AQShning urushga Ruzvelt 1937-yil 5-oktabr kuni tayyorlanishi. Chikagoda so'zlagan nutqida agressorlar atrofida «karantin» o'rnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. AQSh hukumati o'zining barcha imkoniyatlarini ishga solib urushga faol tayyorgarlik ko'ra boshladi. Shu maqsadda qurol ishlab chiqarish kengaytirilib, ularning sifati takomillashtirib borildi. Tinch okeani orollarida shoshilinch ravishda harbiy bazalar qurishga kirishildi.
1939-yil 26-iyul kuni AQSh Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4-noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan so'ng betaraflik haqidagi qonun qayta ко'rib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan qurol-yarog' sotib olish imkonini berdi. AQSh demokratik davlatlar tomonidagi o'z holatini qat'iy belgiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |