3. Kurs ishining asosiy vazifasi Ushbu kursning asosiy vazifasi “ Yirik rejalashtirishning geodezik asoslarini yaratishni loyihalash ” mavzusini mustaqil o’rganish , qanday ishlarni bajarish mumkin, hisob-kitoblarni qanday bajarish, qanday rejalashtirish, qanday rejalashtirish, qanday rejalashtirish.
Joyda o‘rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus kurilma yoki
mustaxkam qozik bilan belgilangan va planli koordinatasi yoki absolyut
balandligi aniqligi geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuktalar
yig‘indisi geodezik tayanch shaxobchalaritashkil kipadi. Planli koordinatasi
ma’lum bo‘lgan tayanch punktiga planli tayanch punkt absolyut , balandligi
ma’lum bo‘lgan tayanch punkt deyiladi. Shunga yarasha geodezik tayanch
shaxodchalari planli va balandlik tayanch shaxobchalariga bo‘linadi. Plan
olish shaxobchalarini xosil qilish uchun teodolit yo‘li, geometrik shaxobcha,
to‘g‘ri va teskari kesishtirish usulidan foydalaniladi.
Maxalliy geodezik tayanch shaxobchalari bilan plan olish shaxobchalari
ham planli va balandlik geodezik tayanch shaxobchalariga bo‘linadi.
Geodezik tayanch shaxobchalari punktlarining o‘rni punktlarining ahamiyatiga va ulardan foydalanish muddatiga qarab belgilanadi. Davlat geodezik tayanch
shaxobchalari uzoq vaqtlargacha foydalanish mumkin bo‘lishi uchun ularning
punktlari joyda mustaxkam saqlanadigan doimiy belgilar bilan belgilanadi. Bu
belgilar markaz deb ataladi. Joyning tabiiy geografik sharoitiga va geodezik
punktini qanday ahamiyatiga egaligiga qarab turli markazlar qo‘llaniladi.
Markazlarning tuzilishi va joyda o‘rnatilishi maxsus ko‘rsatmalarda byeriladi.
Bu metodda koordinatalari aniqlanadigan punktlarini tutashtiruvchi
chizigini hamda tutash chiziqlar orasidagi burchaklar o‘lchanadi.
Triangulyasiya punktlari kabi poligonometriya punktlari ham joyda maxsus
markaz bilan belgilanib markazga geodezik belgi (piramida yoki signal )
o‘rnatiladi. Poligonometriya yo‘li ochiq poligon yoki yopiq poligon bo‘lishi
mumkin. Yopiq poligonometriya yo‘li koordinatasi malum punktdan
boshlanib yana shu punktga bog‘lanadi.
Triangulyasiya metodini qo‘llanib bo‘lmaydigan rayonlarda, masalan
o‘rmon, zonasida yoki shaxar ichida punktlar bir-biridan ko‘rinishi uchun
juda baland geodezik belgi (signal) o‘rnatishga to‘g‘ri kelgan xollarda
geodezik tayanch shaxobchalari qurishda poligonometriya metodi qo‘llaniladi.
Bu metod poligon tomonlarini o‘lchash usuliga qarab magistral, paralaktik va
dalnomyer poligonometriyalariga bo‘linadi.