Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O'zbekiston



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana05.11.2019
Hajmi1,71 Mb.
#25136
Bog'liq
Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O'zbekiston iqtisodiyotidagi ro'li


Yevropa taraqqiyot va tiklanish

bankining O'zbekiston

iqtisodiyotidagi ro'li

EKT-75


1. Ibodov Sirojiddin

2. Iskandarov O‘tkir

3. Kamoljonov Islombek

4. Xasanov Quvonchbek



Reja

1.

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot



Banki (YeTTB)ning tashkil topishi

2.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot



bankini jahon iqtisodiyotida

tutgan o‘rni

3.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot



bankini O‘zbekistonga kiritilgan

investitsion tahlili

4.

2017-2021 – yillarda O‘zbekiston



Respublikasini rivojlantirish

bo‘yicha harakatlar strategiyasi

belgilangan vazifalarni bajarishda

YeTTB ni o‘rni.



Yevropa

Tiklanish va

Taraqqiyot Banki

tashkil topishi

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European

Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va

Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo

mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam

koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat

hukumatlari tomonidan 10 mlrd. mablagʻ bilan tashkil etilgan.

1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda.

Uning asosiy vazifalari:

Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida

boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va

korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish;

Tadbirkorlikni rivojlantirish; 

Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni

jalb etish;

Kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi

va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga

koʻmaklashadi. 


Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar

sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport,

energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini

moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 %

xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor

korxonalariga,

40

%

infratuzilma



yoki

boshqa


loyihalarga

yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan

hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln.

ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish

va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning

vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga

oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa

Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston

Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy

garov shartlarini bekor qildi.



Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank

infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta

biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni

uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy

ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu);

energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga

muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent

xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar

sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar

ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida

umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy

etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga

teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va

kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi.

Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi

iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat

banklariga berilgan



Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini

jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni



Yevropa tiklanish va

taraqqiyot banki

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)  — 1991-yilda tashkil topgan va unga 56  

ta  mamlakat a’zo.  YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor

iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlami amalga oshirishni qo‘llab-quwatlash

maqsadida tuzilgan. 0 ‘zbekiston YeTTBga 1992-yil  27-apreldan a’zo bo'lgan. YeTTBning

asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat: 

infratuzilmani rivojlantirish;



turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalaming loyihalarini moliyalashtirish va

kreditlash. Bunda resurslaming 60  foizi xususiy sektorga,  40 foizi davlat sektoriga

mo‘ljallangan;

xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish; 



iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

aniq loyihalariga maslahat-texnik yordam berish;



YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 1991— 2012-yillarda  3  644  

taga (2012-yilda  393  ta)  yetdi.  1991-2012-yillar- da  amalga oshirilgan loyihalaming

umumiy qiymati 235,4  mlrd yevroni,  2012-yildagi  loyihalar qiymati esa 24,8  mlrd

yevroni tashkil etdi.



Mintaqaviy rivojlanish banklari

• mintaqaviy banklar tegishli iqtisodiy hudularda faoliyat olib boradilar va ushbu mintaqaning

rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqadigan maqsadlarni ko'zlaydilar;

• mintaqaviy banklar a ’zo  mamlakatlarga nisbatan ularning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra

tabaqalashgan kredit berish siyosatini olib boradilar;

• mintaqaviy banklar tarkibida eng obro‘lisi YeTTB hisoblanadi;

• YeTTBga 56 ta malakat a ’zo;

• YeTTB faoliyati a ’zo  mamlakatlarda ko‘p partiyaviylik,  pluralizm va bozor islohotlarining

mavjudligini nazarda tutuvchi siyosiy jihatlarga ega;


YeTTB jahondagi o‘rni

• Bank kichik va oʻrta biznesni

qoʻllab-quvvatlash va

tadbirkorlar sinfini shakllantirish

masalalariga katta eʼtibor

beradi, transport, energetika, 

islab chiqarish sohalaridagi yirik

infratuzilma loyihalarini

moliyalashda ishtirok etadi.


Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini O‘zbekistonga

kiritilgan investitsion tahlili



YeTTB 2019-yilda O‘zbekistondagi loyihalari

portfelini kengaytiradi

• YeTTB direktori Umurzoqov bilan suhbat davomida

bank O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish

yo‘nalishiga sodiq ekanligini ta’kidladi va o‘tgan

davr ichida erishilgan kelishuvlar va birgalikdagi

ishlar natijalarini sanab o‘tdi.

• Bugungi kunda bank bilan umumiy qiymati 622,5 

million dollarlik yettita loyiha bo‘yicha zayom

bitimlari imzolangan. Ular poytaxt va

respublikaning boshqa hududlarida suv ta’minoti va

markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, 

shuningdek, elektr energetikasi sohasini

modernizatsiya qilishga qaratilgan.

• YeTTB 1992-yildan 2010-yilga qadar 54 ta loyiha

uchun O‘zbekistonga 894 million yevro investitsiya

kiritgan.


YeTTB O‘zbekistonga investitsiya kiritishni 

qaytadan boshlaydi

• Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda, dedi Markaziy Osiyo va Rossiya

bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova “Jahon” AAga bergan intervyusida. U Toshkentga 6-fevral kuni hamkorlik istiqbollarini muhokama

qilish uchun tashrif buyurdi.

• “Ayni vaqtda o‘zbek tomoni bilan hamkorlikda hamkorlikning ustuvor jihatlarini aniqlab olmoqdamiz, — dedi Natalya Xanjenkova O‘zbekiston TIV rahbari

Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar natijalari bo‘yicha so‘zlar ekan. — Hukumat bilan maslahatlashuvlar asosida YeTTB o‘z imkoniyatlaridan kelib

chiqqan holda moliyaviy mablag‘larni investitsiya qilishi mumkin bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotining aniq sohalarini belgilab olmoqdamiz”.

• Mazkur bosqichda hamkorlikning ustuvor sohalari kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va boshqa

masalalarni o‘z ichiga oladi, deya qayd etdi YeTTB boshqaruv direktori. U tomonlar iqtisodiyotning an’anaviy sohalarini cheklashni mo‘ljallamayotgani, 

balki yangi innovatsion yo‘nalishlarni izlayotganini ta’kidlab o‘tdi.

• “Zamonaviy sharoitlar hamkorlikning holati va istiqbollariga yangicha nazar tashlashga imkon tug‘dirmoqda. Biz O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatlar

to‘qnashgan sohalarda uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqdamiz”, — dedi Natalya Xanjenkova.

• O‘zbekiston va YeTTB hamkorligining hal etilishi YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining Toshkentga tashrifiga xizmat qilishi lozim, deya qo‘shimcha qildi

u.

• YeTTB 1991-yilda bozor iqtisodiyoti va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.



• O‘zbekiston YeTTBga 1992-yilda a’zo bo‘lgan. Bank respublikada 55 ga yaqin loyihani amalga oshirish uchun umumiy miqdorda 900 million yevroga yaqin

mablag‘ni investitsiya qilgan. YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha so‘nggi strategiyasi 2005-yilning yozida qabul qilingan va so‘nggi loyiha 2007-yilda 

yakuniga yetgan.

• Ayni paytda YeTTBning O‘zbekistondagi faoliyati faqatgina mavjud investitsiyalar portfelini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, uning miqdori 5 ta loyiha

bo‘yicha 8 million yevroni tashkil etadi.


YeTTB kiritgan investitsiyalar tahlili

YeTTB 1997-2010 yilarga qaradar 900 mln $ inestitsiyasining

sarflanishi



Fargʻona neftni qayta ishlash 

zavodini jihozlash 81,5

21%

Energetika ishlab chiqarish 

quvvatlarini oshirish va Sirdaryo 

GRESning xalqaro andozalarga 

muvofiqligini taʼminlash 25,2

6%

Toshkent xalqaro aeroportini 

taʼmirlash, shuningdek, 

xavfsizlikni oshirish uchun 

maxsus jihozlar sotib olish 43,5

11%

Yevropa Tiklanish va 

Taraqqiyot Banki tomonidan 

Oʻzbekistonda oʻrta va kichik 

biznesni rivojlantirish 

maqsadida 120

31%

Hukumat kafolatisiz 

Oʻzbekiston Respublikasi 

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy 

bankiga 60

15%

Hukumat kafolati bilan boshqa 

tijorat banklariga berilgan 60

15%

MLN $ HISOBIDA

O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasida Yevropa

tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi ochildi



Yevropa tiklanish va

taraqqiyot banki

prezidenti Suma 

Chakrabarti 

boshchiligidagi

delegatsiya a’zolari

mamlakatimizning

qator vazirlik va

idoralarida

uchrashuvlar o‘tkazdi. 

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev bilan

uchrashuvda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi hamkorlikni

rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. YeTTB vakillariga Prezidentimiz Shavkat

Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida ma’lumot

berildi. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda

qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Suma Chakrabarti

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni juda muhimligini, o‘zaro hamkorlikni

rivojlantirishning yangi sahifasi ochilganidan g‘oyat mamnun ekanini alohida ta’kidladi.

• Evropa tiklanish va taraqqiyot banki Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining

birinchi o‘rinbosari O.Ramatov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston hamda Yevropa tiklanish va

taraqqiyot banki o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirishdan

manfaatdor ekani ta’kidlandi.

• S.Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan

islohotlarda, iqtisodiyotning turli sohalariga sarmoya jalb etishda faol ishtirok etish istagini

bildirdi.

• Hamkorlikda metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish,

infratuzilma, sarmoya, sanoat, transport va transport kommunikatsiyalari kabi sohalarda

amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qator loyihalar xususida so‘z yuritildi.

• Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki

o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi va O‘zbekiston Respublikasi bilan YeTTB

o‘rtasida Markaziy Osiyo uchun ekologiyani qayta tiklash bo‘yicha amaliy tadbir o‘tkazish

to‘g‘risida hadli bitim imzolandi.

• O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimiz iqtisodiyoti

barqaror rivojlayotgani, keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8 foizdan yuqori bo‘lib

kelayotgani ta’kidlandi.



• Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan profitsit bilan bajarilmoqda. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy

saldosi ta’minlanayotir. Iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi har yili qariyb 10 foiz o‘smoqda.

YeTTB delegatsiyasiga 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi

bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotda davlat

ishtirokini kamaytirish, uning soha va tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, xususiy mulk himoyasini kuchaytirish, 

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash borasida belgilangan chora-

tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi muloqotda mamlakatimizda xususiy sektor ishonchli himoyalangani, kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi.

Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi qariyb 57 foiz, sanoatda 45 foizga yetgan. 2016-yilda 

2015-yilga nisbatan 18 foiz ko‘p kichik biznes subyektlari tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2016-yil 5-oktabrdagi farmoni tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har 

tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Evropa taraqqiyot va tiklanish banki delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat

qo‘mitasida ham muzokara o‘tkazdi.


• O‘zbekiston boy tarixi, zamonaviy infratuzilmasi, turizm salohiyati bilan sayyohlarni jalb etayotgani ta’kidlandi. Mehmonlar mamlakatimizda

turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 2-

dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni xalqaro

hamkorlikka keng yo‘l ochgani qayd etildi.

Delegatsiya a’zolari mamlakatda turizmni yanada rivojlantirish uchun mehmonxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, transport 

kommunikatsiyasini taraqqiy ettirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ko‘maklashish, turli festivallar va sport musobaqalarini tashkil etish

kabi masalalarda hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

YeTTB delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy

markazida ham bo‘ldi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti poytaxtimizdagi press-klubda muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot



anjumani o‘tkazdi.

O‘zbekiston Prezidenti Osiyo

taraqqiyot banki prezidentini qabul

qildi(03.03.2017)

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Osiyo

taraqqiyot banki prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi. 

• Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari

va infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor dastur va loyihalarni

amalga oshirish borasida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi

o‘zaro manfaatli sheriklik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan

ta’kidladi. 

• Bugungi kunda hamkorlik portfeli umumiy qiymati 14 milliard dollardan ziyodni

tashkil etuvchi 59 loyihani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni moliyalashtirish uchun

bankning 6 milliard dollardan ko‘proq mablag‘i jalb qilingan. 

• Tollimarjon va Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalarida zamonaviy bug‘-gaz

qurilmalarini barpo etish, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini modernizatsiya

qilish, qishloq joylarda namunaviy uy-joy qurish, mamlakatimizning turli

hududlarida suv ta’minoti tizimi va sanitariya obyektlarini rekonstruksiya qilish, 

Amu-Buxoro mashina kanali tizimini qayta tiklash, Maroqand-Qarshi temir yo‘lini

elektrlashtirish, kichik biznesni, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va boshqa

loyihalar Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan va amalga

oshirilayotgan yirik loyihalar sirasiga kiradi. 


Aholi, ayniqsa, qishloq aholisi turmush darajasini

oshirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, 

agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, yo‘l-transport 

infratuzilmasi, muqobil energetikani rivojlantirish, 

energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va

boshqa yo‘nalishlarga qaratilgan ustuvor loyihalarni

amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi

ta’kidlandi.

OTB prezidenti samimiy qabul va o‘zaro sheriklik

munosabatlarini mustahkamlashni qo‘llab-

quvvatlayotgani uchun Prezidentimizga chuqur

minnatdorlik bildirib, Osiyo taraqqiyot banki

O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni

rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.

OTB delegatsiyasining mamlakatimiz vazirliklari va

idoralarida o‘tkazgan uchrashuvlari yakuni bo‘yicha

bankning 573 million dollarlik mablag‘ini jalb qilgan

holda kichik biznes, meva-sabzavotchilik sohalari, suv

ta’minoti tizimi va avtomobil yo‘llari infratuzilmasini

rivojlantirishga doir 4 loyihani amalga oshirish

bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

O‘zbekistonga tashrifi davomida Takexiko Nakao 

Samarqand, Buxoro va Toshkent viloyatlarida bo‘lib, 

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilgan

investitsiya loyihalarining natijalari bilan tanishdi.

Uchrashuvda 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma dastur

doirasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning

samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida

mamlakatimiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ jalb etish bo‘yicha izchil ishlar olib

borilmoqda. Bunda asosiy e’tibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, 

jumladan, ularni yanada rivojlantirish uchun kredit mablag‘larini ajratishga qaratilmoqda.

• 2017 - yil 18-oktabr kuni Londonda YeTTB Direktorlar kengashi

tomonidan O‘zbekistonda moliyalashtirish uchun ikkita loyiha

ma’qullandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy

faoliyat milliy banki uchun 100 million AQSh dollari miqdorida

kredit liniyasi taqdim etilishi tasdiqlandi. Bundan 70 million 

AQSh dollari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yakuniy

qarz oluvchilarini, 30 million dollari savdo sohasini

moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kreditdan maqsad kichik

biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari, jumladan, mamlakatimiz

mintaqalaridagi tadbirkorlarni o‘rta muddatli moliyalashtirish

imkoniyatini yaxshilashdan iborat.

• Bundan tashqari, meva sharbati, konsentratlar, sabzavot pastasi

va boshqa shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishga

ixtisoslashgan «Agromir Juice» MChJ qo‘shma korxonasiga 10 

million dollar miqdorida kredit liniyasini taqdim etish

ma’qullandi. Ushbu kredit YeTTB tomonidan Samarqand 

viloyatida zamonaviy ombor majmuasini qurish uchun mablag‘ 

ajratilishini nazarda tutadi va kompaniyada yagona boshqaruv

tizimini joriy etish hamda ishlab chiqarish samaradorligini

oshirishga xizmat qiladi.



• Bank vakilining so‘zlariga ko‘ra, Direktorlar kengashining qarori tarixiy va misli ko‘rilmagan voqea

hisoblanadi, chunki YeTTB avval biron-bir davlat bo‘yicha Mamlakat dasturi tasdiqlanmagunicha

loyihalarni moliyalashtirishni ma’qullamas edi. Ta’kidlanishicha, ushbu holat Prezident Shavkat

Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho

berilayotganidan dalolatdir.

• Ushbu loyihalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti F.Bennetning 2017-

noyabr oyida mamlakatimizga tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilmoqda.

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyevning so‘zlariga

ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bu YeTTB tomonidan moliyalashtirish ochilishining boshlanishi, 

xolos. Hozirgi vaqtda bank tomonidan mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda

YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu dastur ma’qullanganidan

so‘ng bankning mamlakatimiz bilan hamkorligi yanada kengayadi. 



Yevropa tiklanish va

taraqqiyot banki bilan

hamkorlik yillarida

iqtisodiyotimizning

turli tarmoqlariga 500 

million dollardan

ziyod mablag‘ jalb

qilinib, buning

samarasida 54 loyiha

hayotga tatbiq etildi. 



(09.11.2017)

• Mamlakatimizga Yevropa tiklanish va taraqqiyot

banki birinchi vitse-prezidenti Filipp Bennett

rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida

tashkil etilgan mazkur marosimda vazirlik va

idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, soha

mutaxassislari ishtirok etdi.


• Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabartining shu yil mart oyida 

mamlakatimizga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 

o‘rtasida hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Unda hamkorlikning 

istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berilgan. Kichik va o‘rta korxonalar uchun maslahat berish 

va moliyalashtirish xizmatlari ehtimoliy dasturi, transchegaraviy savdo va hamkorlikni 

rivojlantirishga qaratilgan savdoni moliyalashtirish, texnologiyalar va nou-xaular 

almashinuvini ta’minlash imkonini beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb 

qilish orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish vazifalari shular 

jumlasidandir.

• Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik yillarida iqtisodiyotimizning turli 

tarmoqlariga 500 million dollardan ziyod mablag‘ jalb qilinib, buning samarasida 54 

loyiha hayotga tatbiq etildi.



• 2017 - oktabr oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar

kengashi O‘zbekiston uchun dastlabki ikki loyihani bir ovozdan

tasdiqladi. Mazkur loyihalar kichik va o‘rta biznes, savdoni

moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Milliy

bankiga ajratiladigan 100 million dollar qiymatidagi kredit liniyasi, 

shuningdek, meva sharbati ishlab chiqarishga ixtisoslashgan

«Agromir» xususiy kompaniyasiga ajratiladigan 10 million dollarlik

zayomdan iborat. Ayni paytda moliya, qishloq xo‘jaligi va sanoat

tarmoqlarida, shuningdek, joylardagi infratuzilmani rivojlantirish

bo‘yicha ko‘plab qo‘shimcha sarmoyaviy loyihalar ishlab

chiqilmoqda. YeTTB «Kichik biznes uchun maslahatlar» dasturini ham 

ishga tushirdi. Uning doirasida birinchi loyihalar boshlab yuborilgan.

Tadbir doirasida Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent 

shahrida suv va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga oid qiymati

qariyb 215 million AQSh dollarlik beshta hujjat imzolandi. Bu 

loyihalar aholi salomatligi va turmush sharoitini yaxshilashga xizmat

qiladi.

Shu kuni F.Bennett boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi xalqaro



Vestminster universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan

uchrashdi. Universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi bilan

tanishdi.


E’tiboringiz

uchun


rahmat!

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish