Yetkazib berish zanjirini boshqarish


Savdo sohasida yetkazib berishning rivojlanish shart-sharoitlari



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/50
Sana09.06.2022
Hajmi2,28 Mb.
#647253
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
2-1108

6.6. Savdo sohasida yetkazib berishning rivojlanish shart-sharoitlari 
va muammolari 
Savdo korxonalarining mehnat vositalari bilan ta’minlanishi 
(yetkazib berishni qo‘llash shartlari) savdo korxonalarini zarur bo‘lgan 
ko‘tarish transport, texnologik va savdo uskunalari bilan jihozlash, 
shuningdek, mavjud texnikaning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish yo‘li 
bilan erishiladi.
Mehnat buyumlaridan foydalanishni takomillashtirish o‘z ichiga 
idishlarning yangi turlaridan foydalanish, savdo qilishda asosan 
qadoqlangan tovarlarga o‘tish, shuningdek, shtrixlangan kod bilan 
tamg‘alangan (kelajakda shtrix kodlari qo‘yilgan yuk to‘plamlari bilan 
ishlashga o‘tish) idishlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning sezilarli ko‘rsatkichlaridan bo‘lib, 
har bir soha bo‘yicha qo‘llaniladigan texnologiya hisoblanadi. Hozirgi 


167 
bosqichda savdo korxonalarida qo‘llaniladigan texnologiyalarning 
taraqqiyot darajasi to‘plangan yuklarni yuk o‘tkazish bo‘g‘inlari orqali olib 
borish imkoniyatlari, yuk va tovar birliklarining avtomatlashtirilgan 
uyg‘unlashuv 
imkoniyatlari, 
shuningdek, 
tovar 
o‘tkazishdagi 
ishtirokchilarning axborot almashuvidagi jadalliklar bilan belgilanadi. 
Yetkazib berish nuqtai nazaridan ilmiy-texnika taraqqiyotining aytib 
o‘tilgan yo‘nalishlari, ulgurji holda, ajralgan holatda rivojlanmasdan balki 
kelishilgan holda rivojlanishi zarurdir: sanoat korxonalarida, ulgurji 
savdoda, transportda, chakana savdoda, ya’ni tovar bozorining barcha 
ishtirokchilari bilan birgalikda amalga oshirilishi kerak.
Jahon va mamlakat tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yetkazib berishni 
qo‘llash savdoning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Samarani tarkib topishining asosiy tomonlarini ko‘rib chiqaylik.
1. Tovar harakati bo‘g‘inlaridagi zaxiralarni quyidagilar hisobiga 
qisqartirish:
zaxiralarni ulgurji va chakana savdolar o‘rtasida qayta taqsimlash va 
zaxiralarni ulgurji bo‘g‘inlarda to‘plash;
zaxira holatlarini nazorat qilishning zamonaviy texnologiyasini 
qo‘llash;
ishtirokchilarning zaxiralarni o‘z vaqtida to‘ldirib borish masalasida 
yuksak darajada muvofiqlashib borishi.
Joriy zaxiralar ham, sug‘urta zaxiralari ham qisqarib boradi.
Joriy zaxiralar – qulay o‘lchamdagi to‘plamlarning belgilangan 
muddatida yetkazib berilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Sug‘urta zaxiralari – tovarlarning yagona taqsimot omborida 
to‘planishi hisobiga kamaytiriladi.
Masalan, agar 100 ta do‘konni bitta taqsimot ombori atrofida 
birlashtirilsa va bu yerda sug‘urta zaxiralari to‘plansa, u holda kvadrat 
ildiz qonuniga ko‘ra, zaxiralarning umumiy hajmi xizmat ko‘rsatish 
bo‘yicha barqarorlikka zarar yetkazmagani holda 10 marta kamayadi.
2. Ulgurji va chakana savdo korxonalarining maydonlari va hajmidan 
yuqori darajada foydalanish. Masalan, tovar o‘tkazish bo‘g‘inlarining 
logistik qulayligi do‘konlar maydonlarining tarkibini sezilarli darajada 
o‘zgartirib, savdo maydonchalari hisobiga ko‘paytiradi. Bularga ushbu 
hisoblarga ko‘ra erishiladi:
umumiy zaxiralar miqdorining keskin qisqartirilishi va ularning 
kattagina qismi do‘konlardan ulgurji bo‘g‘inlarga ko‘chirish hisobiga; 
tayyorlov jarayonlarining bir qismini – shularda qadoqlash, tamg‘alash, 


168 
narxlarini qo‘yish va boshqalar tovar harakatini oldingi bosqichlariga 
ko‘chirish;
3. Sarmoyalarning aylanishini tezlashtirish. Bular talablarni bevosita 
joylashtirish va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo‘yicha nazorat qilish 
hisobiga erishiladi.
4. Transport xarajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarni yuqori darajada 
transportdan foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi.
5. Yuklarni ishlash, shu jumladan qo‘l mehnati xarajatlarini 
kamaytirish.
Yetkazib berishdan foydalanishdagi samaralar to‘plami, odatda, 
sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar samaralarining yig‘indisidan ortib tushadi. Bu 
shu bilan izohlanadiki, logistik tashkillashtirilgan tizimlarda vujudga 
kelgan bozor uchun kerakli bo‘lgan yukni yetkazib berishni ta’minlash 
qobiliyati, zarur sifatda, kerakli miqdorda, belgilangan muddatda, kerakli 
joyga, eng oz miqdordagi xarajatlar bilan yetkazib berishning vujudga 
kelishi bilan tushuntiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, savdodagi logistik qulaylik – bu 
tabiiy sohaning rivojlanishidagi muhim yo‘ldir.
Yetkazib berishni qo‘llash – bugungi kun savdo korxonasining 
raqobatbardoshlik garovidir.
Ertangi kunda – bu uning asosiy resurslaridan biri bo‘ladi.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish