Yirik masshtablarda planga olish uchun geodezik asos yaratishni loyihalash



Download 55,35 Kb.
bet1/12
Sana24.06.2022
Hajmi55,35 Kb.
#699406
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Abduxozirov A Geodeziyaa kurs ishi


KURS ISHI
YIRIK MASSHTABLARDA PLANGA OLISH UCHUN GEODEZIK ASOS YARATISHNI LOYIHALASH.
Reja

  1. Kirish.

  2. Geodeziya fan sifatida.

  3. Kurs ishining asosiy vazifasi.

  4. Kurs ishining buxgalteriya bo'limi.

    1. Yopiq poligonda gorizontal burchaklarni o'lchash va tekislash.

    2. Rulda va rulman burchaklarini hisoblash.

    3. Koordinata kiritishlarini hisoblash.

    4. Koordinatalarni hisoblang.

  5. Xulosa.

  6. Ma'lumotnomalar.


KIRISH. Geodeziya fan sifatida
O‘zbekiston Respublikasi mustakillikka erishganimizdan so‘ng
Geodeziya fanida ham ko‘plab yangi yutiqlarga va uni rivojlantirish uchun
ko‘plab ishlar olib borildi.
Kirish. Geodeziya - Yerning shakli va kattaligini o‘rganishda Yer
yuzidagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan o‘rnini aniqlashda Yer yuzining
karta , plan va profillarini tuzishda hamda injenyerlik inshootlarni barpo
qilishda bajariladigan geodezik o‘lchashlar xilma-xil bo‘lib, unda asosan Yer
yuzining quyidagi elementlari. 1) Yer yuzida chiziqlar uzunligi, 2) chiziqlar
orasidagi gorizontal va vertikal burchaklar , 3) Yer yuzidagi nuqtalarning
boshlangich nuqta deb qabul qilingan nuqtaga nisbatan balandligi o‘lchanadi.
Bu o‘lchashlarda xilma-xil asboblar ishlatiladi. Geodezik o‘lchashlardan foydalanib biror amaliy yoki ilmiy narsani echishda o‘lchash natijalari
matematik jixatdan ishlab chiqiladi. Ya’ni hisoblash ishlari bajariladi,
hisoblash natijasida Yer yuzidagi nuqtalarining bir-biriga nisbatan o‘rni
aniqlanadi. Geodezik o‘lchashlar grafik rasmiylashtirilib Yer yuzining
qog‘ozda kichraytirilgan tasvirlari topografik karta, plan va profillar xosil
qilinadi. Geodezik o‘lchashlardan foydalanib Yerning shakli va kattaligi
aniqlanadi. Umumiy xalq xo‘jaligining turli sohalarida xilma-xil ilmiy
masalalarini echishda geodezik o‘lchashlar bajariladi. Ishlab chiqarish
kuchlari, fan texnikaning taraqqiyoti natijasida geodeziya fani ham rivojlana
borgan endilikda Yerning shshakli va kattaligini aniqlash , Yer yuzini karta
va planlarda tasvirlash , injenyerlik inshootlarini qurish hamda turli amaliy va
ilmiy masalalarini echish uchun o‘lchash ishlarini bajarishning yangidan
yangi metodlari yaratilib geodeziya ko‘p tarmokli fanga aylandi. Yerning
shakli va kattaligini aniqlashda bir necha metodi mavjud. Shulardan biri
geodezik metoddir . bu metodda mukammal asboblar yordamida juda aniq
o‘lchashlar bajariladi va ular asosiy geodezik ishlar deb ataladi. Yerning
shakli va kattaligini aniqlash , geodezik tayanch shaxobchalarini barpo qilish
oliy geodeziyaning vazifalari xisoblanadi. Yer suniy yo‘ldoshlari va kosmik
kemalar uchirilishi natijasida geodeziya Yerning shakli va kattaligini
aniqlashda yangi muxim vositaga ega bo‘ladi . Yerning birinchi suniy
yuldoshi 1957-yilda uchirildi, shundan beri o‘tgan davr ichida Yerning suniy
yuldoshlarini geodezik maqsadlarda kuzatish natijasida Yerning shakli va
kattaligi to‘g‘risida juda muxim ma’lumotlar to‘plandi. Buning natijasida
geodeziyaning kosmik geodeziya deb yuritiladigan sohasi vujudga keldi.
Geodeziyaning asosiy amaliy vazifalaridan biri Yer yuzining
topografik karta plan va profillarini tuzishdir . Topografik karta, plan va
profillarini tuzish uchun bajariladigan geodezik ishlar yig‘indisi plan olish
deyiladi. Xozirgi vaqtda plan olishning turli usullari qo‘llanilmoqda.
Geodeziyaning topografik plan olish nazariyasi va praktikasi bilan
shugullaniladigan sohasi topografiya deb ataladi.
Topografik karta va planlar tuzishda aviatsiya va fotografiyaning
keng ishlatilishi tufayli geodeziyada fototopografiya va ayrofototopografik
degan sohalari ham vujudga keldi. Fotografiya joyining Yerda turib olingan
suratlariga asoslanib topografik karta va planlar tuzish ishi bilan ,
ayrofototopografik esa joyning samaliyotda o‘rnatilgan maxsus asboblar
yordamida olingan suratlarga asoslanib karata va planlar olish ishi bilan
shugullanadi. Fotografiya kichik territoriyalarning aerofototopografik esa katta
territoriyalarning topografik kartalarini tuzishda qo‘llaniladi.
Yer yuzini geologic, geografik va boshqa jixatdan o‘rganishda
tabiiy boyliklari hisoblashga , ulardan unumli foydalanishda shuningdek turli
injenerlik inshootlarini qurishda masalan gidrotexnika, sa’noat, uy-joy
kommunal xo‘jalik qurilishlarida va boshqa shuningdek ilmiy-amaliy ishlarda
geodezik o‘lchashlar juda ham ko‘p bajariladi. Mamlakatimiz xududida turli
injenerlik-qidiruv ishlari olib borilishi va xilma-xil injenerlik inshootlari
qurilishida geodeziyaning yana bir sohasi injenerlik geodeziyasi vujudga
keldi.

Download 55,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish