75
Sus-uskunalar
uchun
solishtirma
sarmoyalar
kiritishning
yiriklashtirilgan me’yori, so‘m/sig‘imi t;
Kus - hududlarda uskunalar narxi ortishi koeffitsiyenti;
Kyig‘ma - quyidagi formula bo‘yicha belgilangan qurilish narxi
ortishining yig‘ma koeffitsiyenti.
Bu yerda:
Khud - qurilish - montaj ishlari narxining oshishini hisobga oluvchi
hududiy koeffitsiyent;
Kik - iqlimiy mintaqalar bo‘yicha qurilish - montaj ishlari narxining
oshishini
hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kzil - zilzilaviy ishlar bo‘yicha qurilish - montaj ishlarining narxi
oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ushbu turdagi uskunaga (
N
) ehtiyojning pul miqdori quyidagi
formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bu yerda:
Qckp - ushbu turdagi mexanizmlar bilan qayta ishlanishi kerak
bo‘lgan yuk muomalasining bir qismi, t;
Pm - foydalanish unumdorligi (bir mashina, mexanizmning ishlab
chiqarish quvvati) t/s (kub. m/s); t/s (kub. m/s);
Knot - yuk kelib tushishi (yuklarni ortish) notekisligining
koeffitsiyenti;
Kdon - mashinalar, mexanizmlarning bir qismini ta’mirlashda,
quvvatlashda, ijarada ekanligi hisobiga
ularga ehtiyoj ortishining
koeffitsiyenti.
Ushbu turdagi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarga ehtiyoj
miqdori ushbu formuladan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
birgalikda
Bu yerda:
Р
р - ombor bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan har xil turdagi mashinalar,
mexanizmlar va qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati miqdori;
76
R - ushbu turdagi uskunalarning
Р
р dagi ulushi;
Rur - ushbu turdagi uskunaning o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyati, t.%
Mehnat unumdorligi uni oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni hisobga
olgan holda
belgilanadi;
- yangi texnikani qo‘llash;
- ishlab turgan uskunalarni zamonaviylashtirish;
- ortish-tushirish transport-omborxona ishlarini mexanizatsiyalash-
tirish va avtomatlashtirish;
- (iste’xona va logistik jarayonlarni boshqarish jarayonini
avtomatlashtirish.
Baholovchi omillar
soni qisqartirilishi mumkin, ammo baholovchi
omillar sonidan hech kim sarmoya kiritishga qilingan xarajatlarni chiqarib
tashlashi mumkin emas.
Bizning fikrimizcha, logistik tizimda mahsulotlarni omborga
joylashtirish va omborda qayta ishlash samarali foyda ko‘rsatishi bir qator
muammolarni hal qilish bilan bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi:
- logistik tizim ishini strategik rejalashtirishda talab va ishlab
chiqarishni
bashorat qilish;
- transportni taqsimlash va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish
jarayonini muvofiqlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni xizmat
ko‘rsatish joylarida omborxona tizimi tarmoqlarini yaratish, taqsimlovchi
omborxona markazlari va iste’molchilar omborlari o‘rtasida
vazifalarni
eng muvofiq taqsimlash, iste’molchilarni guruhlash asosida savdo
mintaqalarini bir turga keltirish, ularni ishlab chiqarish joylariga eng mos
qilib biriktirish;
- iste’molchilarga transportdan foydalanishga xizmat ko‘rsatishning
iqtisodiy maqsadga muvofiq ko‘lamlari va darajalarini aniqlash;
- logistik tizim modellarini qurish va uning faoliyat ko‘rsatishi
barqarorligi shartlarini ishlab chiqish;
- logistik tizimning ishonchli ta’minotini
yaratish;
- logistik tizimda iste’molchilarga yuqori samarali servis xizmati
ko‘rsatish rejasini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: