III.Yakuniy qism:
Topshiriq: “Davlatimiz madhiyasini izohlab berish”
“SWOT”texnologiyasi
S-Kuchli tomoni:O`quvchilarni davlatimiz madhiyasini hurmat qilishga undash.
W-Kuchsiz tomoni:Haddan tashqari ko`p ijro ,behurmatlikka olib keladi.
O-Imkoniyat:Tadbir, dars va boshqa yig`ilishlarda foydalanish.
T-Tahdid:Layoqatsizlik,beparvolik
Mavzu xulosalanib,o`quvchilarni rag`batlantirish
Sana: 15-mavzu: :,Kumush qish’’
Mashg’ulottning maqsadi:ifodali o’qish, qayta so’zlash ko’nikmasini shakllantirish. adabiy-nutqiy kompetensiya, badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi,o’quvchilarda mehnatsevarlik,tejamkorlik fazilatlarini shakllantirish. maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish; odobli bo‘lish, kattalarni hurmat qilish.
Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi, TK-4: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Kun shiori:
Har faslning o’z gashti bor
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism O`quvchilarni mashg`ulotga hozirlash
1.Hozir qaysi fasl?
2.Bir yilda nechta fasl bor?
3.Qish haqida she’r kim aytadi ?.
4. She’rda shoir nimalarga e’tibor bergan?
Asosiy qism:
O‘qituvchi: Aziz o’quvchilar bugun biz ushbu hikoya bilan tanishamiz .Hozir hikoyani ifodali o’qib beraman.Siz diqqat qiling,chunki bugun hikoyani rollarga bo’lib o’qiymiz.
Ifodali qilib o’qib beramiz.Mazmunini gapirib beramiz.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun har guruhdan 5 nafar o’quvchini o’qitib baholaymiz. Dam olish daqiqasi ,,Kim chaqqon’’didaktik o’yini o’ynaladi.O’quvchilar Qorbola qismlaridagi savollarga javob berib applikatsiya ishlaydilar.
O’quvchilarning fikrlarini umumlashtiramiz.
O‘qituvchi: Endi siz bilan ,,Sinkveyn ’’ metodidan foydalanib yozma va og’zaki nutqimizni rivojlantiramiz.
Yakuniy qism:O’quvchilarni navbat bilan o’qitamiz.Mazmunini savollar yordamida mustahkamlaymiz:
a) Hikoyani monitor orqali ifodali o‘qib berish.
b) O‘quvchilarga mazmunini tushuntirib berish
d) Hikoyani o‘quvchilar mustaqil ichda o‘qib chiqishadi.
e)“Zanjir” usulida navbat bilan ifodali o‘qib chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |