Yil volontyori


Meraki – dreams come true!



Download 5,63 Mb.
bet6/8
Sana16.01.2022
Hajmi5,63 Mb.
#372401
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yil volontyori - tanlovi shaxsiy anketa Juraboeva Mokhinur

Meraki – dreams come true! speaking klubini tashkil etishdan maqsad - oliy ta’lim muassasasidagi talabalarni ingliz tilida erkin muloqot qila olishlarini ta’minlash va ularda keng dunyoqarashni, yangi g’oya va tashabbuslarni shakllantirishdan iborat;

Quyida loyiha vazifalari keltirilgan:



  • Oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlar o’rtasida ingliz tilini o’rganish layoqatini rivojlantirish va ularga yo’nalish ko’rsatish;

  • Ingliz tilida erkin muloqot qila oladigan yoshlarni aniqlash va ularni rivojlantirish;

  • Ingliz tilini o’rganuvchilarning umumiy miqdorini oshirish;

  • Oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarning ilmiy – amaliy faoliyati samaradorligini oshirish;

  • Kelgusida tijoratlashtirish maqsadida intellectual faoliyatni natijalarini yaratish;

  • Ingliz tilida ravon suhbatlashishni o’rganayotgan yoshlarning rivojlanishlariga ko’maklashish.




  1. Loyihani amalga oshirish mexanizmi:

  • Loyiha qo'llab- quvvatlovchi hamkorlar - Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti, Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi hamda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Fondi “ZIYO FORUM” tomonidan moliyalashtirildi.

  • Loyihaga ingliz tiliga qiziquvchi va uni B1 darajada biladigan, jamiyatda faol, tashabbuskor, lider yoshlar jalb etildi.

  • Loyhaning ish boshlashi uchun ruxsat berilgan kundan boshlab, ommaviy axborot vositalari (OAV) da, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram sahifalarida “Meraki – dreams come true” faoliyati, uing g’oyasi, maqsad va vazifalari haqida ma'lumotlar, reklamalar berila boshladi.

  • Ijtimoiy tarmoqlar orqali ingliz tilida erkin suhbat qura oladigan tajribali spikerlar va xavaskor yigit-qizlar bilan muloqot yo'lga qo'yilib, ular bilan do'stona aloqalar o’rnatildi, turli xildagi so’rovnomalar o’tkazilib, ularning loyiha to’g’risidagi fikr-mulohazalari va takliflari o'rganildi; (shuni aytib o’tish joizki, bizning bu loyihamiz ko’pchilikda qiziqish va yaxshi taassurotlar uyg’otdi)

  • Loyiha bir oy mobaynida 4 marta amalga oshirildi va har bir qismga alohida nomlar berildi. Jumladan,

  • birinchi hafta “Master class” o’tkazildi va bu 2 qismga bo’lindi. Birinchi qismda, tajribali spiker tomonidan ingliz tilida muloqotni yaxshilash to’g’risida mahorat darslari bo’lib o’tdi va shu haqda kichik munozara ham olib borildi; ikkinchi qismda, qatnashuvchilarni ko’proq ingliz tilida muloqot qilishlarini ta’minlash maqsadida interaktiv o’yinlar tashkil etildi .

  • ikkinchi hafta “TedTalk” deb nomlanib, unga ingliz tilidan ko'plab yutuqlarga erishgan, Xalqaro universitetlarda malakasini oshirgan o'qituvchilar va talabalar taklif etildi va ular muvaffaqiyat sirlari, qanday qilib liderlikka erishish mumkinligi haqida o’zlarining motivatsion nutqlari orqali qatnashuvchilarni ruhlantirdilar. Ayniqsa, ularning nutqlari ingliz tilida ekanligi auditoriyadagi ishtirokchilarda o’zgacha bir ilhomlanishni keltirib chiqardi.

  • uchinchi hafta “Movie club” deb nomlanib, 2 qismga bo’lindi: birinchi qismda ingliz tilida davomiyligi 1 soatdan oshmaydigan qisqa metrajli film tomosha qilindi va ikkinchi qismda uning mazmun mohiyati, film qahramonlarining shaxsiyatlari to’g’risida qiziqarli fikrlar almashinuvi tashkil etildi.

  • to’rtinchi hafta “Discussion” (munozara) o’tkazildi. Bunda ishtirokchilar 2 guruhga bo’linib, bitta dolzarb mavzu yuzasidan ingliz tilida bahs-munozara olib bordilar.




  1. Kutilgan natijalar:

Meraki – dreams come true” loyihasini tashkil etganimizda unga qiziquvchilar soni juda ham ortib ketdi. Dastlab, ko’pchilik talaba yoshlar ingliz tilida ravon suhbat qura olmasliklaridan xavotirda edilar. Loyihamizning bir necha qismlarida ishtirok etganlaridan so’ng, o’zlarida o’zgarish sezdilar va hozirda yurtimizda tashkil etilayotgan xalqaro konferensiyalar tarjimon (gid) sifatida faol qatnashib kelyaptilar. Hatto, IELTS (speaking) imtihoni yaqinlashayotgan yoshlar loyihamizda ishtirok etish orqali o’zlarini har tomonlama imtihonga tayyorlovchi maskandamiz deb hisoblashdi va IELTS speaking (gapirish) qismidan yuqori 7; 7,5; 8 natijalarga erishdilar. Misol uchun Yakubova Munisa 8, Ubaydullayeva Hilola 7 shular jumlasidandir. Bularning bari biz uchun chinakamiga yutuq bo’ldi desak, yanglishmaymiz!


Quyida loyihadan ayrim fotosuratlar berilgan:


























Volontyorlar-2025”mavzusida insho




Download 5,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish