Ta'lim tizimi xodimlarining mafkuraviy kompetentliligiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablari. Ma'lumki, barcha dinlarda ibodat jarayoni va shu ibodat amalga oshiriladigan maskan (masjid, cherkov, sinagogiya kabi)lar muqaddas hisoblanadi. Ibodat jarayonini va ibodat qilinadigan joylarni buzish esa, barcha dinlarda katta gunoh sanaladi.
Fikrimizni bunday boshlashimizning asosiy sababi, dunyoviy hayotda ham ibodatga va ibodat maskanlariga tenglashtirilgan narsalar borki ular ham bo‘lsa, dars va maktabdir. Binobarin, muqaddas islom dinimizda ham “bir kun bilim olmoq qirq kunlik ibodatdan afzal”ligi aytib o‘tilganligi ham mazkur fikrimizni tasdiqlaydi.
Ta'lim muassasalaridagi dars jarayoni ibodat darajasidagi muqaddas jarayon ekan hozirda uni buzmasligimiz, aniqrog‘i dars vaqtini maqsadsiz o‘tkazib yubormasligimiz kimga ko‘proq bog‘liq degan tabiiy savol tug‘iladi. Bu savolga obe'ktiv va subektiv tomonlarni xisobga olgan holda ko‘plab javob berish mumkin albatta, lekin, baribir asosiy urg‘u aylanib dars jarayonining shakl va mazmuniga javobgar bo‘lgan shaxs – ta'lim tizimi rahbarlari hamda mutaxassis xodimlar zimmasiga kelib tushaveradi.
Darhaqiqat, maktab dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i bo‘lsa shubhasiz, undagi buyuk siymo bu o‘qituvchidir. Aynan shular haqida birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edi: “Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma'rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chindan ham, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo‘tabar zotdir. Ona tilimizda “maktab ko‘rgan”, “maktab yaratgan” degan chuqur ma'noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o‘qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishidan dalolat beradi42.
Barchamizga ma'lumki, mamlakatni taraqqiy ettirish uchun avvalo ta'lim-tarbiya jarayonini ham shakl ham mazmun jihatidan o‘zgarish kerak. Buning uchun esa avvalo bu jarayonni tashkil etuvchi asosiy shaxs – o‘qituvchi o‘zgarmog‘i, uning kasbiy va mafkuraviy kompetentliligi zamon talablariga moslashib bormog‘i lozim.
Shu nuqtai nazardan olib qaraganda hozirda ta'lim tizimi orqali milliy g‘oyani singdirishda bugungi kun o‘qituvchisining mafkuraviy kompetentliligiga ko‘plab talablar qo‘yilmoqda. Mazkur talablarini muxtasar qilib aytganda ular asosan quyidagi yo‘nalishlardan iborat ekanligi ma'lum bo‘ladi. Jumladan ular,
Do'stlaringiz bilan baham: |