Yigirish texnologiyasi



Download 8,56 Mb.
bet9/113
Sana31.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#217318
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113
Bog'liq
YKSM O'UM1

3-mavzu. Korxonada xom ashyoning saqlanishi va tola

sifatini nazorat qilish
Reja:

1. Korxonada xom ashyoning saqlanishi.

2. Tola sifatini nazorat qilish.
Paxtani yigirishda texnikaviy nazorat xom ashyoni omborlarda saqlanish shart-sharoitlarini tekshirish bilan boshlanadi. Texnik boshqarish qoidasiga asosan tuzilgan jadval asosida komissiya a’zolari: bosh muhandis, ombor mudiri, sex boshlig‘i va xom ashyo laboratoriyasi mudiri quyidagilarni tekshirib turadilar: yopiq omborlarda- pol, tom, devorlar, oynalar holatini, toylar tagiga qo‘yilgan yog‘och tagliklar, mexanizatsiya qurilmalarini va yong‘inga qarshi kurashish asboblarini, toylarning texnika xavfsizligi qoidalari asosida joylashtirilganligini, yorilgan va ifloslangan toylar bor-yo‘qligini, torozilarning to‘g‘riligini, ular tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni tekshiradilar. Paxta tolasi usti yopiq ombor-larda saqlansa, pol, yog‘och tagliklar holati, brezent bor-yo‘qligi toylarni joylashtirilishi tekshiriladi. Paxta tolasi ochiq maydonlarda saqlansa, pol, yog‘och taglik, brezent borligi, brezentning ustiga tarang yopilganligi, yomg‘irdan keyin quritilganligi nazorat qilinadi.

Sifat ko‘rsatkichi bir xil bo‘lgan va bitta hujjat bilan qabul qilingan tolaga to‘da (partiya) deb ataladi. To‘dadagi tolalarning barchasi tekshirilmaydi. Odatda undan bir qismi olinadi va o‘sha olingan qismdan namunalar olinadi.

To‘dadan olingan namunalar 3 xil bo‘ladi.

1. Nuqtadan olingan namuna (m=100-150 g).

2. Birlashtirilgan namuna (m=1000 g).

3. Sinash uchun olinadigan namuna.

Nuqtadan olingan namuna toylanmagan yoki toylangan tolani ma’lum joyidan olingan paxta tolasi.

Birlashtirilgan namuna nuqtadan olingan namunalar yig‘indisi.

Sinash uchun olingan namuna, o‘rtacha namuna, kichik namuna.

Nuqtadan olinadigan namuna toylanmagan toladan ya’ni kondensor latogi yoki toylash jarayonida har joyidan 100-150 g olinadi.

Namunalar qopqog‘i idishga (namligi aniqlansa) yoki oddiy idishlarga solinadi.

Xom ashyo to‘dasidan namuna tanlash ishlari belgilangan standartlarga binoan amalga oshiriladi. Sinov ishlari uchun tanlangan namunaning tarkibidagi iflosliklardan tozalaniladi, uzunligini aniqlash uchun esa alohida tolalar tekislanadi va parallelashtiriladi. Tayyorlangan namuna to‘liq sinov ishiga jalb etilmaydi, balki qisman. Sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda ma’lum miqdorda tolalar namunasi olinadi.

To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalarning sifat ko‘rsatkichlari (uzunligi, pishiqligi, yo‘g‘onligi) har xil bo‘ladi. Tolalardan mahsulot ishlab chiqarishdan oldin ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash kerak bo‘ladi.

Paxta tolasi to‘dasidan namuna tanlash O’zDst 614-2014 «Paxta tolasidan namuna tanlab olish usullari» standartga binoan amalga oshiriladi.

Paxta tolasini sifatini aniqlash uchun to‘dadan toylar miqdori quyidagicha tanlanadi.


To‘dadagi toylar soni

1-5

6-50

50 dan ortiq

Toylarni tanlash miqdori

hammasi

5

5 va 10 ta toydan keyin qo‘shimcha bir!

Olingan toydan birlamchi va ikkilamchi ko‘rinishdagi birlashtirilgan namunalar tanlanadi. Birlamchi ko‘rinishdagi namunadan tolaning mustahkamligi, chiziqiy zichligi, uzunligi, paxta tolasi tarkibidagi nuqson va iflosliklar miqdori, ikkilamchi ko‘rinishdagi birlash­tirilgan namunadan tolaning namligi aniqlanadi.

Birlashtirilgan namuna-1000 g massasidan kam bo‘lmagan yagona namunalar yig‘indisidir. Yagona namunani tan­lash uchun toylar o‘rtasidagi ikki yoki uchta metall bog‘lar olib tashlanib, toyni qoplab turgan material qirqiladi. Paxta tolasining yuqorisidan 2-3 sm qalinlikdagi qatlam va toyni chetidan 10 sm dan kam bo‘lmagan oralig‘da yagona namuna olinadi.



Tekshirish uchun olingan toylar soni

1

2

3

4

5 va ortiq

Har bir toydagi yagona namunaning miqdori, g, kam emas

500

250

170

130

100

Olingan yagona namunani sekinlik bilan, tola tarkibidagi haqiqiy nuqson va iflosliklar miqdorini o‘zgartirmasdan qog‘ozga o‘rab, ustiga to‘da va toy raqami yozib qo‘yiladi.

Hamma yagona namunalar berkitiladi va og‘irligi 1 kg dan kam bo‘lmagan, birlamchi ko‘rinishdagi birlashtirilgan namuna olinadi, unga to‘da va toy raqami qo‘yiladi. Ikkilamchi ko‘rinishdagi birlashtirilgan namunaning massasi 200 g dan kam bo‘lmagan holda, birlamchi ko‘rinishdagi birlashtirilgan namunadan tanlanadi. Atrof-muhitning ta’sirida paxta tolasining namligi birdaniga o‘zgarishi mumkin, shu sababli 0,1 g gacha xatolik bilan tortiladi yoki og‘zi qopqoq bilan zich yopiladigan idishga joylanadi va toy, to‘da raqamlari belgilanib qo‘yiladi. Birlamchi ko‘rinishdagi birlashtirilgan namunadan o‘rtacha laboratoriya namunasi tanlab olinadi va paxta tolasining tarkibidagi nuqson va iflosliklar miqdori aniqlanadi. Hamma yagona namunaning ikki tarafidan olingan namunalar teng bo‘laklarga bo‘linadi. O‘rgacha laboratoriya namunaning massasi tola tarkibidagi iflos aralashmalar miqdoriga bog‘liq. Agar iflos aralashmalar miqdori 5,0 %ga qadar bo‘lsa, tola massasi 50 g olinadi, agar 5,0 %dan kam bo‘lsa 10 g olinadi.

Respublikamiz sifat markazi tomonidan 2001-yildan boshlab O‘zbekistonda tayyorlanayotgan paxta tolalari sifat ko‘rsatkichlarini to‘liq nazoratdan o‘tkazish maqsadida paxta toylarini shtrix kodlash 1.7-rasm. tartibi joriy qilingan.



07 - viloyat kodi (Jizzax)

057 - zavod kodi (A.Ikramov)

0125032 - paxta toyining tartib nomeri (3-yilda yangidan takrorlanadi)


1.7-rasm. Paxta toyining shtrix kodi

Regional sifat laboratoriyalarida aniqlangan paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlari shtrix kodlar bo‘yicha Respublika sifat markazi kompyuter bazasida nazorat uchun to‘plab boriladi.

Bunda: viloyat kodi, zavod kodi, paxta toyining tartib nomeri ko‘rsatilgan bo‘ladi. Paxta toyining tartib nomeri 3-yilda yangidan takrorlanadi. Paxta tozalash korxonalaridan paxta toylari tola terminallariga keltiriladi va o‘sha yerdan iste’molchilarga jo‘natiladi.

Korxonaga keltirilgan toylarning o‘lchamlari 735x980x620 mm, massasi


200-220 kg bo‘ladi. Hozirgi zamonaviy fabrikalarda yopiq omborlarda paxta zahiralari saqlanadi. Omborlarda paxtalar markalari bo‘yicha joylashtiriladi va har bir shtabel oralig‘ida ma’lum joy qoldiriladi. Bu oraliq tola holatini tekshirib turish va kerakli markadagi tolani olish uchun kerak bo‘ladi. Paxta omborlari quruq yaxshi shamollatilgan bo‘lishi kerak. Aks holda tola tez yonib yoki chirib ketishi mumkin. Paxta omborlarida yong‘inga qarshi texnika xavfsizligiga juda katta e’tibor beriladi.

Vagonlardan paxtalarni tushirish, ularni joylashtirish va korxonalariga tashish mexanizatsiyalashgan bo‘lishi kerak. Marka-bir vagonga joylashtirilgan, bir xil va bir vaqtda bir dalada ekilgan g‘o‘zadan terilgan seleksiyadagi paxta tolalariga aytiladi.

Bitta markada 72 tadan 200 tagacha toy bo‘ladi. Har bir marka sertifikat bilan jo‘natiladi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: paxta tozalash korxonasining nomi yoki nomeri, partiyaning nomeri, seleksion navi, tola uzunligi, chiziqiy zichligi, pishiqligi, tolaning pishganlik ko‘rsatkichi, chiqindilar miqdori foizi va markadagi toylar soni.

Paxta tolasining fizik-mexanik xususiyatlari quyidagi standartlar bo‘yicha aniqlanadi:

O’zDSt 614-2014.Paxta tolasi. Namuna tanlab olish usullari.

O’zDSt 618-2014.Paxta tolasi. Pishib yetilganlikni aniqlash usullari.

O’zDSt 619-2014.Paxta tolasi. Solishtirma uzilish kuchini aniqlash usullari.

O’zDSt 620-2014.Paxta tolasi. Chiziqli zichlik va mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash usullari.

O’zDSt 629-2014. Paxta tolasi. Rangi va tashqi ko‘rinishini aniqlash usullari.

O’zDSt 632-2014.Paxta tolasi. Nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdorini aniqlash usullari.

O’zDSt 633-2014.Paxta tolasi. Uzunlikni aniqlash usullari.

O’zDSt 634-2014.Paxta tolasi. Namlikning massaviy nisbatini aniqlash usullari.

Eksportga jo‘natilganda paxta tolasini sinash xalqaro tajribada qabul qilingan usullarga muvofiq, ya’ni klassyor uslubida va mikroneyr ko‘rsatkichi bilan yoki HVI o‘lchash tizimlari yordamida amalga oshiriladi.

Xalqaro standartlar bilan paxta tolasining sifati O’zDSt 604-2016 standartiga asosan ikkita usul bilan, ya’ni klassyor va HVI tizimida o‘lchash usuli bilan baholanadi.

Klassyor usuli bilan paxta tolasining uzunligini aniqlash. Olingan namunani (6-10 g) ikki qo‘l bilan ushlab katta va ko‘rsatkich barmoqlar orasiga
1-1,5 sm oraliq bilan joylashtiriladi. Ikki qo‘lda qisilib turgan tolalarni asta-sekinlik bilan bir-biridan ajratiladi, ularni uzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘ng qo‘ldagi tutam tolalar tashlab yuboriladi, chap qo‘ldagi qisilib turgan tolalardan bo‘sh tolalarni o‘ng qo‘l bilan olib tashlanadi va qisilib turgan tolalar siqimchasini (borodka) uzunligi bo‘yicha tekislab qo‘yiladi. Uchi tekislangan tolalardan o‘ng qo‘l bilan
2-3 mm ga chiqib turgan tutam tolalar sug‘urib olinadi. Shtapel hosil qilish uchun 3-4 tutam tolalarni bir-birining ustiga qo‘yib bir uchi bitta to‘g‘ri chiziq bo‘yicha joylashtiriladi. Chap qo‘ldagi qolgan tolalar tashlab yuboriladi. Shtapelni o‘ng qo‘lga olib, chap qo‘l bilan tekislanadi. Keyin, o‘ng qo‘ldan chap qo‘lga qaytadan joylashtiriladi. Shu bilan tolalarning uchi tekislanadi. Tayyorlangan shtapelni klassyor tomondan standart namunalardan tayyorlangan shtapel bilan solishtirib, tolaning uzunligi yoki ko‘z bilan qiyoslab shtapelning uzunligi aniqlanadi. Klassyor usuli bilan tolaning uzunligini aniqlaganda ikkita shtapel tayyorlanadi va uzunligi o‘lchanadi. Agar natija me’yordan farq etsa, uchinchi shtapel tayyorlanib, olingan uchta shtapelning uzunligi bo‘yicha o‘rta arifmetik qiymat bo‘yicha xulosa qilinadi.

Klassyor usuli bilan aniqlangan uzunlik belgilangan jadvalda berilgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Jadvalda ko‘rsatilgan uzunlik 13/16 dyuymdan


1-3/4 dyuymgacha 1/32 dyuym interval bilan uzunlik guruhlariga ajratiladi. Har bir uzunlik guruhi kasr bilan 1/32; 2/32; 3/32 va hakazo yoki shu kasrlar yig‘indisini ko‘rsatadigan kod bilan ifodalanadi. Masalan, 1 dyuymdagi shtapel uzunligi 32 kod bilan belgilangan, 1-1/32 dyuymdagi shtapel uzunligi 33 kod bilan belgilanadi,
1-2/32 shtapel uzunlik 34 kod bilan aniqlanadi 1.2-jadval.
1.2-jadval

Turli usullarda aniqlangan tola uzunligining tavsifi



Shtapel uzunlik, Klassyor usuli

HVI sistemasida yuqori o‘rtacha uzunlik

kod

dyuym

dyuym

mm

24



kam 0,79

Kam 20,1

33



1,02-1,04

25,9-26,4

43



1,33-1,35

33,8-34,2

HV1 1000 SA tizimi ikki blokdan iborat: katta blok-uzunlik/mustahkamlik moduli; kichik blok - rangi/iflosligi va mikroneyr moduli. Tizimga harfli-raqamli klaviatura, monitor va torozi kiradi. Monitorda o‘lchash natijalari ko‘rsatiladi. O‘lchash tamom bo‘lishi bilan natijalar printerga yoki tashqi kompyuterga beriladi. Tizim quyidagi o‘lchash modullaridan iborat: uzunlik/mustahkamlik moduli; mikroneyr moduli; rangi/iflosligi moduli. Paxta tolasining ayrim ko‘rsatkichlarini agarda zaruriyat bo‘lsa, har bir modulni alohida ishlatib natijalarni olish mumkin yoki umumiy tizimni ishlatib quyidagi ko‘rsatkichlar olinadi: paxta tolasining navi va sinfi, yorug‘likni qaytarish koeffitsienti (Rd), % va sarg‘ishlik diagrammasi (+b), mikroneyr ko‘rsatkichi, shtapel uzunligi, uzunlik bo‘yicha bir tekisligi, nisbiy uzilish kuchi, uzilishdagi uzayish.

O’zDst 604-2016 standartiga asosan paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash quyidagi o‘lchash vositalari va qo‘shimcha uskunalar ishlatiladi: paxta tolasining standart namunalari to‘plami, rangi bo‘yicha sopolli namunalar to‘plami, uzunlikni o‘lchash uchun metall andaza, ifloslanganlik ko‘rsatkichi bo‘yicha kalibrlash uchun plastinka, paxta tolasining namlik indikatori, paxta tolasi namunalarining namligini tezda me’yoriga yetkazuvchi uskunalar. Paxta tolasining to‘liq sifatini aniqlash yuqori unimdorlik bilan USTER HVI 900 SA tizimi ishlatiladi.

HVI tizimi standart iqlim sharoitida bo‘lishi kerak: havo harorati (211)°C, nisbiy namlik (652) %-0,1°C shkalali Assman psixrometri nazorati bo‘yicha, yoki uning aniqligiga ekvivalent bo‘lgan havo harorati va namligini o‘lchovchi asboblar bo‘yicha. O‘lchash uchun O’zDSt 614-2009 standartiga binoan tanlab olingan namunalar 6,75 %dan 8,25 %gacha namlikning massaviy nisbatigacha ega bo‘lishi kerak. HVI tizimi bo‘yicha namunalarni talabdagi namlik darajasiga yetkazib, o‘lchashdan avval ularni shu maqsadda qo‘llaniladigan, namlikni me’yoriga yetkazuvchi tezkor uskunada, yoki belgilangan standart iqlim sharoitlarida 24 soat mobaynida saqlash kerak. Paxta tolasini sifatini aniqlashdan avval, HVI 900 SA tizimi ishlatish ko‘rsatmasiga binoan, standart namunalar va andazalar bilan kalibrlanishi kerak. Kalibrlash degani asboblarning o‘lchash aniqligini boshqa asbob, vositalar bilan tekshirib to‘g‘rilash demakdir. Kalibrlashni bir kunda ikki marotaba: ish boshlanishigacha va har 4-5 soat ishlagandan keyin o‘tkazish tavsiya qilinadi. Atrofdagi havoning parametrlari tola xususiyatlariga ta’sir qiladi, shuning uchun kalibrovka qilinadigan standart tolalar ham standart sharoitda saqlanish kerak.




Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish