Balans passivida majburiyatlarning ortishi
III
qisqa muddatli qarzlar
uzoq muddatli qarzlar
moliyalashtirishning boshqa manbalari
jami olingan mablag‘lar
Sarf qilingan mablag‘lar
I
Aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar
191
investitsiya qimmatli qog‘ozlari
kreditlar, jami
boshqa aktivlar
II
Balans passivida majburiyatlarning kamayishi
III
Depozitlar
IV
Uzoq muddatli qarzlar (ipoteka qarzlari)
V
Boshqa majburiyatlar
VI
Mablag‘larning boshqa hujjatlarga yo‘naltirilishi
Jami sarf qilingan mablag‘lar
[117]
. Moliyaviy hisobotning yana bir qismi – aksiyadorlar
sarmoyasi haqidagi hisobot, ya’ni sarmoya harakati balansidir. Bu
hisobotda ro‘y bergan o‘zgarishlar o‘z aksini topadi. Bu hisobot orqali
aksiyadorlar muayyan vaqt o‘tishi bilan sarmoya uchun sarf qilingan
mablag‘larda qanday o‘zgarishlar yuz berganini aniqlaydilar.
Aksiyadorlar sarmoyasi bankning moliyaviy asosini tashkil qilib,
yo‘qotishlarning o‘rnini qoplashga va omonatchilar hamda boshqa
kreditorlar huquqini himoya qilishga qaratilganligi tufayli sarmoyadagi
o‘zgarishlarni nafaqat aksiyadorlar, balki nazorat organlari va yirik
mijozlar ham kuzatib boradilar.
Bank aksiyadorlari sarmoyasi haqidagi hisobot quyidagi ko‘rinishda
bo‘ladi:
1. Sarmoya harakati balansi (hisobot davri boshida).
2. Hisobot davrida sof foyda (zarar).
3. Aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar:
oddiy aksiyalarga dividendlar;
imtiyozli aksiyalarga dividendlar.
4. Yangi aksiyalarning emissiyasi (muomalaga chiqarilishi).
5. Bankning moliya bo‘limida saqlanayotgan o‘z aksiyalarining
savdosi.
6. Sarmoya harakati balansi (hisobot davri oxirida).
[118]
. Joriy buxgalteriya hisoboti har bir oy va har bir kvartallar
yakunlari hisobotlariga bo‘linadi. Hisobotlarni tuzish tartibi, ularning
mazmuni va taqdim etish muddatlarini O‘zbekiston Respublikasi MB
belgilab beradi. Har bir oy yakuni bo‘yicha tuziladigan joriy hisobotlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
balans (1-shakl);
umumiy balans (bank filiallari balanslarini o‘z ichiga olgan);
mablag‘lar yo‘nalishi va ularni jalb qilish muddatiga qarab
balansning ayrim schyotlari rasshifrovkasi;
192
yirik kreditorlar ro‘yxati;
«Bank ustav fondi» balans schyoti bo‘yicha rasshifrovkasi;
iqtisodiy normativlar hisobi;
majburiy zaxiralar fondi hisobi;
korrespondent
schyotlar bo‘yicha balans schyotlari rasshif-
rovkasi.
Tijorat banklari tomonidan oylik buxgalteriya hisoboti O‘zbekiston
Respublikasi MB bosh boshqarmasiga va soliq tashkilotlariga taqdim
etiladi.
Tijorat banklarining yillik buxgalterlik hisoboti quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
yillik balans (1-shakl);
foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot (2-shakl);
foydadan foydalanish to‘g‘risida balansga ilova (3-shakl);
bank fondi tarkibi, maxsus sanalgan fond va turli mablag‘lar
to‘g‘risida ma’lumotnoma (5-shakl);
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar haqida hisobot;
korrespondent va subschyotlardagi mablag‘lar qoldig‘i haqida
ma’lumotnoma;
mehnat bo‘yicha hisobot;
yillik buxgalteriya hisoboti bo‘yicha tushuntirish xati.
Yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi, so‘ngra
ma’lumotlarning haqqoniyligiga, hisobotning esa amaldagi buxgalteriya
hisobi normativlari va qonunchiligiga mos ekanligiga ishonch hosil
qilingach, hisobot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga top-
shiriladi.
[119]
. Bank rahbarlari moliyaviy hisobotning natijalari bilan
tanishayotganda quyidagilarga e’tibor berishlari lozim.
Ma’lumki, bank faoliyati asosan qarzga olingan mablag‘lar, ya’ni jalb
qilingan depozitlar va nodepozit mablag‘larga bog‘liq. Agar bank aksi-
yadorlarga to‘lanadigan to‘lovlar hajmini oshirishni davom ettiraversa,
bankning moliyaviy tayanchi, ya’ni o‘z mablag‘lari bilan jalb qilingan
mablag‘lar muvozanatida bank uchun salbiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Shunday hollarda bank rahbariga quyidagilar tavsiya qilinadi:
bank doimo jalb qilingan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘liq miqdorda
qaytarib berishni ta’minlashi lozim, chunki mablag‘larning o‘z vaqtida
qaytarilmasligi bank daromadlari va hatto bankning kelajakdagi faoliyati
uchun ham katta xatarni yuzaga keltirishi mumkin;
193
nodepozit mablag‘larning omonatchilar depozitlariga qo‘shimcha
ravishda bank tomonidan sarf qilinishi o‘sib borsa, (chunki deyarli bar-
cha banklarning o‘z sarmoyasi depozitlarga qaraganda ancha kam), bo-
zorda tez sotiladigan va yuqori sifatli aktivlarning ulushi kechiktiril-
masdan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlardan yuqori bo‘lishini ta’-
minlash maqsadga muvofiq.
daromadlar asosan kreditlarga va qimmatli qog‘ozlarga o‘rna-
tilgan foiz to‘lovlari asosida aniqlanadi. Eng yuqori xarajat moddasi bu
qarzga olingan mablag‘larga to‘lanadigan foizlardir.
Bunday hollarda rahbar investitsiyalarni tanlashda puxta o‘ylab ish
ko‘rishi lozim. Natijada katta «daromad keltiruvchi» aktivlar mo‘ljaldagi
daromadni keltirish va umuman, ko‘zda tutilgan daromadni olish
mumkin. Bank daromadi va xarajatiga foiz stavkasining ta’siri yuqori
bo‘lganligi tufayli rahbariyat foiz o‘zgarishini avvaldan e’tiborga olishi
yoki foiz o‘zgarishi tufayli bankni zarar ko‘rish ehtimolidan sug‘urtalash
(xejirlash) orqali himoyalashi lozim.
Bank aktivining asosiy qismi moliyaviy aktivlardir (kreditlar va
qimmatli qog‘ozlar). Aktivning ma’lum darajada oz qismini bino va usku-
nalar (mutlaq belgilangan aktivlar) tashkil qiladi. Shuning uchun odatdagi-
dek banklar juda cheklangan miqdorda operatsion tayanchlardan foy-
dalanadilar.
[120]
. Buxgalteriya hisobining xalqaro tamoyillariga o‘tish
muammosi va uning echilishi mamlakat bank tizimining shakllanishida
muhim o‘rin tutadi. Hozirgi vaqtda tijorat banklarida ushbu masalani
yechish uchun imkoniyatlar vujudga kelgan bo‘lsa-da, biroq ularning
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi omillar mavjud:
Birinchidan,
tijorat banklarining malakali buxgalter kadrlar bilan
notekis to‘ldirilganligi. Ayonki, banklarning, shuningdek, turli bank
assotsiatsiyalarining faol ishtirokisiz malakali buxgalter kadrlar tay-
yorlash muammosini echish juda qiyindir.
Ikkinchidan,
buxgalteriya hisobotining xalqaro standartlariga
o‘tishi munosabati bilan bank amaliyotida hozirgi kunda buxgalterlik
kasbi to‘g‘risida tasavvurlarning tubdan o‘zgarishi yuz bermoqda.
Agarda ilgari buxgalteriya hisobi hisobchilikka tenglashtirilgan bo‘lsa,
bugungi kunda buxgalteriya hisobi undan tashqari axborotni tahlil qilish
va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etish, ya’ni bank
menejmentini ham o‘z ichiga oladi. Shu sababli, buxgalter kadrlarning
bank boshqaruviga ishtirok etishi majburiyat sifatida qaralmog‘i lozim.
194
Uchinchidan,
bir qator bank operatsiyalarini buxgalteriyada rasmiy-
lashtirish uchun me’yoriy bazaning yetishmasligi, tijorat banklarining es-
kirgan planschyotlari bank faoliyatini tahlil etishni qiyinlashtiradi, xorijiy
banklar amaliyotida qo‘llaniladigan, banklar ishonchliligi va barqarorligini
baholash ko‘rsatkichlari va koeffitsiyentlaridan foydalanish imkonini
bermaydi.
To‘rtinchidan,
ma’lumotlarni uzatish, telekommunikatsiyalar va
qalbaki hujjatlarning bank faoliyatiga kirib kelishidan bank axborotlari-
ni himoya qilish vositalari texnik jihozlanishining yetarlicha bo‘lmagan
darajasi, shuningdek, kompyuter xavfsizligini ta’minlashning yetarli
darajada emasligi. Bu yerda ba’zi banklarning bank sirini ta’minlashga
noqobilligi, shu bilan birga, bank biznesini rivojlantirish bank sirini
ta’minlashni davlat siyosati darajasiga ko‘tarishni talab qiladi (G‘arb
statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, bank sohasidagi jinoyatlarning 60
foizi bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi).
Beshinchidan,
ba’zi auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi
sohasida yetarlicha kasbiy mahoratga ega emasligi, tekshirish sifatlari va
mas’uliyatining yo‘qligi ham buxgalteriya ishining umumiy darajasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qayd qilingan omillarni hisobga olgan holda bank hisobi sifatini,
uning ishonchliligi va realligini oshirish zarur. Quyida buxgalteriya
hisobining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi xalqaro standartlarning
ayrimlarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |