2.6. Moddiy zaxiralarni boshqarish tizimi
Buyurtmaning qat’iy belgilangan davr oralig‘i zaxiraning holati
ustidan nazorat qilish tizimi quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
- yetkazib berish sharoitlari har xil hajmda, to‘dalarda buyurtmalarni
olishga imkon tug‘diradi;
- buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar
yuqori emas;
- ehtimolli kamyob tovar bo‘lgan yo‘qotishlar nisbatan katta emas.
Amaliyotda bu tizim bo‘yicha bir yetkazib beruvchidan olinadigan
ko‘p tovarlardan birining talab darajasi nisbatan bir qator bo‘lgan tovarlar,
qimmatli tovarlar va hokazolarni buyurtma qilish mumkin.
Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmdagi zaxiralari holati ustidan
nazorat tizimi
.
Zaxiralar holati ustidan nazoratning bu tizimida zaxiraning
to‘ldirilishiga buyurtmaning hajmi o‘zgarmas kattalik hisoblanadi.
Buyurtma berish vaqt oraliqlari bu holda har xil bo‘lishi mumkin.
Bu tizimda me’yorlangan kattaliklar buyurtma hajmi, buyurtmani
joylashtirish vaqtidagi zaxira hajmi (buyurtma nuqtasi) va sug‘urta
zaxirasining hajmlari hisoblanadi. Yetkazib berishga buyurtma naqd
zaxiraning buyurtma nuqtasi kamayganda joylashtiriladi. Chizmadan
ko‘rinib turibdiki, buyurtmani joylashtirishdan so‘ng zaxira kamayishini
davom ettirayapti, chunki buyurtirilgan tovar darrov olib kelinmaydi.
Buyurtma nuqtasidagi zaxira hajmi odatdagi ish holatida t vaqt ichida
zaxira sug‘urta zaxirasidan pastga tushib ketmasligi uchun tanlanadi. Agar
talab birdagina o‘sib ketsa (chizma chizig‘i keskin pastga tushadi - A
63
maydon) yoki yetkazib berish muddati cho‘zilsa ((t > t) - V maydonda),
sug‘urta zaxirasi ishga tushadi. Bunda korxonaning tijorat xizmati
qo‘shimcha yetkazib berishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni qo‘llashi
kerak. Ko‘rinib turibdiki, nazoratning bu tizimi korxonani kamyob tovarlar
vujudga kelishidan himoya qiladi.
2.4.-chizma. Buyurtma berish vaqt oraliqlarining har xil bo‘lishi
Bu yerda: T1, T2 ... Ti - buyurtma qaytariladigan alohida i vaqt
oralig‘ining hajmi;
t - buyurtmani joylashtirish va bajarish uchun kerak bo‘lgan vaqt (bu
misolda - 1kun);
R - buyurtma hajmi (nazoratning bu tizimida o‘zgarmas kattalik);
A - talabning birdaniga o‘sib ketish davri;
V - yetkazib berishning belgilangan muddatga buzilish davri;
t1 - V davrida yetkazib berishning haqiqiy muddati amaliyotda bu
tizim quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
- zaxira mavjud emasligi natijasida katta yo‘qotishlar;
- zaxiralarni saqlash bo‘yicha yuqori xarajatlar;
- buyurtma qilinadigan tovarning yuqori narxi;
- talab aniqlanmasligining yuqori darajasi.
- buyurtma qilinayotgan miqdorga bog‘liq holda narxdan
chegirmaning mavjudligi. Buyurtmaning qat’iy belgilangan hajmi tizim
zaxira nuqtasini aniqlash uchun qoldiqlarning uzluksiz hisobotini o‘z
ichiga oladi. Materiallar keng nomenklaturaning yoki savdo korxonasi
uchun keng assortimentning mavjudligida tizimni qo‘llashning muhim
sharti
ingichka
chiziqli
(shtrix)
kodlarning
avtomatlashtirilgan
identifikatsiya texnologiyasining qo‘llanilishi hisoblanadi.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |