20-yillarda AQSHda ishlab chiqarishning o’sishi
20-yillarda AQShda bosh-langan yangi ishlab chiqarish-texnika inqilobi o'zi bilan birga yangi ijtimoiy puch xayollar-ning oqimini olib keldi. 1922-yilda AQShda ishlab chiqarishning o'sishi boshlandi. Avtomobilsozlik, samolyotsozlik, radio, elektrotexnika sanoatlari jadal sur'atlarda rivojlandi. O'sish yangi texnikaviy asosda, eng yangi texnika usku-nalari, konveyer tizimi, standartlashtirish, modernlashtirish usullarini keng tadbiq etish yo'li bilan amalga oshirildi. Ishlab chiqarishda yangi fan va texnika kashfiyotlari, seriyali ishlab chiqarish usuli keng qoilanila boshlandi. Ishlab chiqarishda aql bovar qilmas o'sish ro'y berdi. 1927-yilga kelib AQShda yiliga -Zjnln. avtomobil ishlab chiqarilardi. Avtomobilsozlikning o'sishi keng shosse yo'llarining barpo etilishiga turtki bo'ldi, shahar va qishloq qurilishining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. Ishlab chiqarishing o'sishi Amerika monopoliyalariga ulkan daromadlar keltirib, ularning raqobatbardoshligini oshirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |