bank foizi darajasi va inflatsiya sur’atlarini kiritadilar. Ular foiz
darajasini pul miqdoriga ikki xil ta’sirini inobatga oladilar:
Birinchidan, foiz normasi pasaysa, qarzga pul olish ko‘payadi, ish-
lab chiqarish kengayib daromadlar oshadi. Albatta, bu o‘z-o‘zidan pul
miqdorini oshiradi. Foiz kamayganda boylikni bankda pul shaklida
emas, balki, masalan, aksiya, obligatsiya shaklida saqlash qulay bo‘ladi.
Foiz oshganda boylikni pul shaklida saqlash kuchayadi, pulga talab
kengayadi, ammo ishlab chiqarishga pul kam qo‘yilib, daromad kama-
yadi, pulga talab qisqaradi.
Foiz stavkasi bilan pulga bo‘lgan talab o‘rtasidagi bog‘lanishni
quyidagi grafikda ifodalash mumkin (1-grafik).
Jamg‘arish istagi yoki moliyaviy aktivlarni xarid qilish va shunga
mutanosib ravishda dividend olish jarayoni bevosita bankning foiz
stavkasiga bog‘liq. Foiz stavkasi pasayib borishi bilan pulga talab oshib
boradi va aksincha. Bu yerda bog‘lanish teskari proporsionaldir.
0
5
10
15
20
25
0
1000
2000
3000
4000
5000
Do'stlaringiz bilan baham: |