Sug‘urtalash imkoniyati. Likvid mablag‘larni qarzga oluvchi
banklar foiz stavkalari hajmini aniqlashlari lozim, chunki bu orqali ular
olgan qarzlar bahosi kelgusida qancha bo‘lishini biladilar. Katta
tajribaga ega rahbarlar noaniqlikni kamaytirish uchun xej texnikasidan
(ya’ni sug‘urtalashdan) foydalanadilar.
Likvid mablag‘lar manbayini tartibga solish. Bank rahbari likvid
mablag‘lar manbayidan nima uchun va qanday maqsadlarda foyda-
lanishni oldindan aniqlab oladi va tartibga soladi. Zaxiralar manbayini
to‘g‘ri tanlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun bank boshqaruvchisi
yuqorida keltirilgan likvid mablag‘larga bo‘lgan talablarni yaxshilab,
birma-bir o‘rganishi, ma’qul bo‘lganini tanlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |