III.Yakuniy qism:
Raqs:”Lazgi”
Xandalar:
O`qituvchi:-Fe`llarda nechta zamon bor?
O`quvchi:-Fe`llarda uchta zamon bor:o`tgan,hozirgi va kelasi zamon.
O`qituvchi:-Masalan:”o`g`irlamoq”fe`li o`tgan zamonda qanday bo`ladi?
O`quvchi:-O`g`irladi.
O`qituvchi:-Hozirgi zamonda-chi?
O`quvchi:-O`g`irlayapti.
Do`stlarning qo`lini mahkam ushlaylik.
Qo`shiqlar kuylaylik,raqsga tushaylik.
(Kuy chalinadi.Raqsga tushiladi.)
O`qituvchi:-Aziz oquvchilar.O`zbek tilining javohir xazinasining benihoya go`zalligi,nafisligi,jozibadorligini ulug` bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy asraganlaridek asraylik,o`rganaylik.Tilimizni bebaho xazinalarini qunt bilan o`rganib,uning qadriga yetaylik.Mustaqil ona yurtimiz bizlardan A.Navoiy,Ibn Sino,Bobur Mirzo,Ulug`beklar-u,Uvaysiy,Zebiniso,Nodirabegim kabi ulug` insonlar yetishib chiqishini kutadi.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantirish.
Sana:
9- mavzu:Transport vositalaridagi raqam, ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar.
I.Kirish:Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O’quvchilargatransport vositalaridagi raqam, ogohlantiruvchi belgilar va yozuvlar haqida tushuncha berish.
Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi, TK-3: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Kun shiori:
Yo’l harakati qoidalariga rioya qilaylik
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida
avtomototransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat
raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti, ro‘yxatdan o‘tkazish
davlat raqami belgilarida qo‘llanadigan raqamlar va lotin alifbosi
harflarining namunalari ilova qilingan.
Yurtimizda avtomototransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan
o‘tkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti quyidagi
j advalda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |