tashkil qiladi.
Marja hajmi turli omillarga bog‘liq. Odatda beqaror konyunktura
davrlarda marja oshadi. Marja miqdoriga shartnoma hajmi ham ta’sir
280
valuta sotish va sotib olish bo‘yicha yoki ikkala kurs, ulardan bir yoki
o‘rtacha kurs ko‘rsatilishi mumkin. O‘rtacha kurs – sotuvchi va sotib
oluvchi kurslarning o‘rta arifmetigi.
Sotuvchi o‘rtacha kursi
– sotuvchi
va o‘rtacha kursning o‘rta arifmetik qiymati.
Xaridor o‘rtacha kursi
–
xaridor va o‘rtacha kursning o‘rta arifmetik qiymati.
Xalqaro to‘lov aylanmasida xorijiy valuta naqd emas, balki naqdsiz
holatda amal qiladi. Tabiiyki, turli xil to‘lov vositalari kurslari turlicha,
chunki ularning ishonchlilik va valuta riski darajalari turlichadir.
Telegraf o‘tkazmasi bo‘yicha valuta kursi eng yuqoridir, chunki unda
xorijiy valuta shu zahoti yoki kelasi kuni to‘lanadi. Bu operatsiya valuta
riskini deyarli chetlab o‘tishga imkon beradi. Odatda, ularning kurslari
rasmiy byulleten va kotirovka jadvallarida e’lon qilinadi. Boshqa to‘lov
vositalari kursi u asosida aniqlanadi.
[174].
Valuta bozorida turli turdagi shartnomalar amal qiladi.
Ularning ko‘pchiligi
spot
shartlari asosida amalga oshiriladi. Uning
asosiy xususiyati shundaki, bitimni imzolash va bajarish vaqtlari qariyb
mos keladi. Bitimning bunday turida valuta sotuvchidan sotib oluvchiga
shartnoma imzolanishi bilanoq (ko‘pi bilan ikki ish kunida) yetkaziladi.
Spot shartnomalariga jami valuta shartnomalarining 90 foizi to‘g‘ri
keladi.
Ikkinchi valuta shartnomasi turi –
muddatli
shartnoma. Bunday
shartnomalarning ikki xususiyati bor.
Birinchidan,
shartnoma imzolanishi va bajarilishi orasida ma’lum
vaqt intervali bor. Bir haftadan olti-o‘n ikki oygacha.
Ikkinchidan,
valuta kursi shartnoma imzolangan davrda belgilan-
gani bo‘yicha qabul qilinadi. Valuta kurslari o‘zgarishlari unga ta’sir
etmaydi. Muddatli shartnomalar valuta risklaridan sug‘urtalanish yoki
valuta spekulatsiyasi maqsadida amalga oshiriladi. Eksportyor o‘zini
xorijiy valuta kursining tushishidan sug‘urtalash maqsadida kelgusi
valuta daromadini muddatli kurs bo‘yicha sotishi mumkin. Importyor
xorijiy valuta kursi oshishidan o‘zini sug‘urtalash maqsadida kelgusi
valuta tushumini ma’lum muddatga, muddatli kurs bo‘yicha sotishi
mumkin.
Rivojlangan davlatlar valuta bozorlarida valuta kursining
o‘zgarishiga qarab ishlovchi valutachilar faoliyati to‘g‘risida qisqacha
to‘xtalish mumkin. Bu valutachilarning asosiy maqsadi valuta bozorida
valuta kurslarining o‘zgarishi asosida katta foyda olishdan iborat. Valuta
kursining oshishi yoki pasayishiga qarab faoliyat ko‘rsatuvchilar xalqaro