 

ko‘rsatiladigan xizmatlar haqi oshib ketadi. Bankning 

esa daromadliligi pasayib, bank aksionerlariga 

to‘lanadigan to‘lovlar qiymati o‘z kuchini yo‘qotadi. 

Bank zarar ko‘radi, bunday zararlarni hisobga olish 

maqsadida aktivlarga qo‘yilmalarni buxgalteriya 

hisobiga olish qoidalariga o‘zgarishlar kiritilgan. 

Ularga muvofiq banklar ikki qiymat-xarid qilish va 

bozor narxlarining eng past hisobini yuritishadi. 

Bozor narxi xarid qiymatidan past bo‘lsa, banklar 

aktivlarining pasayish summasiga kamaymasligi 

uchun zaxiralar yaratishga majbur. Zaxiralar 

ehtimoliy zararlar sifatida ko‘riladigan bank 

xarajatlari hisobiga yaratiladi.  

5. Valuta 

riski 

 

bu risk valuta almashtirish kursining o‘zgarishi 



natijasida chet el valutasida olib boriladigan 

operatsiyalar bo‘yicha yo‘qotishlar yoki yuqori foyda 

olish ehtimolini ifodalaydi. Bu risk - valuta kursining 

ba’zi qarz oluvchilar moliya holatini yomonlashtira-

digan tomonga o‘zgarishi natijasida ko‘riladigan 

zararlardir. Bu yomon kreditlar miqdorini ko‘pay-

tiradi. Banklarga bunday ta’sirni kamaytirish boshqa-

rish usullari samaradorligiga bog‘liq. Ular valuta 

riskining bevosita va bilvosita ta’sirini cheklashi 

kerak. Ayirboshlash kursining nobarqarorligi va 

uning yuqori darajada aniq emasligi bank 

operatsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 

1995 yilda Meksikadagi moliya tangligi bilan bog‘liq 

gumonsirash ko‘plab Lotin Amerikasi mamlakatlarida 

moliya muammolariga sabab bo‘ldi va Meksikadan 

ancha uzoqdagi bozorlarda ham keskinlik tug‘dirdi. 

Devalvatsiya ehtimoli moliyalarning xorijiy valuta 

bozoriga oqib ketishiga olib keladi, banklar moliya 

vositachiligi darajasini pasaytiradi, pul-kredit 

siyosatini amalga oshirishni qiyinlashtiradi. Masalan, 

Boliviya dollarlashtirish 90 foizgacha yetganida 

monetar siyosat vositalarini qo‘llash samaradoraligini 

keskin cheklab qo‘yadi. Moliya vositachiligida 

dollarlashtirishni kengaytirish valuta riskini 

kamaytiradi, albatta. Chunki milliy valutaning 

qadrsizlanishi qarz oluvchilarga xorijiy valutadagi 




 

412


majburiyatlarini qaytarish qobiliyatini cheklaydi. 

Ko‘plab ayirboshlash kurslari siyosati xorijiy 

investorlarda norozilik tug‘diradi. Bu sarmoya oqib 

kelishini kamaytirib, uning mamlakatdan tashqariga 

chiqib ketishiga turtki bo‘lishi mumkin.  

6. 


Investitsiya  

riski 


 

bu risk qimmatli qog‘oz emitentining moliyaviy 

holati yomonlashishi oqibatida investitsiyalar 

portfelining kamayishi yoki qo‘yilgan mablag‘larni 

yo‘qotish riskini ifodalaydi. Bu risklar bank sotib 

olgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oladigan 

daromadlarining tushib ketishi yoki uni oshirish bilan 

bog‘liq risklar hisoblanadi. Respublikada faol amalga 

oshirilayotgan davlat tasarrufidan chiqarish va 

xususiylashtirish jarayonida investitsiya operatsiyalari 

ayniqsa keng tarqaldi. Ular banklar aktivlarini 

diversifikatsiyalash va ularga qo‘shimcha foyda olish 

imkonini beradi, butun iqtisodiyotni «oziqlantiradi». 

7. 


Lizing  

operatsiyalari 

bo‘yicha risk 

 

bu risk ijarachining bankdan olgan mulkidan 



samarali foydalana olmasligi, shuningdek, 

shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni o‘z vaqtida amalga 

oshira olmasligi natijasida yuzaga keladi. 

8. 


Faktoring  

operatsiyalari 

bo‘yicha risk 

 

bu risk bankning uchinchi shaxsdan sotib olgan 



qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovni o‘z 

vaqtida amalga oshira olmaslik natijasida yuzaga 

keladi. 

9. 


Bank 

portfeli riski 

 

bu risklar qimmatli qog‘ozlarning ayrim turlari 



hamda ssudalarning barcha kategoriyalari bo‘yicha 

zarar ko‘rish ehtimolligi bilan bog‘liq holda yuzaga 

keladi. 

 

[262]. Ma’lumki, banklar passiv operatsiyalar yordamida o‘zining 

aktiv operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur resurslarni jalb qiladi. 

Bunda ustav kapitalini oshirish (tashkil etish) maqsadida banklar 

foydadan chegirmalar, boshqa yuridik shaxslardan kreditlar jalb qilish

depozit kabi passiv operatsiyalarni bajaradilar. Shu jarayonda, ya’ni 

aktiv operatsiyalarni resurslar bilan ta’minlashdek murakkab jarayonda 

passiv operatsiyalar risklari yuzaga keladi. 



[263]. Aktivlar va passivlarni boshqarish sifati bilan bog‘liq 

risklarga quyidagi risklar kiradi (53-jadval). 

 



 

413



Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish