Insho
“Volontyorlar – 2025”
Reja:
Mening volontyor bo’lishga bo’lgan shaxsiy motivatsiyam.
Farg’ona viloyatida xususan, Qo’shtepa tumanida volontyorlikni rivojlantirish yo’lidagi yaxshi tajribalar va mavjud to’siqlar.
Men kelajakdagi volontyorlikni qanday tasavvur qilaman!
“Kim bir yaxshilik qilsa, unga o’n barobar qaytarilur!”
(Ibratli so’z)
Har bir inson hayoti davomida muayyan bir maqsadni ko’zlaydi, shubhasiz, mana shu maqsad yo’lida tinimsiz harakat qilishini (har qanday vaziyatda) ta’minlovchi motivatsiyasi ham bo’ladi. Xoh u biror bir mashhur filmdan yoki kitobdan parcha, xoh uni insonning o’zi yaratadi yoki insonning o’zi kim uchundir motivatsiya hisoblanadi. Menda esa bir ibora borki, doim meni olg’a undashga, yaxshiliklar qilishdan to’xtamaslikka, hayotdan zavqlanib yashashimga va insonlarning quvonch-u shodliklariga birdek sherik bo’lishimga sababchi bo’ladi. Bu iborani dastlab, volontyorlik sohasiga kirib kelgan ilk kunimda “Universe” erkin volontyorlik harakatining rahbari Azizbek Ochilboyev tomonidan eshitganman, eshitganmanu o’sha lahzadan boshlab men uchun shaxsiy motivatsiyaga aylangan: “Rahbar bo’lib emas, inson bo’lib, majburiyat yuzasidan emas balki, savob uchun ishlamoq darkor!”
Darhaqiqat, hozirda insonlar orasida nekbin tuyg’ularni kamdan kam uchratamiz. Aslini olganda volontyorlik ham shunday – soflik, beg’uborlik va samimiylik uyg’unligidir. Insonlar “mansab”deb atalmish asov bir otning jilovidan tutib, samimiylikdan uzoqlashib ketmoqdalar, albatta, bu achinarli holat! Ayniqsa, uni har kuni har yerda uchratish- ko’ngillarda xavotir paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Mana shunday hodisalarga guvoh bo’lib, o’zim uchun bir qancha xulosalar chiqardim va bu hayotda kim bo’lsang ham inson bo’lib yashashlikni, o’z kasbini sevishni va uni qandaydir majburiyat deb bajarmaslikni o’rgandim.
Joriy yilda yurtimiz bo’ylab, xususan, Farg’ona viloyatida ham volontyorlik sohasini kuchaytirishga doir bir qancha ishlar amalga oshirildi:
Inson kelajak haqida o’ylar ekan, go’yoki,qo’liga mo’yqalam olib oppoq qog'ozni rang-barang, turfa xil bo’yoqlar bilan jilovlaydi. Xuddi shunday, volontyorlikning bir necha yillardan keyingi faoliyati haqida tasavvur qilsam, ko’z o’ngimda yillar davomida sayqallanib, tajribalar yig’ib olgan va ancha mukammalikka erishgan,hattoki, davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan ajoyib bir tizim gavdalanadi.
Volontyorlik – bu faqat xayriyalar emas, volontyorlik – bu hamma narsa, uning negizida insoniyat uchun yaxshilik yotsa bo’lgani!
|