6.3. Bitim logistik xarajatlari
Yuqorida obyekt logistizatsiya xarajatlarining xarajatlar hisobi
maqsadida turli shakllar ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tiborni xarajatlar
kategoriyasiga qaratish lozim, qaysiki bevosita qaror qabul qilish, nazorat
va boshqarish, foyda hisobi va kalkulyatsiyaga ta’sir qiladi - bitim
xarajlari. Logistik xarajatlarni qoplaydigan asosiy omil bu sarf. Tayyorlov
- ombor, taqsimlov - sotuv va ishlab chiqarish sarflari tarkibiga bitim
shartlari bo‘yicha kelishuvlar olib borish, uni rasmiylashtirish, potensial
sotuvchi va xaridorlar haqida axborot yig‘ish, yuridik huquqlarni himoya
qilish bilan bog‘liq xarajatlar kiradi. Logistik tizim ichi va tashqarisida
amalga oshiriladigan operatsiyalardan farqli joyi bunda egalik huquqi bir
kishidan ikkinchi kishiga o‘tishi va sug‘urta majburiyatining bir
tashkilotdagi ikkinchi tashkilotga o‘tishi. Bosqich va operatsiyalarni
amalga oshirish tovarga egalik huquqining ko‘chishi bitim xarajatlarini
tashkil qiladi.
Bitim xarajatlari - bozor kelishuvlari paydo bo‘lish natijasi.
Tromaksiya kategoriyasi keng qo‘llaniladi: har xil muddatli bitimlar
xususiyatini ifodalaydi, qaysiki detalni rasmiylashtirishni talab qiladi.
Bitim xarajatlari logistik tizimning sotish paytidagi tovarga egalik va
uning o‘tish yoki sug‘urta majburiyatlarining o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan
ajralmas qisimdir.
Xarajatlarning birinchi kategoriyaga kuyidagi tegishli:
Axborot qidirish xarajatlari. Axborat qidirish xarajatlari tarkibiga
potensial va hokazolar haqidagi axborat xarajatlari kiradi. Kelishuv olib
borish xarajatlari, unga almashtirish shartlari, kelishuv turini tanlash
xarajatlari kiradi. O‘lchov xarajatlari unga sifatli, sonli, xizmat xo‘jalik
aniqlash xarajatlari kiradi. Shartnoma tuzish xarajatlari, yuridik va
noqonuniy shartnomalar imzolash xarajatlari. Bu tavsif miqdoriy
baholashning asosidir, keyinchilik boshqaruv xarajatlarini kamaytirish.
152
Yangi turdagi xarajatlarning ajratilishi logistik mutaxassislari uchun va
agentlar uchun ham juda qulaydir. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri firmalararo
kelishmovchilik anglashilmovchilikni yo‘qotadi.
Xizmat darajasining ortishi bilan, tabiiyki xizmat uchun xarajatlar
ko‘payadi, biroq uning o‘sishi muntazam ravishda bo‘lmaydi.
Sababi shundan iboratki, xizmat ko‘rsatuvchi subyekt, ya’ni xizmat
qiluvchi shaxs birinchi navbatda eng kam xarajatlar bilan ishlovchilardan
foydalanadi.
Birinchi misolni davom ettiraylik. Aytish kerakki, Pareto qoidasiga
binoan, 20% ro‘yxatdagi tovarlar 80% foyda keltiradi. Binobarin, xarid
qilinadigan qismlarning tezda sotiladigan 400 ta xillarini ro‘yxat qilingani
ma’qul bo‘lardi. Biroq bozor bunday holatdan voz kechgan bo‘lib unaqa
sotuvchini hurmat qilmagan bo‘lardi, chunki boshqa xildagi kerakli
buyumlarni sotib olish uchun doimiy rad javobini olgan bo‘lardi.
Raqobatbardosh bo‘lish uchun Tovar ro‘yxatini kengaytirish zarur bo‘ladi,
hamda o‘rta holdagi keyinchalik kam talab qilinadigan tovarlar ham
qo‘shiladi. Biroq o‘rtacha talabdagi tovarlarni saqlab turish tez sotiladigan
tovarlarga nisbatan qimmatroq bo‘ladi. Kam talab qilinadigan tovarlarni
saqlab turish xarajatlari undan ham qimmatroq bo‘ladi. Shunday qilib,
tovarlar ro‘yxati ko‘paytirilib, ya’ni xizmat ko‘rsatish darajasi oshirilib,
korxona shu bilan birgalikda uni saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlarni oshiradi. 34-chizmada xizmat ko‘rsatish xarajatlarining xizmat
darajasining miqdoriga nisbatan o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
To‘liq amalga oshirilgan talablar hissasini ikkita usul bilan oshirish
mumkin:
1. Zaxiralar miqdorini oshirish bilan talabnomalar qabul qilish va
tovar yetkazib berish tizimini o‘zgarishsiz qoldirish mumkin.
2. Talabnoma haqidagi axborotlarning tezkor harakat qilish tizimini
yo‘lga qo‘yish bilan talab etilgan tovarni tez orada yetkazib berib, bunda
zaxiralar miqdorini o‘zgarishsiz qoldirish mumkin. Xizmat ko‘rsatish
darajasining birinchi yo‘li ekstensiv bo‘lib, xarajatlarning ortishini talab
etadi, ya’ni zaxiralarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar ortib boradi.
Ikkinchi yo‘l zaxiralarning ortishini talab etmaydi. Raqobatbardoshlik bu
yerda axborotlar va moddiy vositalarning harakati bo‘yicha aniq Yetkazib
berish hisobiga ortib boradi.
153
Do'stlaringiz bilan baham: |