Yillarda kavkaz orti davlatlarida siyosiy vaziyat reja I. Kirish. II. Asosiy qism


Armaniston va Ozarbayjon ortasidagi Tog'li qorabog' masalasi



Download 81,69 Kb.
bet5/6
Sana10.04.2023
Hajmi81,69 Kb.
#926481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1991-2022 YILLARDA KAVKAZ ORTI DAVLATLARIDA SIYOSIY VAZIYAT

3.Armaniston va Ozarbayjon ortasidagi Tog'li qorabog' masalasi .
XIX asrda Kavkazda boshlangan Rossiya-Eron urushlari mintaqa taqdirini hal qiladi. Guliston (1813 yil) va Turkmanchoy (1828 yil) shartnomalari imzolanishi bilan yakun topgan bu urushlar natijasida Sharqiy Armaniston, Araks daryosidan shimoldagi yerlar (hozirgi Ozarboyjon) Rossiya imperiyasi tarkibiga o‘tadi. Ruslar Erondan tortib olingan yerlarda Yerevan, Ganja va Shamahi viloyatlarini tashkil etadi.
Arman va ozar xalqlarini tarixda ham bir-biriga raqib bo‘lgan deyish qiyin. Chunki mintaqadagi yetakchilik ko‘p asrlar davomida ular qo‘lida emas, Mo‘g‘ullar (Elxoniylar), Usmoniylar, Safaviylar va Gruziyada bo‘lgani bois bu ikki xalq to‘g‘ridan to‘g‘ri adovatga ega bo‘lmagan.
Deyarli butun Janubiy Kavkaz bo‘ylab arman va ozarboyjonliklar birga yashab kelgan. Xususan, 1917 yilda hozirgi Ozarboyjon hududida 450 mingga yaqin arman yashagan bo‘lsa, Armanistonning to‘rt uyezdida (Yerevanda ham) ozarlar aholining 49 foizini tashkil qilgan.
Birinchi urush
Birinchi Ozarboyjon-Armaniston urushidagi arman askarlari. Foto: Alchetron Rossiya imperiyasi Birinchi jahon urushi oxirida qiyin ahvolga tushib qoladi. Texnika va resurslar yetishmovchiligi sabab ruslar sharqiy frontni ushlashda qiyinchiliklarga uchraydi. Usmoniylar Rossiyaga qarshi urushga kirishi natijasida Kavkazda ham front paydo bo‘ladi.
Rossiyada fevral inqilobi sodir bo‘lgach, Kavkaz fronti zaiflashadi va Turkiya Kavkazda bir qancha hududlarni egallab oladi7.
Rossiyadagi muvaqqat hukumat tomonidan tuzilgan Kavkazorti komissarligi usmoniylar bilan muzokara olib borishga harakat qiladi, biroq turklar bu muassasani Kavkaz xalqi vakili sifatida tan olmaydi.
Shundan so‘ng Janubiy Kavkaz davlatlari: Gruziya, Armaniston va Ozarboyjon birgalikda Kavkazorti federativ demokratik respublikasini (KFDR) tuzadi. Usmoniylar yangi federatsiya bilan muzokaralar olib borishga rozi bo‘ladi. Ammo respublikalarning manfaatlari bir-biriga mos kelmagani bois bu ittifoq tezda tarqalib ketadi. Natijada usmoniylarning hujumlari ham davom etadi. Gruziya va Armaniston turk qo‘shinlariga kurash olib boradi, Ozarboyjon esa usmoniylarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Antanta davlatlarining bolsheviklarga qarshi urushi doirasida Kavkazga ingliz qo‘shinlari kirib keladi va ular turklarni tinchlik sulhi tuzishga majbur qiladi. 1918 yil 30 oktyabrda tuzilgan Mudros tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Usmoniylar davlati chegaralari Rossiya bilan urushdan oldingi chegaralariga qaytariladi.
Tez orada sobiq ittifoqchilar orasida urush boshlanadi. Avval Gruziya bilan urush olib borgan Armaniston yangi qo‘shnisi Ozarboyjon Demokratik Respublikasi bilan ham kurashishiga to‘g‘ri keladi. Boku Syunik (Zangezur), Tog‘li Qorabog‘ va Naxchivon viloyatlari tarixan Ozarboyjonga tegishli ekani, armanlar bu yerlarda noqonuniy joylashib olganini da’vo qiladi.
1918 yil mart oyida Bokuda arman va ozarlar o‘rtasida nizo kelib chiqadi hamda to‘qnashuvlar boshlanib ketadi. Bolsheviklar rasman betarafligini aytgan bo‘lsa-da, aslida armanlarga yordam beradi. Bokudagi qirg‘in natijasida uch mingdan o‘n ikki minggacha ozarlar o‘ldiriladi. Mart qirg‘ini ikki xalq orasida ilk dushmanlik olovini yoqadi.
1918 yil sentabrda ozarboyjonliklar bilan ittifoq tuzgan Usmoniylar kuchlari Bokuni egallaydi va mart qirg‘iniga javoban armanlar qirg‘ini uyushtiriladi. Qatliom davomida o‘n mingdan ortiq armanlar o‘ldiriladi.
Mudros sulhidan so‘ng oktyabr oyida turklar mintaqani tark etgach, arman kuchlari Tog‘li Qorabog‘ni egallab oladi. Andranik Ozanyan boshliq arman qo‘shinlari 1919 yilda Shushani qo‘lga kiritish uchun hujumga o‘tadi, biroq ingliz qo‘mondonligi buyrug‘i bilan ortga chekinadi. Buyuk Britaniya Tog‘li Qorabog‘ va boshqa hududiy da’volar Parij tinchlik konferensiyasida hal etilishini ma’lum qiladi. Inglizlar ozarboyjonlik Xusravbey Sultonni Tog‘li Qorabog‘ gubernatori etib tayinlaydi. U mintaqadagi ozar kuchlarini mustahkamlash siyosatini olib boradi8.
1919 yil avgust oyida ingliz qo‘shinlari mintaqani tark etgach, Xusravbey Sulton arman qo‘shinlari Zangezur (Syunik)dagi ozar qishloqlarini talayotgani va odamlarni o‘ldirayotgani sabab Zangezurga hujum qilish uchun Bokudan yordam so‘raydi. Uning iltimosi qondirilib, 1919 yil 3 noyabrda Ozarboyjon qo‘shinlari Zangezurga kirib keladi. Lekin bu hujum muvaffaqiyatsiz tugaydi va Ozarboyjon qo‘shini ortga chekinadi.
Parij tinchik konferensiyasi qaroriga ko‘ra Ozarboyjon davlati chegaralari (yashil rangda)
1920 yil boshida yakunlangan Parij konferensiyasi ham Janubiy Kavkazdagi hududiy muammolarni hal qila olmaydi. Bu paytda ancha kuch to‘plagan armanlar Qorabog‘ga yordam berishga qaror qiladi. Qorabog‘da Navro‘z bayrami paytida uyushtirilgan qo‘zg‘olonga javoban Shushada armanlar qirg‘ini boshlanadi. Armaniston qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ga kirib keladi, biroq ularing bu yurishi 11-qizil armiya ularni bu yerdan haydab chiqarishi bilan yakunlanadi. Chunki bolsheviklar bu paytda mustaqil Ozarboyjon respublikasini tugatgandi.
Naxchivon uchun janglar ham Ozarboyjon foydasiga hal bo‘ladi. Bu yerda Usmoniylar va Ozarboyjon kuchlari armanlarni mag‘lub etadi hamda 1920 yilda 11-qizil armiya egallashi bilan viloyat Ozarboyjon yurisdiksiyasiga o‘tadi.
1920 yil aprelda mustaqil Ozarboyjon, 1921 yil iyul oyida esa mustaqil Armaniston respublikalari tugatilib, SSSR tarkibiga qo‘shib olinadi.
Nihoyat 1921 yil 5 iyulda Iosif Stalin raisligidagi bolsheviklarning Kavkaz komiteti — Kavbyuro Armaniston-Ozarboyjon mojarosi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi: Qorabog‘ning tog‘li qismi Ozarboyjonga o‘tadi va 1923 yil iyul oyida Ozarboyjon tarkibidagi Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati tashkil etiladi. Zangezur esa Ozarboyjon tomonidan «do‘stlik ramzi» sifatida Armanistonga beriladi.
1921 yil oktyabrda Kars shahrida Rossiya, Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston SSR va Turkiya o‘rtasida shartnoma imzolanadi. Unga ko‘ra, Naxchivon viloyati avtonom huquqlar bilan Ozarboyjon tarkibi o‘tkaziladi. Turkiya va Rossiya Naxchivon avtonom respublikasi maqomining kafillariga aylanadi.
Buning evaziga Turkiya Aleksandropolni Armanistonga, Karsni esa Gruziyaga berishga rozi bo‘ladi.
Shu tariqa, sovetlar hukumati Janubiy Kavkaz muammosini hal qiladi.
Ikkinchi urush
SSSR tarkibiga kirgandan keyin ham Tog‘li Qorabog‘ va Naxchivon muammosi saqlanib qoldi. Stalin davrida armanlarning Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha da’volari shafqatsizlik bilan bostirilgan bo‘lsa, keyingi davrlarda viloyatda kichik namoyishlar bo‘lib turadi. 1985 yilda Gorbachyov SSSRda «qayta qurish» siyosatini boshlagach, Janubiy Kavkazda ahvol yana keskinlashadi.
Tog‘li Qorabog‘ aholisi 1988 yilda mitinglar uyushtiradi va hududning Yerevan bilan birlashishini talab qiladi. Gorbachyov SSSR Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq respublikalar o‘rtasidagi chegaralar o‘zgarishi mumkin emasligini ma’lum qiladi. Bu esa armanlar noroziligini kuchaytiradi, ular Kavbyuroning 1921 yilgi qarori noto‘g‘ri va adolatsiz bo‘lganini da’vo qiladi.
1988 yil Tog‘li Qorabog‘ yaqinida arman va ozarlar to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu yerda ozarlar kaltaklangani haqidagi xabarlarga javoban Ozarboyjon sharqidagi Sumgayt shahrida armanlar qirg‘ini uyushtiriladi. Shahardagi armanlar Armanistonga qochib ketadi.
Keyingi to‘rt yillikda ikki tomon ham o‘z hududida qirg‘inlar uyushtiradi. 1988-1992 yillarda Ozarboyjon va Armaniston o‘z hududidagi ozar va armanlarni «almashtiradi». Insonlar bir necha yuz yillardan beri yashab kelayotgan joylarini tashlab, o‘z respublikalari tomonga o‘tadi. Natijada bir necha qishloqlar butunlay bo‘shab qoladi. Gorbachyov vaziyatni nazoratga olish uchun Tog‘li Qorabog‘ga SSSR Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarini kiritadi va viloyatni arman millatchilaridan tozalash uchun «Halqa» operatsiyasini o‘tkazadi. Biroq to‘qnashuvlar to‘xtamaydi.
1991 yil SSSR parchalangach, Tog‘li Qorabog‘da vaziyat butunlay nazoratdan chiqib ketdi. Viloyat referendum o‘tkazadi va o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Boku bu referendum natijalarini tan olmaydi. Ozarboyjon viloyatga o‘z armiyasini kiritadi. To‘qnashuvlar boshlanadi.
Tinch aholiga hujum qilish holatlari ko‘payadi, xususan, arman kuchlari Xo‘jaylida Ozarboyjon tomon ketayotgan yuzlab tinch aholi vakillarini o‘ldiradi.9
Harbiy texnika va son jihatdan ustunligiga qaramasdan Ozarboyjon armiyasi bu urushda yengila boshlaydi. Mamlakatdagi ichki tartib buzilib, uch marta hokimiyat almashinuvi yuz beradi.
Ozarboyjonning muvaffaqiyatsizliklaridan so‘ng Rossiya Armanistonga yordam bera boshladi. Jumladan, Moskva bir million dollar miqdordagi harbiy qurollarni Yerevanga yetkazib beradi.
Ikki yil davom etgan urush natijasida Armaniston Tog‘li Qorabog‘dan tashqari Ozarboyjonning Kelbajar, Fuzuliy, Oqtom, Jabroyil, Lochin va Zangilon tumanlarini bosib oladi. Shu tariqa, Tog‘li Qorabog‘ va Armaniston hududi birlashtiriladi.
Armaniston Naxchivonni ham o‘qqa tutib ko‘radi, biroq Turkiya yetakchilari, ayniqsa, Tansu Chillerning qat’iy ogohlantirishidan keyin avtonom respublika hududiga hujumlar uyushtirilmaydi. Turkiya Armaniston bilan chegaraga o‘z qo‘shinlarini to‘plab, Yerevanni Naxchivonga hujum qilgan taqdirda yuz berishi mumkin bo‘lgan jiddiy oqibatlar haqida ogohlantiradi.
Ikkinchi Ozarboyjon-Armaniston urushidan so‘ng Armanistonga o‘tgan Tog‘li Qorabog‘ va Ozarboyjon yerlari
1994 yilga kelib Ozarboyjon armiyasi tushkun kayfiyatga tushib qolgan, urushni davom ettirish Boku uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shu bois 1994 yil 5 mayda tomonlar Bishkekda Rossiya vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida shartnoma imzolaydi.
Uchinchi urush
Ikkinchi Armaniston-Ozarboyjon urushi yoki Birinchi Qorabog‘ urushidan so‘ng tabiiyki, Ozarboyjon o‘zining yo‘qotilgan hududlarini qaytarishga intildi. Qorabog‘dagi front faolligicha qoldi. Jumladan, 2014 va 2016 yillarda ikki davlat o‘rtasida jiddiy to‘qnashuvlar yuz berdi.
2020 yil sentabr oyida Turkiya va Ozarboyjon qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar tugaganidan bir necha kun o‘tib, 27 sentabr kuni Ozarboyjon qo‘shinlari tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi bilan front chizig‘ining janubida keng ko‘lamda hujumga o‘tdi.
Janglarda og‘ir artilleriya, zirhli harbiy texnikalar, raketa va dronlar, shuningdek xalqaro hamjamiyatning katta qismi tomonidan taqiqlangan kassetali o‘qlar va ballistik raketalardan foydalanildi. Turkiya tomonidan taqdim qilingan dronlar Ozarboyjon qo‘shinlarining ustunligini ta’minlashda muhim rol o‘ynadi.
Ozarboyjon armiyasi 44 kunlik urush davomida Armaniston tomonidan 1992-1994 yilgi urushda egallab olingan tumanlarni qaytarib oldi. 8 noyabr kuni Ozarboyjon kuchlari qadimgi Qorabog‘ xonligi poytaxti bo‘lgan, viloyatdagi ikkinchi muhim shahar Shushani qo‘lga kiritdi. Bu shahar 1992-1994 yilgi urushda Ozarboyjon kuchlarining tayanch nuqtasi bo‘lgan, keyinroq armanlar tomonidan bosib olingan edi.
Shusha qo‘lga kiritilgach, 9 noyabrda Moskvada uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Armaniston Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi Ozarboyjon yerlarini qaytarib berish, Ozarboyjon va Naxchivon respublikasi anklavi o‘rtasida transport koridori ochish majburiyatini oldi. Shuningdek, Tog‘li Qorabog‘-Ozarboyjon chegarasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagi xavfsizligini ta’minlash uchun mintaqaga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritildi.
44 kunlik urush Ozarboyjon kuchlari jangovar salohiyati ancha o‘sganini ko‘rsatdi. Havo zarbalari yordamida Ozarbayjon armiyasi Armaniston kuchlarining asosiy texnikalarini yo‘q qildi. Bu urushdan so‘ng Armaniston armiyasi amalda hujumkorlik imkoniyatini yo‘qotdi10.

XULOSA
Yaqinda boshlangan navbatdagi to‘qnashuvlar oldingilaridan farq qilib, bu safar Ozarboyjon o‘zi ham Armaniston hududi deb tan oluvchi Jyermuk va Vardenis shaharlariga zarba berdi. Ozarboyjon dronlari Armanistonning chegara pozitsiyalari va ta’minot nuqtalarini nishonga oldi.
Harbiy kurash olib borish deyarli foydasiz ekanligi bois Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan darhol xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi.
Hozirda Ozarboyjonning asosiy maqsadlari amalga oshirilgan. Boku Lochin yo‘lagini nazorat qilmoqda va Tog‘li Qorabog‘ni o‘rab olgan. Tan olinmagan respublika oxir-oqibat Ozarboyjon yurisdiksiyasiga o‘tishi ehtimoli yuqori. Ozarboyjon rahbariyati esa buni hozir, qulay fursat bo‘lganida amalga oshirmoqchi. Mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlashi kerak bo‘lgan Rossiya Ukrainadagi urush bilan band, qolaversa, ruslar u yerda muvaffaqiyatsizlikka uchrayapti. Bu esa Ozarboyjon va uning ittifoqchisi Turkiyani fursatdan foydalanishga undamoqda.
Keyingi zarbalar Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga Pashinyan bilan muzokaralarda ustunlikka erishish, Yerevanni o‘z shartlarini qabul qilishga majburlashda yordam beradi. Boku Yerevan ikki yil oldingi va’dasini bajarib, Naxchivon bilan bog‘lashi kerak bo‘lgan Zangezur yo‘lagini ochishini xohlamoqda. Biroq bu Aliyev hukumatining oxirgi va yagona istagi bo‘lmasligi mumkin.
Ozarboyjon va Naxchivonni ajratib turuvchi Syunik (Zangezur) viloyati ham tarixan Ozarboyjon xonlariga tegishli bo‘lgan va armanlar Stalinning 1921 yilgi qaroridan norozi bo‘lgani kabi ozarboyjonliklar ham «do‘stlik ramzi» sifatida berilgan bu viloyat haqidagi qarorni o‘zgartirishni o‘ylashi mumkin. Lekin bu juda jiddiy qadam bo‘ladi, chunki mintaqadagi ozarboyjonliklar bu yerlarni allaqachon tashlab ketgan va hozirda bu viloyatda asosan armanlar yashaydi.
AQSh va Yevropa Ittifoqi tinchlik shartnomasiga erishishga chaqirayotgan bo‘lsa-da, ular ham hozirda Rossiya o‘rniga Yevropaga neft va gaz yetkazib bermoqchi bo‘layotgan Ozarboyjonni «xafa qilish» niyatida emas. Aliyev aynan shu vaziyatdan foydalanib, Armanistonni uning ustunligini tan olishga va mintaqada barqaror status-kvo o‘rnatishga harakat qilmoqda.


Download 81,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish