Yillarda amerika qo'shma shtatlari


Prezident F. D. Ruzveltning «yangi yo'nalish»i



Download 102 Kb.
bet8/17
Sana15.11.2020
Hajmi102 Kb.
#52579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
1918 1939 aqsh

Prezident F. D. Ruzveltning «yangi yo'nalish»i

1932-yili prezidentlikka say-lovlar og'ir iqtisodiy inqiroz, ijtimoiy qutblanish va qizg'in siyosiy kurash sharoitlarida o'tdi. G. Guver — Respublikachilar partiyasidan, Nyu-York shtati gubernatori'Franklin Delano Ruzvelt (1882— 1945) Demokratlar partiyasidan nomzod edilar. F. Ruzvelt keng miqyosli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar o'tkazish ko'zda tutilgan ko'lamdor dastur bilan chiqdi. U mus-tahkam g'alabaga erishdi — Ruzvelt uchun 23 mln. saylovchi ovoz berdi, raqibi esa 16 mln. ovoz oldi. Demokratlar 12 yil mobaynida birinchi bor zafar qozoni-shib, o'z nomzodlarini Oq uyga chiqarishdi. F. Ruzvelt AQSh ning o'ttiz ikkinchi prezidenti hamda Amerika tari-xidagi eng mashhur prezidentlardan bin edi U 1932-yHdan 1944-yilgacha prezidentlikka to'rt marta saylangan yagona prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko'ra, prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin.


Ruzvelt Morganlar moliya guruhiga yaqin boy amerika-lik oilasida dunyoga keldi. U AQShning ikkita eng nufuzli oliy o'quv yurti — Garvard hamda Kolumbiya universitet-larini tamomlab, huquqshunos diplomini oldi. Siyosiy faoliyatini 1910-yili harbiy-dengiz floti ministrining yor-damchisi lavozimidan boshladi. Bu vazifasini yetti yil, ya'ni 1920-yilgacha egallab turdi, keyin kasallik tufayli tark etdi. Ruzvelt 1921-yili falaj dardiga yo'liqdi. U mustaqil harakat-lanish qobiliyatidan mahrum bo'lsa-da, buyuk ishbilarmon-lik fazilatlari va siyosiy iste'dodi tufayli katta siyosatga qayta oldi. Ruzvelt 1928-yili barcha qonun-qoidalarga qarshi o'laroq Nyu-York shtati gubernatori etib saylandi

FDR (butun Amerika ism-sharifi initsiallariga ko'ra, uni shunday atardi) prezident bo'lgach, Amerika iqtisodiyotida «yangi yo'nalish» Matida shuhrat qozongan keng miqyosli "islohotlarni boshladivBu yo'lning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik to'liq saqlangan holda davlat boshqaruvinMqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga keng vjoriy etishdan iborat edi^ Ruzvelt hamda vuni quwatlovchi siyosiy arboblarvdadil qadam tashlay olishdi — mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning davlat dastaklarini qo'llash ko'zda tutilar, mehnat huquqini jiddiy qayta ko'rish, ishsiz-likka qarshi kurashga katta mablag'lar ajratish va ijtimoiy sug'urta asoslarini yaratish (pensiyalar, kasallik bo'yicha nafaqalar, sog'liqni saqlash, xalq ta'limi tizimini takomil-lashtirish) rejalashtirilgandi. Shunday qilib, Ruzveltning «yangi yo'nalish»idagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiy faoliyat jarayoniga faol aralashuvi yo'li orqali mamlakatni inqirozdan chiqarishdan iborat edi.

Yangi ma'muriyat ishchilar va fermerlarning ijtimoiy-siyosiy huquqlarini kengaytirishga qaratilgan liberal islohot-
larni o'tkazdi. Islohotlar neoliberalizm, ya'ni davlat-monopolistik iqtisodiyotining liberal ko'rinishi mafkurasini mujassamlashtirdi. Amerika burjuacha islohotchilik va neoliberalizmda mavjud ulkan imkoniyatlarni dunyoga namoyish etdi.Dunyoda eng yuqori turmush darajasi, eng katta ko'lamli inson huquqlari va konstitutsiyaviy kafolatlaiv AQShga buyuk, gullab-yashnayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mukammal davlat^shuhratini keltirdi.''

Ruzvelt Amerika bank tizimini qutqarishdan o'z yo'na-lishini amalga oshirishga kirishdi. Inqiroz natijasida mam-lakatdagi deyarli barcha banklar yopilgan edi. Favqulodda bank qonuni shartlariga ko'ra faqat eng yirik banklarga davlat zayomlari ochish va olish uchun ruxsat berildi. Oqibatda banklar soni qisqardi, lekin qolganlari haqiqatda faoliyat ko'rsatardi. 30-yillarning yarmiga kelib, 1929-yili AQShda ishlab turgan 25 ming bankdan faqat 15 mingtasi keldi. Ular davlatdan kreditlar olib, omonatchilar bilan hisob-kitob qilishdi. Shu tariqa amerika iqtisodiyotining tabarruk qadamjosi — banklar saqlab qolindi.




Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish