Tajribada topilgan natijalar asosida , ∆ , ∆N hisoblanadi.
Sinov savollari
Moddalarning zichligi deb nimaga aytiladi?
Modda zichligining agronomiyadagi ahamiyati qanday?
Urug`ning zichligini hisoblash formulasi qanday mulohazalarga asoslanib chiqarilgan?
Ishni bajarish tartibini tushuntiring.
Laboratoriya ishi № 9 MATEMATIK MAYATNIK YORDAMIDA JISMLARNING ERKIN TUSHISH TEZLANISHNI ANIQLASH
Mashg’ulotning maqsadi: tebranishlar va ularnig hosil bo’lish sabablarini o’rganish, matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini tajribada aniqlash.
Ish rejasi: 1.Mayatniklar haqida umumiy malumotlar.
2.Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash.
3.Tebranishlar mavzusi bilan tanishish.
Kerakli asbob va materiyallar: matematik mayatnik, sekundomer.
Ishning qisqacha nazariyasi Ma’lum bir fizik kattalik X ning vaqt birligida
(1)
qonun bo’yicha o’zgarish jarayoninga shu kattalikning garmonik tebranishi deyiladi. Bu formuladagi A - tebranishlar amplitudasi, T- tebranish davri, tebranish fazasi, boshlang`ich faza. Tebranayotgan jismning muvozanat holatidan eng chetga ogi’shini xarakterlovchi kattalik A ga amplituda deyiladi. (1-rasm). Jismning bir to’liq tebranishi uchun ketgan vaqtga tebranish davri deyiladi.
Haqiqatdan ham
(2)
Bunda bo’lganda bir marta to’liq tebranish sodir bo’ladi. Chunki sinusning argumenti ga tengdir. Bu vaqtda tebranish amplitudasi A X ning katta (maksimal) qiymati bo’ladi. Shuning uchun da ga boshlang’ich faza deyiladi. bo’lib, bu davriy (siklik) chastota deyiladi. Garmonik tebranishning chastotasi deb vaqt birligi ichidagi tebranishlar soninga aytiladi
1 – rasm 2 – rasm
Bir tomoni berkitilgan yumshoq va cho’zilmaydigan ipga osilgan moddiy nuqtaga matematik mayatnik deyiladi.
Ma`lumki, matematik mayatnikning osilgan nuqtaga nisbatan inersiya momenti
(3)
formula bilan aniqlanadi. - ning qiymatini fizik mayatnikning tebranish davri formulasiga (4)
(4)
qo’yamiz ,u holda (5)
(5)
Bu formuladan ko’rinib turibdiki, matematik mayatnikning tebranish davri uning massasiga bog’liq emas. (5) formula faqatgina og’ish burchagi kichik bo’lgan matematik mayatnik tebranishi uchun qo’laniladi. Istalgan og’ish burchagi uchun (5) formula quyidagi ko’rinishga ega
(6)
Hisoblash murakkab bo’lmasligi uchun tajribada og’ish burchagini 130-150 deb olinadi va (5) formuladan foydalaniladi.
Asbobning tuzilishi: Asbob uchta oyoqqa o’rnatilgan shkalali taxtadan iborat bo’lib, taxtaning yuqori qismida mayatnik ipini osish uchin gorizontal taxta maxkamlangan. Matematik mayatnikning uzunligi shu gorizontal taxtaga o’rnatilgan g’altak yordamida o’zgartiriladi va vertikal taxta shkalasi bilan o’lchanadi. Mayatnikning ma’lum bir uzunligi tanlangandan keyin g’altak gorizantal taxtaga maxkam o’rnatiladi. Agar mayatnikning 2 ta uzunligiga to’g’ri keluvchi davrlarini topmoqchi bo’lsak (5) formulaga binoan quyidagini yozish mumkin:
(7)
Ikkinchi hol uchun
(8)
U holda erkin tushish tezlanish quyidagi formuladan aniqlanadi:
(9)
Demak, yer tortish kuchi tezlanishini topish uchun 2 xil uzunlikdagi matematik mayatnikning tebrtanish davrini ( va ) va ular uzunliklarining farqini ( ) bilish kifoya ekan.