Aholi va mehnat bozori. Ishga joylashtirish.
2015 yilning birinchi yarmida viloyatda 40,7 ming yangi ish o´rni yaratildi. Ularning 4763 tasi maqsadli dasturlarni amalga oshirish, 11369 tasi tijorat banklari tomonidan kichik korxona va mikrofirmalarni kreditlash, 7299 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlikni, 11916 tasi kasanachilikni rivojlantirish hisobidan va boshqa sohalarda tashkil etildi.
2014-2015 o´quv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va bandligini ta´minlash maqsadida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Natijada kasb-hunar kollejlarining 46543 nafar bitiruvchisi korxona va tashkilotlarga biriktirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |