1933-yil 12-mayda fermerlarga yordam haqidagi qonun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga bo'lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor may-donini va chorva sonini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga muko-fotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va noma'lum muddatga to'xtatib qo'yildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kreditlar berdi. Norentabel fermalar tugatildi. 1933—1936-yillarda qarzlar va soliqlarni to'lamaganligi uchun deyarli 600 ming fermalar, ya'ni jami fermalarning 10 foiziga yaqini «kim oshdi»da sotib yuborildi. Mazkur choralar amerikalik fermerlarning barcha muammolarini hal etmasa-da, qishloq xo'jaligini halokatdan saqlab qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |