Yetkazib berish zanjirini boshqarish


Transport omborxonasi moddiy oqimlarini tashkil qilish



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/50
Sana09.06.2022
Hajmi2,28 Mb.
#647253
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
Bog'liq
2-1108

3.2. Transport omborxonasi moddiy oqimlarini tashkil qilish 
 
Hammaga ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarining samarali 
iqtisodiy faoliyati zarur xomashyo materiallar, yoqilg‘i, xilma-xil 
uskunalar bilan ta’minlashga bog‘liq. Bu ishlar moddiy texnika ta’minoti 
tizimi orqali tashkil qilinadi. Mana shu tizimning texnik va ishlab 
chiqarishga oid bazasi ombor xo‘jaligidir. Ishlab chiqarish korxonasining 
omborlari, yordamchi sexlari va transportlari korxonaning ishlab chiqarish 
tuzilmasining eng muhim halqalaridan hisoblanadi. Omborning ishlash 
sifati sezilarli darajada ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiladi. 
Korxona omborlarining asosiy vazifalari: 


67 
1. Kerakli yoqilg‘i, xomashyo, material, mahsulot va boshqa boylik 
manbalari zaxiralarini to‘plash va iste’molchilarni usluksiz ta’minlash. 
2. Moddiy boylik manbalarini saqlash. 
3.Yuk ortish-tushirish ishlari, omborning ichki ishlarini eng oz 
mehnat va pul xarajatlari bilan oqilona tashkil qilish. 
4. Ombor maydonlaridan oqilona foydalanish va ombor xo‘jaligining 
asbob-uskunalaridan samarali foydalanish. 
5. Moddiy boylik manbalarini ishlab chiqarishda iste’mol qilishga 
tayyorlash. 
6. Markazlashtirilgan usulda material va mahsulotlarni kerakli 
joylarga (iste’molchilarga) yetkazib berish. 
7. Materiallardan tejamli foydalanishni nazorat qilish, ishlab 
chiqilgan chiqimlardan va taralardan oqilona foydalanishni tashkil qilish. 
8. Ishlab chiqarish jarayonida ishlatilmay qolgan, ortiqcha moddiy 
boylik manba zaxiralarini o‘z vaqtida aniqlash va ulardan foydalanishni 
tashkil qilish. 
Ombor deganda, har xil moddiy resurslarni qabul qilish va saqlashga 
mo‘ljallangan, ularni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlaydigan va 
iste’molchilarni uzluksiz ta’minlab turadigan qurilmalar tushuniladi. 
Boylik manbalarini saqlovchi omborlar bir-biridan farqlanadi. Ishlab 
chiqarish korxona omborlari ushbu xossalar bo‘yicha tavsiflanadi: 
- faoliyat xarakteri yoki vazifalari bo‘yicha; 
- saqlanadigan resurslar bo‘yicha; 
- binoning turi bo‘yicha; 
- joylashgan joyi va faoliyat doirasi bo‘yicha; 
- o‘tga chidamlilik darajasi bo‘yicha. 
Masalan, faoliyat xarakteri bo‘yicha omborlar: 
1. Ta’minlash yoki moddiy omborlarga. 
2. Ishlab chiqarishning ichidagi omborlarga bo‘linadi. 
Saralanadigan boylik manbalari turlari bo‘yicha omborlar 
ixtisoslashtirilgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Binosining turi 
bo‘yicha omborlar yopiq, yarim yopiq yoki ochiq bo‘lishi mumkin. 
Joylashish va faoliyat ko‘lami bo‘yicha omborlar markaziy, 
uchastkalarniki va sexlarniki bo‘ladi. O‘tga chidamlilik darajasi bo‘yicha 
ombor yonmaydigan, yonish qiyin bo‘lgan va yonadigan bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish korxonalarida ombor xo‘jaligi tashkil qilishning eng 
muhim masalalaridan biri - omborlarni to‘g‘ri joylashtirish. Har bir 
korxonada omborlar va iste’molchi sexlar bir-biri bilan texnologik aloqa 
orqali bog‘lanadi. Har bir ombor o‘zining iste’molchi sexiga yaqin 


68 
joylashadi. Korxona hududida omborlarni mintaqaviy joylashtirish uchun 
quyidagi tamoyillarga rioya qilish kerak: 
- yuklar oqimi harakatda bo‘lishi kerak; 
- yuklarni transportirovka qilish qulay bo‘lishi kerak va shoxobchalar 
bilan qulay aloqa bo‘lishi kerak; 
- saqlanayotgan moddiy resurslarni imkoni boricha asosiy sexlarga 
yaqinlashtirish; 
- omborlarni boshqa qurilmalar oldida joylashtirilayotganda 
yong‘indan xavfsizlik qoidalarini hisobga olish kerak. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish