VI. Yorug‘lik kuchi birligi – sham
Fotometrik o‘lchashlarda yorug‘lik oqimi deb ataladigan fizik kattalik muhim rol o‘ynaydi. F yorug‘lik oqimi yuzdan 1 sekundda o‘tgan energiya miqdori bilan o‘lchanadi va o‘zi ko‘rsatgan yorug‘lik ta’siriga qarab baholanadi, ya’ni yorug‘lik oqimini o‘lchayotganda ko‘zga ta’sir etayotgan yorug‘lik quvvatigina hisobga olinadi.
Ko‘rinadigan yorug‘lik sohasida (0,77 va 0,38 mikron oralig‘ida joylashgan to‘lqin uzunliklar intervalida) nur energiyasining asosiy priyomnigi va analizatori odamning ko‘zidir. Ko‘z bir-biriga tegib turgan ikkita birday yoritilganligini katta aniqlik bilan qayd qila oladi. Fotometrik o‘lchashlar asosan ko‘zning shu xususiyatiga asoslanadi. Shuningdek, ko‘zning bu xususiyatidan turli yorug‘lik manbalarini taqqoslashda foydalaniladi. Biroq ko‘zning sezgirligi turli to‘lqin uzunliklarda turlicha bo‘ladi, ya’ni ko‘zning yorug‘likni sezish qobiliyati ko‘zga tushayotgan nurlarning spektral tarkibiga bog‘liqdir. SHuning uchun ham yorug‘likdan praktikada foydalanilganda yorug‘lik oqimi F ning (ya’ni ko‘rish tuyg‘usi vujudga keltirgan quvvatning) to‘la nurlash quvvati N ga nisbati hisobga olinadi:
,
V – ko‘rinuvchanlik deb ataluvchi maxsus kattalikdir. Mexanik va yorug‘lik birliklari orasidagi bog‘lanish shu kattalik orqali aniqlanadi. Aniq o‘lchashlarning ko‘rsatishicha to‘lqin uzunligi mikron bo‘lgan nurlanishning bir vatt quvvati 683 lm ga teng bo‘lgan maksimal yorug‘lik oqimi beradi, ya’ni . Bundan yashil rangga mos keluvchi ( mikron) tor intervalning ko‘rinuvchanligi eng kattta ekanligi ma’lum bo‘ladi. CHunki shu to‘lqin uzunlik sohasida odam ko‘zining sezgirligi maksimal bo‘ladi. Aksincha, shu to‘lqin intervalida 1 lm oqim 0,001464 vt ga ekvivalentdir (yorug‘likning mexanik ekvivalenti). Boshqa spektral tarkibli ko‘rinuvchi yorug‘lik kichikroq V ko‘rinuvchanlikka ega va bu holda 1 lyumenga yorug‘lik oqimining kattaroq to‘la quvvati to‘g‘ri keladi. Agar yorug‘likni butun yutgan yorug‘lik energiyasini issiqlikka aylantiruvchi termoelement qabul qilayotgan bo‘lsa, bu hollarda yorug‘lik oqimini o‘lchash uchun energiya va quvvatning odatdagi o‘lchov birliklardan – joul va vattdan foydalanish qulaydir. Tizimning asosiy birliklari sifatida metr, sekund va lyumen qabul qilinsa, boshqa yorug‘lik birliklarini ham aniqlash mumkin bo‘lardi. Biroq qator sabablarga (xalqaro kelishuvlar, yorug‘lik etalonlarini belgilash aniqligini oshirish maqsadi va boshqalarga) ko‘ra fotometrik o‘lchashlar sohasida shamlarda o‘lchanadigan yorug‘lik kuchi asosiy fizik kattalik qilib olindi.
O‘tgan asrning boshidan e’tiboran yorug‘lik kuchi birligining etaloni sifatida turli konstruksiyadagi shamlar (Karsel lampasi, Gefner shami, pentanli lampalar va shamlar) ishlatiladi. 1948-yildan boshlab lampa va shamlar o‘rniga to‘la nurlovchi ishlatiladigan bo‘ldi. To‘la nurlovchi (yoki absolyut qora jism) deb o‘ziga tushayotgan nurlar oqimini oqimning spektral tarkibiga va o‘zining temperaturasiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda to‘la yutadigan jismga aytiladi. Boshqacha aytganda, to‘la nurlovchining yutish koeffitsienti nurlovchining har qanday temperaturasida birga tangdir.
Qizdirganda to‘la nurlovchi yorug‘lik manbai bo‘lib qoladi. Bunday yorug‘lik manbaining nurlashi to‘la nurlovchining tashkil qilgan moddaning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lmay, faqat uning temperaturasigagina bog‘liqdir.
SI tizimda yorug‘lik etaloni shunday qilib tanlanganki, uning xususiyatlariga to‘la nurlovchining xususiyatlariga mumkin qadar yaqin bo‘ladi.
SHam kattaligini amaliy maqsadlarda hosil qilish uchun VNIIM ning fotometrik laboratoriyasida yangi yorug‘lik etaloni yaratildi. Bu etalon davlat etaloni hisoblanadi. Uning tuzilish xususiyatlari Konsultativ komitetning 1939-yili tasdiqlangan shartlariga mos keladi. Platinaning qotish temperaturasida etalonning 0,5305 yuzli chiqish teshigi bo‘lib, u yorug‘lik manbai vazifasini o‘taydi. Bu yorug‘lik manbaiga teshik tekisligiga tik yo‘nalishda 600000 nit (60 nit) ravshanlik mos keladi.
SHuningdek, teshik sirtiga tik yo‘nalishda yorug‘lik kuchi 0,3183 shm (0,005305 shm) ekanligini hisoblab topish mumkin.
1 eski sham= 1,005 yangi sham (SI).
Do'stlaringiz bilan baham: |