O`ZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА O`RTА MАXSUS TА`LIM VАZIRLIGI
TOSHKENT To`qIMАChILIK VА YENGIL SАNOАT INSTITUTI
“YIGIRISH TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASI
« YIGIRISH KORXONALARIDA SIFAT MENEJMENTI »
Fani bo`yicha o`quv-uslubiy majmua
Bilim sohasi:
|
300 000
|
– Ishlab chiqarish texnik soha
|
Ta’lim sohasi:
|
320 000
|
– Ishlab chiqarish texnologiyalari
|
Magistratura mutaxassiligi:
|
5A320901
|
– Tо‘qimachilik maxsulotlari texnologiyasi (yigirish texnologiyasi)
|
Toshkent – 2020
Fanning ishchi o’quv dasturi Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti O’quv-uslubiy Kengashining 2020-yil “______” ____________dagi _____ - sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
Fayzullayev Sh.R.
|
– TTYESI, “Yigirish texnologiyasi “ kafedrasi, t.f.n dostenti
|
Raximberdiyev M.R.
|
– TTYESI, “Yigirish texnologiyasi “ kafedrasi, assistenti
|
Taqrizchilar:
А.А.Jamilov
|
- «O’zbek-Turk test markazi» bosh mutaxassisi
|
|
|
K.Z. Yunusov
|
– «To’qimachilik matolari texnologiyasi» kafedrasi, dotsenti, t.f.n.
|
Fanning O’UMsi Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti O’quv uslubiy Kengashining 2020-yil “_____” _________-dagi “_____” – sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
MUNDАRIJА
I
|
MA’RUZA MATERIALLARI
|
Bet
|
1.
|
Ip yigirish korxonalarida texnikaviy nazorat.
|
4
|
2.
|
Yigirish korxonalarida iqlim sharoitlari va mahsulot namligini nazorat qilish.
|
10
|
3.
|
Korxonada xom ashyoning saqlanishi va tola sifatini nazorat qilish.
|
15
|
4.
|
Titish, tozalash va aralashtirish jarayonlari samaradorligini nazorat qilish.
|
33
|
5.
|
Yigirish korxonasi tayyorlov o‘timlarida ON-LINE monitoring tizimining ishlatilishi. Titish-tozalash agregatida iflosliklarni sezuvchi “vision shield” detektorlari
|
41
|
6.
|
Titish-tarashdan ajraladigan chiqindilar miqdori va sifatini tekshirish.
|
47
|
7.
|
Tarash mashinasini nazorati qilish.
|
51
|
8.
|
O‘timlar bo‘yicha yarim mahsulot va cho‘zishda sifat menejmenti.
|
60
|
9.
|
Pilta birlashtirish va qayta tarashda sifat nazorati.
Xolstchaning chiziqiy zichligi va notekisligini aniqlash.
|
67
|
10.
|
Piliklash sexida texnikaviy nazorat.
|
73
|
11.
|
Yigirish mashinasi va ip sifatini nazorat qilish. Yigirish mashinalari ishini nazorat qilish.
|
83
|
12.
|
Ip yigirishda sifat menejmenti. Halqali yigirish va ishlab chiqarish tezligi.
|
92
|
13.
|
Yarim mahsulotlar va ip fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini uzun kesmada tekshirish. Yarim mahsulotlar chiziqiy zichligini va u bo‘yicha notekislikni nazorat qilish davri.
|
98
|
14.
|
Yigirish korxonalaridagi laboratoriya asbob-uskuna va moslamalari.
|
106
|
II
|
AMALIY MASHGULOTLAR MATERIALLARI
|
121
|
1.
|
Yigirishda mahsulot namligini nazorat qilish
|
121
|
2.
|
Paxta omborlarida tolani saqlash va saralanma tuzish tartibi
|
125
|
3.
| Titish- tozalash agregatida sifat nazoratini amalga oshirish |
135
|
4.
|
TTA da paxtani titilganlik darajasini, chiqindilar miqdorini va tozalash samarasini aniqlash
|
142
|
5.
|
Tarashda taram va tarandi hamda chiqindilar miqdori
|
148
|
6.
|
Piltalash piltasida sifat nazorat va tolalarning to‘g‘rilanishi
|
155
|
7.
|
Pilta birlashtirish va qayta tarashda xolstcha va pilta chiziqiy zichligi va notekisligini aniqlash
|
159
|
8.
| Piliklash mashinalaridan olinadigan mahsulot chiziqiy zichligi va notekisligini aniqlash. Namuna olish |
169
|
9.
|
Naychaga o‘ralgan ip massasini, o‘ralish zichligini va ip uzunligini aniqlash usullari
|
178
|
10.
|
TTYESIdagi «CentexUz» markazida o‘rnatilgan laboratoriya asboblari bilan tanishish
|
185
|
III
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI………………………
|
|
|
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular ……………..…
|
|
IV
|
GLOSSARIY.…………………………………………………….
|
|
|
ILOVALAR……………….……………………………………….…
|
|
I. MA’RUZA MATERIALLARI
1-mavzu: Ip yigirish korxonalarida texnikaviy nazorat
Reja:
1. Nazorat turlari.
2. Texnik nazorat bo‘limining asosiy vazifalari.
3. Texnik nazoratning shakllari.
4. Yigirish korxonasida nazoratning bir qancha uslublari qo‘llaniladi.
Yigirish korxonasida texnik nazorat bo‘limi xodimlari va korxona ishchilarining asosiy vazifasi, texnologik jarayonlarning bir me’yorda ishlashini, yuqori ishlab chiqarish samaradorligi, yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishini tashkil etadi, hamda sifatli standart mahsulotlari ishlab chiqishni ta’minlaydi. Turli ishlab chiqarish bo‘limlarida bu vazifalarni bajarishdagi ob’ektiv ma’lumotlarni texnik nazorat berishi kerak.
Davlat standartiga muvofiq texnik nazorat-bu mahsulotning sifatiga bog‘liq holda texnik shartda belgilangan bo‘lib, mahsulot yoki jarayonni tekshirish demakdir. To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida texnik nazorat ko‘pincha birlashgan holda faoliyat yuritadi:
qabul qilishdagi nazorat - nuqsonli mahsulotlarni birga qo‘shgan holda tayyor mahsulot sifati;
texnologik jarayon nazorati - texnologik jarayonlarni belgilangan rejim, ko‘rsatkichlarga rioya qilishi va ularning bir maromda ishlashi;
jarayonli nazorat - alohida o‘timlar bo‘yicha xomaki mahsulotlarning xossalari;
kirish nazorati-ta’minlovchilardan qabul qilinayotgan xom ashyo va qo‘shimcha materiallarni qabul qilish.
Yuqorida keltirilgan asosiy nazorat turlari quyidagi ishlatiladigan umumiy uslublarga birlashadi: donali buyumlarni uzluksiz nazorati, alohida to‘da materiallari va buyumlarini tanlashdagi statistik nazorat, hamda nazorat diagrammalari (kartalari) yordamida jarayonli (joriy) statistik nazorat.
Umumiy nazorat uslublaridan tashqari, turli sanoat korxonalarida farqlanuvchi (spetsifik) uslublar (masalan, yigirish ishlab chiqarishidagi mahsulotlarning notekisligini nazorat qilish, yigirish va to‘quvchilikda iplarning uzilishini nazorat qilish) qo‘llaniladi.
Barcha turdagi sanoat korxonalarida turli nazorat ishlarini faqatgina texnik nazorat bo‘limi (TNB) yoki korxona laboratoriyasi amalga oshiradi. Undan tashqari, bosh muhandis, sex boshlig‘i, usta, usta yordamchisi korxona, sexlarni ko‘zdan kechirish paytida uskunalarni, xomaki mahsulotlar sifatini, ishchilarning mashinalarda xizmatlarini nazorat qilib borishadi. Ba’zi bir nazorat ishlarini ishchilarning o‘zlari amalga oshiradilar. Texnik nazorat bo‘limi va korxona laboratoriya xodimlari mabodo mashinalarda texnik kuzatishlarni belgilash imkoniyatlari bo‘lmaganda, maxsus kuzatish yoki o‘lchash asboblarini qo‘llaydi.
Hujjatlarda belgilangan qonun-qoidalar bo‘yicha nazorat ob’ekti bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan nazoratning jami vositalari va bajaruvchilariga nazorat tizimi deyiladi. U korxona standarti yoki nazorat rejalarida qayd etiladi, undan tashqari nazorat qilinadigan ob’ektlar va alomatlar tartibi, davriyligi va sinov uslublari ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |