Yil kuzgi semestrda o‘tiladigan Konstitutsiyaviy huquq modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi bo‘yicha imtihon savollari



Download 56,93 Kb.
bet6/12
Sana13.01.2023
Hajmi56,93 Kb.
#899391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Uzb-Konstitutsiyaviy huquq

Quyidagi savollarga javob bering.




T. Ravshanov 2017-yilning oktabr oyidan e’tiboran Toshkent oziq-ovqat xavfsizligi universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelar edi. 2019-yil 29-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, uning 17-moddasi ikkinchi qismida oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shart ekani belgilandi.
Shu munosabat bilan, 2019-yil 15-noyabrda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish majburiyatini nazarda tutuvchi band bilan to‘ldirishga qaratilgan qo‘shimcha kiritildi. Unda har bir professor-o‘qituvchi uchun ilmiy ishni yakunlab, uni himoyaga olib chiqish muddati ko‘rsatildi. T. Ravshanovning shartnomasida ushbu muddat sifatida 2020-yil 1-dekabr sanasi ko‘rsatildi. Biroq, T. Ravshanov shartnomaga imzo qo‘yishda ushbu bandga e’tiroz bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kimga ilmiy ijod erkinligi kafolatlangan. Qabul qilingan qonunning 17-moddasi ikkinchi qismi va u asosida shartnomaga qo‘shimcha kiritilishi, boz ustiga ilmiy ishni tugallash va himoyaga olib chiqish uchun qisqa muddatning belgilanishi ilmiy ijod erkinligi singari konstitutsiyaviy huquqining buzilishiga olib kelgan.
T. Ravshanovning e’tiroziga javoban universitet rahbariyati mazkur jarayon qonun talabiga asoslanganini aytib, agar u shartnomani imzolashdan bosh tortsa, u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishini ma’lum qildi. T. Ravshanov shartnomani imzolmadi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Bundan norozi bo‘lgan T. Ravshanov sudga ilmiy ijod erkinligi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqini tiklab berilishini so‘rab shikoyat qildi.
Quyidagi savollarga javob bering.




2020-yil aprel oyida COVID-19 pandemiya davrida xorijiy davlatlarda qolib ketgan yoki yashab kelayotgan hamda Vatanga qaytish istagidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini charter reyslar tashkil etgan holda O‘zbekistonga qaytarish ishlari boshlab yuborildi. Fuqarolar qaytarib olib kelingach ularni majburiy karantinga olish tartibi o‘rnatildi.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati J. Xaydarov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini charter reyslar tashkil etgan holda O‘zbekistonga qaytarish ishlarini to‘xtatishni taklif etdi. Bunga sabab sifatida qaytarib olib kelinayotgan fuqarolar orasida kasallik yuqtirib olganlar ko‘pligi, ular tufayli O‘zbekistonda Covid-19 kasalligiga chalinganayotganlar soni oshib borayotginini ta’kidladi.
J. Xaydarov buni qonunchilikda aks ettirish maqsadida qonun loyihasini tayyorlab Oliy Majlis quyi palatasiga kiritdi. Qonun loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda norozilikka uchradi. Bir qancha fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashiga urg’u berdilar.
J. Xaydarov bunga javoban ularni qaytarib olib kelish o‘rniga ularga xorijda turib davolanishilari uchun moddiy mablag‘ ajratish lozimligini taklif etdi. Uning fikricha, bu O‘zbekiston davlat hududidan tashqarida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatish majburiyatiga mos keladi.
Bunga javoban fuqarolar xorijdagi vatandoshlar O‘zbekistonga kirish huquqiga ega ekanliklari, bunday holatda O‘zbekiston ularning istaklariga binoan ularni o‘z davlat hududida huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishi lozimligini aytib o‘tdilar. Bunday holatda deputat J. Xaydarov tomonidan kiritilgan qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid ekani ta’kidlandi.

Download 56,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish