Yigirish texnologiyasi


-mavzu. Yigirish korxonalarida iqlim sharoitlari va mahsulot namligini nazorat qilish



Download 8,56 Mb.
bet6/113
Sana31.12.2021
Hajmi8,56 Mb.
#217318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
YKSM O'UM1

2-mavzu. Yigirish korxonalarida iqlim sharoitlari va mahsulot namligini nazorat qilish

Reja:

1. Yigirish korxonalarida iqlim sharoitlari

2. Yigirish korxonalarida mahsulot namligini nazorat qilish
Yigirish korxonasida atrof-muhitdagi namlikni yutish yoki chiqarish natijasida ko‘pgina to‘qimachilik materiallarining xususiyati o‘zgaradi. Namlikning oshishi bilan tola va iplarning elektrlanish qarshiligi kamayadi. Viskoza tolasi, ipi, gazlamasi ho‘llanganda pishiqligi ikki marotaba ka­mayadi. Paxta, zig‘ir va boshqa turdagi o‘simlik tolalarida aksincha bo‘lib, ularning pishiqligi 20-30% gacha oshadi. Barcha to‘qimachilik tolalarining yuqori namlikda deformatsiyalanish xususiyatlari o‘zgaradi 1.5-rasm keltirilgan.

1.5-rasm. Uzilish kuchiga havoning nisbiy namligining tasiri

1-paxta, 2-zig‘ri, 3-poliefer tolasi, 4-poliamed tolasi, 5-viskoza
To‘qimachilik sanoati korxonalarning texnologik jarayonlarini borishida va tayyorlangan mahsulotni eksplatatsion xossalariga tolaning gigroskopikligi ya’ni suvni shimishi va suv bug‘ini berishi sezilarli ta’sir etadi. Paxta zavodlaridan qayta ishlashga keltirilgan toy paxtaning namlik me’yori 8 %dan 12 %gacha bo‘ladi. Sexda tabiiy sellyulozali tolalar namlikni yaxshi shimish tufayli havodagi namlikni tez o‘zgartiradi. Namlikni so‘rilishi tolani bo‘kishiga va ko‘ndalang kesimini
25-60 %ga o‘zgartirib yuzasini kattalashishiga olib keladi. Bu xususiyati tolalarning yaxshi bo‘yalishiga olib keladi. Namlikni oshishi ishqalanish koeffitsienti va tolalar orasida ilashuvchanlikni oshirib, uzulish kuchi va uzayishini yakka tolalarda yaxshilaydi. Namlik yuqoriligi cho‘zilishda tolalarining to‘g‘rilanish samarasi yaxshilanadi, lekin tozalash va titish samarasi kamayadi. Pilikda namlikni ko‘pligi yigirilayotgan ip sifatini yaxshilaydi va yigirish mashinasida uzilishlar sonini kamaytiradi.

Tolada namlikni ortishi uning elektr o‘tkazuvchanligini oshiradi, tolalarni qayta ishlashda ularga statistik elektr zaryadlar to‘planishi kamayadi, shuningdek, tolali mahsulotlarni mashina detallariga o‘ralishi kamayadi hamda tarash organlarining uzoq vaqt davomida tozalamasdan ishlatish mumkin.

Gidrofob tolalar suvni yaxshi shimmasdan, tola yuzasiga ushlab turadi, ulardan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotda odam o‘zini noqulay sezishi mumkin. Shuning uchun sintetik tolalardan tayyorlanga kiyim-kechaklarning gigiyenikligi kam. Xuddi shu tolalarni tabiiy tolalar bilan aralashtirib tayyorlangan mahsulotlar suvni shimishi yaxshilanadi, sintetik tolaga nisbatan.

Sifatli ip ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotni qadoqlash va trasportirovka qilish, avtomatik tozalash, yong‘inni avtomatik bartaraf etish qurilmalari, TEMSAN kompaniyasining korxona sexlaridagi harorat va namlikni mo‘tadil ushlab turish uchun texnologik jihozlari o‘rnatilgan.

Atrof-muhit sharoiti harorat, bosim va havo namligi bilan belgilanadi. Havoning mutlaq namligi () deb, 1 m3 havo tarkibidagi suv bug‘larining (g) miqdoriga aytiladi. Ba’zida mutlaq namlik 1 kg havoda grammlarda ifodalanadi. Havoning zichligi me’yoriy bosimda 1,290 kg/m3 ga teng bo‘ladi.

Havoning namlik sig‘imi (n)-belgilangan haroratda havodagi suv bug‘larining miqdori bilan to‘yinganligi (g/m3)ni ifodalaydi.

Harorat va mutlaq namlikda to‘yinishning boshlanishi shudring nuqtasi deyiladi. Harorat qanchalik yuqori bo‘lsa, havoning namlik sig‘imi n ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Yigirish korxonasida havoning nisbiy namligini aniqlash uchun oddiy va aspiratsiyali psixrometrlar ishlatiladi (grekcha «psychria» -sovuq).

Oddiy psixrometr 1.2-rasm ikkita bir xil termometrdan tashkil topgan bo‘lib, "quruq" termometr 1 xonadagi havoning harorati t ni ko‘rsatadi. «Nam» termometr 2 ning sharikli qismi 3 usti nam doka bilan o‘ralgan bo‘lib, uning bir uchi suv bilan to‘ldirilgan idish 4ga tushirilgan.




Suvning bug‘lanishi natijasida nam termometrning sharigi soviydi. Bu sovish natijasida, tH nam harorat ko‘rsatkichi tq quruq harorat ko‘rsatkichidan past bo‘ladi. Agar havoning nisbiy namligi qanchalik kam bo‘lsa, unda u quruq bo‘lib, nam termometrning paxtalik gazlamasi yuzasidan suv shunchalik tez bug‘lanadi, natijada tH nam harorat shunchalik past bo‘lib psixrometr haroratining ko‘rsatish farqi shunchalik ko‘p bo‘ladi (tq-tH).

1.2-rasm. Oddiy psixrometr.



Aspiratsiyali psixrometrdagi og‘zi voronkali quvurda havoning tezligi doimiy 2 m/s bo‘lib, disk belgisidan vaqt bo‘yicha bir marta to‘liq aylanishini tekshirish ishlari tirqish 2 orqali kuzatiladi (1.3-rasm).






Psixrometr ko‘rsatkichlarini aniq olishimiz uchun uni ichki devorga yoki ustunlarga yerdan 1,5 m balandlikda osib qo‘yiladi, ya’ni unga quyosh nuri to‘g‘ri tushmasligi va shamollatgich, eshik, deraza va ishlab chiqarish uskunalaridan esayotgan kuchli havo qatlami ta’sir etmasligi kerak.

Haroratning oshishi bilan havoning nisbiy namligi kamayadi: harorat yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p havo bug‘lari miqdorining yutilishi va to‘yinishi kuzatiladi. Termometrlarning ko‘rsatkichi (4,7) shamollatgich 4-5 daqiqa ishlagandan keyin yozib olinadi.



1.3-rasm. Aspiratsiyali psixrometr

O‘lchash davomida asbobga qarab nafas chiqarish man etiladi. O‘lchash ishlarini tezlikda olib borish va termometr shkalasining bir bo‘linmasigacha haroratni aniqlash kerak.

Termometrning "quruq" va "nam" ko‘rsatkichlari bo‘yicha havoning nisbiy namligi psixrometrli jadval yoki nomogrammadan topiladi (1.4-rasm). Psixrometrni ishlatishdan oldin psixrometr qaysi turdan va qanday havo tezligiga moslashganligiga ishonch hosil qilish kerak.



1.4-rasm. Oddiy psixrometr uchun nomogramma.

Nomogramma bo‘yicha namlik bo‘lib, u haroratga bog‘liq (1.4-rasm) tK va tH nuqtasi orqali aniqlanadi. Qiya chiziqda yotgan nuqtadan havoning nisbiy namligini aniqlash mumkin.

Materialdagi namlikni miqdor jihatidan aniqlaydigan konduktometrik uslub materialdagi elektr qarshilik (yoki elektr o‘tkazuvchanlik)ni o‘lchashga asoslangan.

Tola, xolst, pilta, ip, mato kapillyar-g‘ovak bo‘lganliklari uchun quruq holda ular solishtirma qarshiligi 1010-1015 om*sm va undan yuqori bo‘lgan dielektriklar hisoblanadilar. Ushbu materiallar namlantirilganlarida ularning qarshiligi keskin tarzda 10-2 -10-3 om*sm gacha kamayadi, ya’ni 12-18 darajagacha. Bu hol kapillyarlarni to‘ldirib turuvchi suv ionlarning harakatchanligini oshirishi orqali namlikni o‘lchash asbobi elektrodlari orasida kapillyar ko‘prikchalarni hosil qiladi.

Namlikni o‘lchashning mazkur uslubi zamonaviy namlikni o‘lchagich HUMY TESTER II (Italiya) [19] da qo‘llanilib, uning tashqi ko‘rinishi 1.5-rasmda keltirilgan.


1.5-rasm. HUMY TESTER II namlikni o‘lchash asbobi

Namlikni o‘lchashning konduktiv uslubi yuqori darajadagi sezgirlikka ega: paxta tolali matolar uchun namligini 7,5% dan 7 % gacha pasayishi uning elektr qarshiligini 2,5 baravar oshiradi.

Ip namlikgini elektron o‘lchagichlari paxta tolali ipni shikastlanishlardan saqlagan holda ekspress nazoratni tashkil qilish imkonini berib, bu o‘z navbatida ip uchun noishlab chiqarish sarf-xarajatlarani iqtisod qildi va o‘lchashlar uchun ketadigan vaqtni kamaytiradi.

Ishlab chiqarish binosi va laboratoriyadagi havoning harorati va namligi isitgich, shamollatish-namlagich va maxsus klimatik sharoit hosil qilish qurilmalari yordamida saqlanib turiladi.

Harorat va namlik iqlim sharoiti atmosfera bosimi bilan xarakterlanadi. Bosim millimetrli simob ustuni yoki gektopaskal (gPa) da ifodalanadi. Paskal bu bosim kuchi bo‘lib, 1 N kuchning 1m2 yuzaga taqsimlanishidir.

1mm.sim.ust. 133,332 Pa yoki 1,33322 gPa ga teng. O‘rtacha bosimda 760 mm.sim.ust. 1013 gPa ga teng bo‘ladi. SI tizimida keng tarqalgan bosim birligini millibarda (mb=100 Pa = 1 gPa) qo‘llash taklif etilgan.

Havoning o‘zgarmas harorati va mutlaq namligida at­mosfera bosimining pasayishi natijasida nisbiy namlikning ma’lum miqdordagi oshishi kuzatiladi. Shunday qilib, bosimning 760 dan 720 1mm.sim.ust. gacha o‘zgarishida nis­biy namlik 61 dan 62%gacha oshadi. Shu sababli to‘qimachilik sanoati laboratoriyasi va sexlarida atmosfera bosimi ko‘pincha o‘lchanmaydi va hisobga olinmaydi. Bosimni o‘lchash uchun barometr, uni qayd etish uchun esa barograf asboblari ishlatiladi.

Har bir turdagi material namunasi sinov ishlaridan oldin ma’lum vaqt ichida (GOST 10681-79), t=202°C, =652%li klimatik sharoitda saqlanishi kerak. Ba’zida material namunalari 6 soatdan 24 soatgacha, ba’zilari esa 48 soatgacha saqlanadi.


Download 8,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish