T/r
|
Tadbirlarning nomlanishi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Amalga oshirish muddatlari
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik sanoati deb yuritiladi)
sohasida boshqaruv va kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish
|
1.
|
O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uyushmasining (keyingi o‘rinlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi deb yuritiladi) ta’sis yig‘ilishini o‘tkazish, o‘rnatilgan tartibda Ustav
va boshqa ta’sis hujjatlarini (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga korxonalarning kirishini aniq mezonlari va shaffof mexanizmlarini aniqlashni nazarda tutgan holda) tasdiqlash, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash, shuningdek, uning ishchi organlarini shakllantirish.
|
Tashkiliy-huquqiy
tadbirlar
|
2018 yil
1-fevralga
qadar
|
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Adliya vazirligi
|
2.
|
“O‘zbekyengilsanoat” AJni tugatish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni o‘tkazish.
|
Tashkiliy-huquqiy
tadbirlar
|
2018 yil
1-fevralga
qadar
|
“O‘zbekyengilsanoat”AJ,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Adliya vazirligi
|
3.
|
To‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash tizimini, shu jumladan:
tarmoqda talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar (muhandis-texnik mutaxassislar, texnologlar, kashta, gazlama va to‘qish turlarining zamonaviy uskunalarini dasturlovchilar, mexanik-sozlovchi va to‘qimachilik uskunalari elektronchilari va boshqalar) bo‘yicha kadrlar tayyorlashning muhim va istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash;
to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
o‘quv yuklamalarining umumiy hajmida amaliy mashg‘ulotlarni, birinchi navbatda, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida ko‘paytirish;
oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
to‘qimachilik sanoati sohasida ilmiy izlanishlarni, shu jumladan tayanch ilmiy-tadqiqot muassasalarini yaratish orqali faollashtirish;
yetakchi mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlarni tuzish, ularning mutaxassislarini, shuningdek, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi-amaliyotchilarini ta’lim berish uchun taklif qilish orqali takomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy
hujjat loyihasi
|
2018-yil
1-martga
qadar
|
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
Iqtisodiyot vazirligi
|
4.
|
Respublika mutaxassislarini (xususan davlat ta’lim muassasalari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari) to‘qimachilik sanoati rivojlang�n xorijiy mamlakatlarda o‘qishini tashkil etish, o‘quv jarayoniga xorijiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini, jumladan xalqaro va xorijiy tashkilotlar ko‘magida jalb etish.
|
Stajirovkalar
rejasi
|
2018-yil
15-yanvarga qadar tasdiqlash
Reja asosida amalga oshirish
|
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Loyiha boshqaruvi
milliy agentligi,
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi
|
|