Maktabgacha ta'lim Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog kadrlarining 2022- yil iyun oyida malaka oshirish kursi tinglovchisi Qurbonova Nabira Musajonovnaning “O’rta yoshda o'quv o'yinlar” mavzusidagi mashg'ulotni tashkil etish va o'tkazish metodikasi yuzasidan BITIRUV LOYIHAVIY ISHI
Reja: I. Kirish II. Asosiy qism. 1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati.
2. Lug'atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy о‘yinlarning turlari.
3. Ко‘rgazmali materiallar bilan о‘ynaladigan ta ’limiy о‘yinlar.
4. Bolalar lug‘atini boyitishda ta’limiy o‘yinlarni tanlash, о ‘tkazish va tahlil qilish.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
I. Kirish. Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tashkilotlariga e’tibor yanada ortib bormoqda va bunda tarbiyachilarga bo’lgan masuliyat hissi yanada ortadi. Tarbiyachilar bugungi kun qahramonlari desak hech mubolg’a bo’lmaydi. Chunki ular kelajagimiz poydevorini mustahkan qilib qo’yishdek sharafli vazifani bajarmoqdalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tarbiyachilarning jonkuyarligi, samarali mehnat faoliyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ularning zahmatli mehnati yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim vazirining buyrug‘iga binoan 2018-yil 18-iyul 1-MX-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Rivojlanishiga Qo‘yiladigan Davlat Talablari” tasdiqlandi.
Ta’lim jarayonidagi asosiy qiyinchiliklar o‘quv faoliyatining shakllanmaganligi bo‘lib, u yashirin psixologik qiyinchiliklarga tegishlidir. Bola bu holatni sezadi, lekin u nima uchun shunday bo‘layotganligini tushunmaydi va ifodalab bera olmaydi, shu sababli kattalarga yordam so‘rab murojaat qila olmaydi. Bunday qiyinchiliklar mavhum bo‘lib, ularning tabiati tushunarsizdir.
Bunday holatlarda ota-onalar va o‘qituvchilar bolaga yordam ko‘rsatmasliklari achinarli holatdir, chunki ularning o‘zlari ham o‘quv faoliyati va uning tarkibiy tuzilmasining psixologik aspektlari bilan tanish emaslar. Bu nuqsonlarning yorqin belgilari – dangasalikda, qobiliyatning yo‘qligida va boshqalarda nomoyon bo‘ladi.