Amaliyot mashg’uloti-5 Mavzu: Nasos stantsiyalari va jihozlaridagi buzilish va shikastlarining kelib chiqish sabablarining tahlili. Reja



Download 13,83 Kb.
Sana10.11.2022
Hajmi13,83 Kb.
#863205
Bog'liq
5-Amaliy mashg’ulot.TTT-NSF-22!!! 14.10.22..


Amaliyot mashg’uloti-5
Mavzu:Nasos stantsiyalari va jihozlaridagi buzilish va shikastlarining kelib chiqish sabablarining tahlili.


Reja:
1.Nasos stantsiya jihozlarining buzilishi.
2.Nasos stantsiya jihozlari buzilishlarining kelib chiqish sabablari.
3.Nasos stantsiya jihozlarining shikastlanishi.
4.Nasos stantsiya jihozlari shikastlanishining kelib chiqish sabablari.
5.Nasos stantsiyalari va jihozlarishdagi buzilish va shikastlarining kelib chiqish sabablarining tahlili.


Nasos stantsiya jihozlarining buzilishi. Nasos stantsiyalarda mavjud nasos agregatlarning bir ma’romda ish yuritilishini nazorat qilish stantsiyadagi ma’sul shaxslarning texnikalarni ko’z bilan ko’rib borish ham-da agregatlarni bir xil ma’romda ishlashini kuzatishni quloq bilan eshitish borish orqali amalga oshirsa ham bo’ladi.Ammo, zamonaviy texnikalarning kundan-kunda jadal tarzda rivojlanib borishi nasos stantsiyada agregatlarning bir xil ma’romda ishlashini nazorat o’lchov asboblari orqali ham kuzatib borish eng ishonch yo’l deb hisoblanmoqda.Ushbu nazorat qurilma asboblari nasos agregatlarini to’xtatish va yuritishda juda ham muhim vazi-fani bajarib keladi.Jumladan,nazorat o’lchov asboblari (NO’A) nasos hosil qiladigan suv sarfi va bosimni, avankamera va bosimli hovuzdagi suv sathlari, texnik suv ta’minoti tizimida suvning oqishini, musbat so’rish balandligiga ega nasoslarni ishga turirishdan oldin suv bilan to’ldirilishi, yog’ sarfi, podshipniklar harorati va boshqa sh. o’. ko’rsatgichlarni nazorat kiladi. NO’A ni ishlatish, ular ish printsipidan qatiy nazar, zavodlardan olingan ko’rsatmalarga qatian mos amalga oshiriladi: tekshirishlar olib boriladi, moylanadi, germetikligi, tozaligi, mahkam-lanishi, izolyatsiyasi va o’tkazgichlari turi, birlamchi va ikkilamchi datchiklar orasi masofasi va boshqalar tekshirilib boriladi. Bu ma’lumotlar asosida NO’A ni ishlatishning mahalliy ko’rsatmalari ishlab chiqiladi, ular ishining to’g’riligi har kuni tekshirilib boriladi. Asboblarni ta’mirlash maxsus ustaxonalarda, ularni tekshi-rish esa davlat standartlashtirish tashkilotlarida amalga oshiriladi. Suv sarfini nazorat qiladigan qurilmalar ishlatilayotganda torayish qurilma (diafgramalar, Venturi soplosi va sh.o’.) si bilan sarf o’lchagich impuls quvurchalari tozaligi kuzatib borilishi lozim, ular havo bilan bosim ostida tozalanishi va yuvilishi, yig’ilib qolgan havo ulardan chiqarib yuborilishi, birlamchi datchik va qabul qilgichlararo simning sozligi kuzatib borilishi kerak.Ushbu datchik orqali agregatlarda jihoz-larining buzilish yoki shikastlanish holatlarini tezda aniqlab olsa bo’ladi.
Suv sathini o’lchaydigan qurilmalar ishlatilayotganda quvur teshigi tozaligi va suv o’tkazuvchanligi, po’kaklar va po’lat arqonchalar sozligi, birlamchi va ikkilamchi datchiklar orasidagi simning sozligi kuzatib borilishi, ishqalanadigan qismlari moylanishi, po’kakli asboblardagi arqonchalar va yo’naltiruvchi shkivlar muzlashdan saqlanishi, sath signalizatorlarini elektrodli kontaktlarining holati kuzatib borilishi, muntazam ravishda asboblarni ko’rsatishlarini amaldagi suv sathiga mosligi tekshirilib borilishi zarur. Asboblar namunali tozalikka ega bo’lishi kerak. Sim va asboblar korpusi joylashgan щitlarning ichki qismi chang yutgich bi-lan tozalanishi, mashina yog’i bilan sal namlangan eski tuski lattalar bilan artilishi lozim. Asboblar oynalari paxta materialli latta bilan artiladi.
Oyiga kamida 1 marta asboblar ko’rib chiqiladi va biriktirmalari tortib qo’yiladi, oynasiga chertib oynaning quzg’almasligi tekishiriladi. O’zi yozar soat mexanizmi yoki diagramma doirasini aylantirish uchun yoki diagramma lentali barabanli elektr o’tkazgichli NO’A ga alohida ahamiyat beriladi. Nasos stantsiyadagi ma’sul shaxs-lar mashina zalida har bir agregatining noo’rin holatda buzilib qolish yoki shikast-lanishning oldini olish uchun maxsus jurnalga agregatning kunlik texnik holatiga doir barcha ma’lumot-larni kiritib boradi.Shuningdek, agregatlar bo’yicha ma’sul shaxslar tamonidan oyning har dekadasida hamda har oyda nasos agregatining texnik holati ham kiritilib boriladi. O’z o’rnida jurnal orqali agregatlarning kunlik ishlash ritmi kuzatilib boriladi.Agarda ma’sul shaxslar mashina zalidagi agre-gatlarning ichida noo’rin ichki shovqin-suron yoki ichki kuch ta’sirida qasir-qusur tarzdagi tovush chiqsa, darhol to’xtatiladi.Darhol malakali va tajribali mutaxassislar hisobidan ishchi guruh tuzilib,ushbu ishchi guruh orqali sodir etilgan voqeaga aniqlik kiritiladi.So’ngra, ishchi guruh tavsiyasiga binoan “nasoz” agregatga navbatdagi xizmat ko’rsatiladi.


Nazorat savollari:
1.Nasos stantsiya jihozlarining buzilish sabablarini atroflicha tushun-tirib bering?
2.Nasos stantsiya jihozlarining shikastlanish sabablarini atroflicha tushuntirib bering?
3.Nasos stantsiya jihozlariningbuzilish yoki shikastlanish holatlariga ta’rif bering?
Download 13,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish