Qoraqalpoq davlat universiteti Tabiatshunoslik fakulteti 2_b Geodeziya kartografiya va kadastr yo’nalishi talabasi Amandurdiyev Dilshodning Davlat kadastr asoslari fanidan tayyorlagan Slayd ishi.
Mavzu: Yetkazib berish quvurlari davlat kadasti. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri O’zbekiston respublikasining “ Davlat kadastr to’g’risida”gi qonuni (15.02.2000 №171). O’zbekiston respublikasining Vazirlar mahkamasini 2005 yil 16-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan. DKYAT ni yaratish va yuritish tartibi to’g’risidagi nizom O’zbekiston respublikasining Vazirlar mahkamasining yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 30-iyundagi 152-son qaroriga va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga muvofiq yuritiladi. Quydagilar YBQDK ni yuritishning asosiy prinsplari hisoblanadi:
O’zbekiston respublikasi butun hududida lokal va magistral quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat ko’rsatish obyektlarini qamrab olish;
Makon koordinatalarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo’llash;
Barcha obyektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
Kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi;
Kadastr axborotlarinign ochiqligi.
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT) (“Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasi)
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri (YBQDK) “O’zbekneftgaz” milliy-holding komponyasi “O’zLITIneftgaz” OAJ huzuridagi YBQDK xizmati
Davlat yer kadastri Binolar va inshootlar davlat kadastri
Foydalanuvchilar
Neft-gaz transport korxonalarining kadastr bo’linmalari
Mulkchilikda / foydalanishda bo’lgan va “O’zbekneftgaz” milliy-holding kompanyasi tizimidan tashqarida mavjud bo’lgan neft-gaz transport korxonalari obyektlari
Mulkchilikda/ foydalanishda bo’lgan va “O’zbekneftgaz” milliy-holding kompanyasi tizimida mavjud bo’lgan neft-gaz transport korxonalari obyektlari
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish sxemasi
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri
Neft gaz va gaz kondensatini yetkazib berishga mo'ljallangan O'zbekiston
Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan yetkazib berish quvurlari va ularga
xizmat ko'rsatish ob'ektlari:
Belgilangan armaturali va yer usti inshootlari bilan birgalikda yetkazib berish
quvurlarining liniyali qismi, kompressor va nasos stantsiyalari, elektrokimyoviy
himoya vositalari, gaz taqsimlash stantsiyalari va neft`, gaz va gaz kondensati
transporti korxonalari balansida bo'lgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli,
ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan qo'riqlash zonasiga ega bo'lgan boshqa ko'chmas mulk YBQDK ob'ektlari hisoblanadi.
YEBQDK - bu yetkazib berish quvurlari ob'ektlari, ularning jug'rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to'g'risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
YEBQDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda yetkazib berish quvurlari ob'ektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha-vakolatli tashkilot: “O’zbekneftgaz” milliy holding kompanyasi DKYAT ga quydagi ma’lumotlarni taqdim etadilar: - Kadastr obyektining nomi;
- Yuridik va jismoniy shaxsning-mulkdor ,egalik qiluvchi, foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining nomi va manzili;
- Kadastr obyektining maqsad vazifasi;
- Kadastr raqami;
- Kadastr obyektining o’rnashgan joyi va maydoni;
- Kadastr obyekti ishga solingan sana;
- Yer uchaskasi va kadastr obyektiga bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar;
- Kadastr obyektidan foydalanish rejimi;
- Qiymat bahosi;
- Obyektning masofaga cho’zilgan obyektlarning chiziqli ma’lumotlari hamda burilish nuqtalari koordinatalari ta’riflangan va ko’rsatilgan kadastr plani (kartasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |