IV. Tok kuchi birligi – amper
YUqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixan elektr birliklarning SGS tizimi ikki ko‘rinishda: elektrostatik tizim (SGSE) va elektromagnit tizim (SGSM) ko‘rinishida vujudga kelgan edi. Amaliy maqsadlar uchun esa, alohida, lekin kattaligi qulay bo‘lgan birliklar olingan edi. Ular biror tizimga kiradigan kattaliklar bo‘lmay, balki SGSM tizim birliklariga nisbatan karrali yoki ulushli birliklar sifatida tanlangan.
Amalda quyidagi birliklar keng tarqalgan:
Om - SGSM qarshilik birligi.
Amper – 0,1 SGSM tok kuchi birligi.
Volt - SGSM potensiallar ayirmasi birligi.
Bu birliklar keyinchalik xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib qolgan va elektriklarning I va II xalqaro kongresslarida (1881y. va 1889y.) elektr o‘lchashlar uchun rasmiy qabul qilingan.
Xalqaro kelishuvlarga muvofiq, ko‘pchilik mamlakatlar qarshilikning, tok kuchining va potensiallar ayirmasiing birlamchi amaliy etalonlarini, ya’ni om, amper, voltni qabul qildi. Ular orqali barcha boshqa elektr va magnit birliklarning qiymatlari aniqlandi.
Xalqaro om deb, uzunligi 106,300 massasi 14,4521 g bo‘lgan o‘zgarmas ko‘ndalang kesimli simob ustunining muzning erish temperaturasidagi qarshiligi olingan edi.
SHunday tarzda aniqlangan om va amper qarshilik va tok kuchining absolyut elektromagnit o‘lchov birliklarining yuqorida ko‘rsatilgan ulushlarga etarlicha aniq mos kelishi kerak edi.
O‘lchash texnikasining taraqqiyoti tufayli elektr birliklarini aniqlashda va ularni absolyut o‘lchashda katta aniqlikka erishish mumkin bo‘lib qoldi. Buning natijasida 1908-yildan keyin, yuqoridagi ta’riflar asosida aniqlangan amaliy birliklar bilan elektromagint hodisalar asosida aniqlangan birliklar orasida katta farq borligi ma’lum bo‘lib qoldi. Bu farqlar o‘lchash texnikasi yo‘l qo‘yadigan xatoliklardan ancha katta.
SHuning uchun ham 1936-yili xalqaro birliklardan uzunlik, massa, vaqt va bitta sof elektr birligidan tashkil topgan absolyut amaliy birliklarga o‘tish masalasi tug‘ildi. Biroq bu masalaning o‘sha vaqtlarda hal qilinishiga ikkinchi jahon urushi xalaqit berdi.
O‘lchov va tarozilar Xalqaro komiteti 1946-yili elektr bo‘yicha Konsultativ komitetining barcha takliflarini ko‘rib chiqib, 1948-yilning 1-yanvaridan absolyut birliklar kiritishga qaror qildi.
Absolyut amper uchun yangi ta’rif qabul qilindi. Keyinchalik bu ta’rif bir oz o‘zgartirilib, xalqaro birliklar tizimi (SI) ga ham kiritildi.
O‘lchov va tarozilarga bag‘ishlangan 1960-yilgi XI Bosh konferensiya tok kuchining SI tizimidagi birligi uchun quyidagi ta’rifni qabul qildi:
Amper o‘zgarmaydigan shunday tokning kuchiki, u juda kichik doiraviy kesimli cheksiz uzun parallel to‘g‘ri ikkita simdan o‘tayotganda vakuumda bir-biridan 1 metr uzoqlikdagi bu simlar orasida ularning har metr uzunligida Xalqaro tizimning birligiga ( nyutonga) teng ta’sir kuchini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |