Yillarda kavkaz orti davlatlarida siyosiy vaziyat reja I. Kirish. II. Asosiy qism


Armaniston va Guruzya XIX asr oxiri XX asr boshi



Download 81,69 Kb.
bet4/6
Sana10.04.2023
Hajmi81,69 Kb.
#926481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1991-2022 YILLARDA KAVKAZ ORTI DAVLATLARIDA SIYOSIY VAZIYAT

2.Armaniston va Guruzya XIX asr oxiri XX asr boshi.
19-asrning 2-yarmidan gurj xalqi milliy ozodlik harakatining yangi bosqichi boshlandi. Ammo Gruziyaning milliy davlatchiligini qayta tiklash masalasi Rossiyadagi 1917-yil Fevral inqilobidan, ayniqsa bolsheviklarning Oktabr toʻntarishidan soʻng qatʼiy qilib qoʻyildi.
Bolsheviklar Rossiyadagi hokimiyatni qoʻlga olganidan keyin Zakavkazyening nufuzli siyosiy kuchlari Shoʻro hokimiyatini tan olmadilar va 1917-yil noyabrda mustaqil boshqaruv (Zakavkazye komissarligi)ni oʻrnatdilar. Natijada Zakavkazye Federatsiyasi shakllandi, biroq uning tarkibiy qismlari iqtisodiy va siyosiy manfaatlari har xilligi, shuningdek, Turkiya bilan munosabatlar keskinlashganligi sababli federatsiya yashashga noqobil boʻlib chiqdi va tez orada barbod boʻldi. Gruziya hududining bir qismi (Batumi, Ozurgeti, Axalsixe)ni Turkiya egallab oldi.
Gruziyaning 1-milliy qurultoyi tomonidan 1917-yilda saylangan vakolatli xalq organi — Gruziya Milliy Kengashi 1918-yil 26-mayda mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi va Gruziya Demokratik Respublikasini tuzdi. 1919-yil martda Milliy Kengash taʼsis majlisiga aylantirildi. Respublika hukumati davlat chegaralarini belgiladi, gurj tilini davlat tili deb eʼlon qildi, maktablarni davlat ixtiyoriga oldi, davlat boshqaruv idoralari va sudlov ishlarini isloh qildi, mayda millatlar uchun maktablar ochdi va hakazo. 1921-yil 21-fevralda Taʼsis majlisi Gruziya Demokratik Respublikasining konstitutsiyasini qabul qildi. Biroq tez orada bolsheviklar Rossiyasi Gruziya mustaqilligini tan olish toʻgʻrisida 1920-yil 7-mayda oʻzi imzolagan shartnomani buzdi va 1921-yil 25-fevralda Qizil Armiya Tbilisi shahrini ishgʻol qildi. Gruziya hukumati aʼzolari chet elga ketishga majbur boʻldi. Gruziya yana zabt etildi va bolsheviklar hukmronligi davrida 1922-yildan 1936-yilgacha Zakavkazye Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi, 1936-yil 5-dekabrdan esa bevosita sobiq SSSR tarkibiga kirdi.
Sovet hokimiyati davrida tuzilgan davlat muassasalari rasmiy tusda boʻlib, hamma ish Moskva koʻrsatmasi bilan qilinardi. Mustabid tuzumning shafqatsizliklariga qaramay, gurj xalqi milliy mustaqillik uchun kurashni toʻxtatmadi, faqat kurash usullarigina oʻzgardi. 1924, 1953 va 1989-yillardagi gʻalayonlar armiya yordamida bostirildi. 1990-yil oktabrda Gruziya Oliy Kengashi mamlakat nomini Gruziya Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qonun qabul qildi, davlat gerbi, bayrogʻi va madhiyasi matni hamda musiqasi oʻzgartirildi. 1991-yil 9-aprelda Gruziya davlat mustaqilligi tiklandi. 1991-yil aprelda Oliy Kengash tomonidan Gruziya Respublikasi prezidenta lavozimi taʼsis etildi, may oyida Z. Gamsaxurdia prezident etib saylandi. 1992-yil yanvarda ichki siyosiy kuchlarning qarama-qarshiligi va aholi koʻpchilik qismining prezident olib borayotgan siyosatdan noroziliklari tufayli shu paytda tuzilgan Harbiy Kengash Z. Gamsaxurdiani lavozimidan chetlashtirdi. 1992-yil martda Harbiy Kengash tugatilib, E. Shevardnadze boshchiligida Davlat kengashi tashkil etildi. 1992-yil 11-oktabrda boʻlib oʻtgan umumxalq saylovlarida Gruziya Respublikasi parlamentining yangi tarkibi va raisi, 1995-yil 5-noyabrda mamlakat prezidenta saylandi. Gruziya — 1992-yildan BMT aʼzosi. 1993-yilda u MDHga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekiston bilan Gruziya oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil 16-martda oʻrnatilgan. Milliy bayrami 26-may — Davlat mustaqilligi qayta tiklangan kun. 920-yilda qisqa vaqt mavjud boʻlgan Birinchi Armaniston Respublikasini sovetlar bosib olganidan keyin tashkil topgan. Shu sabab Armaniston SSR Ikkinchi Armaniston Respublikasi deb ham nomlanadi. Respublika 1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketgunicha mavjud boʻlgan. Ayrim manbalarda Sovet Armanistoni deb yuritiladi.
Sovet Ittifoqi tarkibida Armaniston SSR agrar respublikadan muhim sanoat markaziga aylandi. Mamlakat aholisi 1926-yilda 880 mingni tashkil qilgan boʻlsa, 1989-yilga kelib bu koʻrsatkich deyarli toʻrt martaga oshib, 3,3 millionga yetdi. Aholi soni oʻsishiga tabiiy demografik oʻzgarishlar hamda Arman qirgʻinida tirik qolganlar va ularning avlodlarining mamlakatga koʻchib kelishi sabab boʻldi.6
Armaniston SSR poytaxti Yerevan shahri boʻlgan. Respublika 36 rayonga boʻlingan, 24 shahar, 33 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
Armaniston SSR 1990-yilning 23-avgustida suverenitet eʼlon qildi va Armaniston Respublikasi deb qayta nomlandi. Ammo 1991-yilning 21-sentabrida mustaqillik eʼlon qilingunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Armaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi. 1995-yil Armaniston Respublikasining yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
Armanistonda sinfiy jamiyat miloddan avvalgi 1-ming yillar boshlarida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 9–6-asrlarda Urartu quldorlik davlati mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi 6–3-asrlarda axomaniylar va salavkiylar hukmronligi ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan Rim bilan Parfiya oʻrtasidagi kurash maydoniga aylangan. 3–4-asrlarda Armaniston Eronga qaram feodal davlat boʻlgan. 7–15-asrlarda arablar, vizantiyaliklar, saljuqiylar, moʻgʻullar istilo qilgan va Temur davlati tarkibiga kirgan. 16–18-asrlarda Eron va Turkiya oʻrtasida taqsimlangan.

Armaniston SSRning hududiy boʻlinishi
1805–1828-yillari Sharqiy Armaniston Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar vujudga kelgan. 1902-yili Arman sotsialist-demokratik ittifoqi, 1905-yili esa RSDRPning Yerevan qoʻmitasi tuzilgan. 1917-yil noyabrda Armanistonni ingliz-turk qoʻshinlari bosib olgan.
Armanistonda sovet hokimiyati 1920-yili oʻrnatilgan. 1920-yilning 29-noyabrida Armaniston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topgan. 1922-yil 12-martda Zakavkazye SFSR, 1936-yil 5-dekabrda bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.
Armaniston SSR 1990-yilning 23-avgustida suverenitet eʼlon qildi va Armaniston Respublikasi deb qayta nomlandi. Ammo 1991-yilning 21-sentabrida mustaqillik eʼlon qilingunicha Sovet Ittifoqi tarkibida qoldi. Armaniston mustaqilligi 1991-yilning 26-dekabrida Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin tan olindi. 1995-yil Armaniston Respublikasining yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.


Download 81,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish