Mavzu: “Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar va havfsizlik”
Reja:
Yerga ulash qurilmalari haqida.
Yerga ulash qurilmalarini ekspluatatsiya qilish.
Havfsizlik va talablar.
Yerga ulash (zazemleniye) -elektr apparatlar, mashinalar, jixrzlar, yashin qaytargichlar va b.ni yer bilan tutashtirish. Yerga ulagichlar vositasida amalga oshiriladi. Yerga ulagich yerga koʻmiladigan metall (poʻlat, mis) elektrod va qurilmalarning yerga ulanadigan qismlarini elektrod bilan biriktiradigan oʻtkazgichdan iborat. Yerga tik qoqiladigan poʻlat quvur (vodoprovod tarmogʻi, markaziy isitish yoki gaz tarmoqlaridan boshqa) qam elektrod vazifasini bajaradi. Yerga ulanadigan qism bilan yer orasidagi qarshilikni kamaytirish uchun elektrod sizot suvlari sathi chuqurligida koʻmiladi; yerning qarshiligi katta boʻlganda elektrodga namakob quyiladi. Yerga ulagich radioeshittirish tarmoqlarida, radiotexnikada, simli aloqada (bunda yer oʻtkazgich vazifasini bajaradi), yashin qaytargich va b. apparatlarda (ularni ortiqcha kuchlanishdan himoya qilish, yaʼni tokni yerga oʻtkazib yuborish uchun) ishlatiladi. Yerga ulagich tashqi maydon taʼsirida hosil boʻladigan qarshiliklarni kamaytiradi. Kishilarni tok urishidan himoya qilish uchun kuchlanish ostidagi qurilmalarning tashqi metall qismlari (mashina, apparat korpuslari va b.) yerga ulanadi. Yerga ulagich qarshiligi oʻzgaruvchan tok koʻprigi bilan oʻlchanadi.
Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lish xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini Yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini Yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.
Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanish paydo bo‘lsa, uni Yerga o‘tkazib yuborishdan iborat bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri, elektr tokini xavfsiz darajaga tushirish, shuningdek, Yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, Yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi.
Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi:
a) Bir joyga yig‘ilgan yerga ulash, yerga qoqilgan metal qoziqlar sexdan tashqarida ma’lum bir hududda o‘rnatilgan bo‘ladi.
b) Kontur bo‘yicha joylashtirilgan yerga ulashga mo‘ljallangan metal qoziqlar, elektr qurilmasi o‘rnatilgan maydon atrofi bo‘ylab, o‘zaro metall polosadan qilingan o‘tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo‘yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiriladi, hudud bo‘ylab elektr potensiallari ayirmasi yo‘qoladi.
Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish, nolga ulab muhofazalashdir.
Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam Yerga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birgalikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji borcha ko‘proq (ma’lum masofada) Yerga ulab boriladi.
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi Yerga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga oqib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat.
Yerga ulovchi va nolli himoya simlarini yerga ulagichlarga, yerga ulovchi konturga va yerga ulovchi konstruktsiyalarga ulash payvandlash bilan, apparatlar, mapshnalar va elektr uzatish havo liniyalari tayanchlari korpuslariga ulash esa - payvandlash yoki mustaxkam boltli birikmalar orkali bajarilishi shart va GOST 10434-82 talablarini koniktirishi kerak.
Yerga yoki nol simiga ulanishi kerak bo’lgan elektr qurilmani har bir kismi yerga ulash yoki nol simiga ulash tarmogiga alohida sim orkali ulanishi shart. Elektr qurilmalarni yerga yoki nol simiga ulanuvchi kismlarini yerga yoki nolli himoya o’tkazgichiga ketma-ket ulash man qilinadi.
2. Ochiq zpgkazilgan, pulatdan kilingan yerga ulash simlari ajralib turadigan rangga ega bo’lishi shart.
3. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr qurilmalarda yyerdan faza yoki nol simi sifatida foydalanish man etiladi.
4. Yerga ulash qurilmasining texnik holatini aniqlash uchun davriy ravishda quyidagilar o’tkazilishi shart:
yerga ulovchi qurilmalarning kurinadigan kismlarini tashqi ko’rikdan o’tkazish;
yerga ulagich va yerga ulanayotgan elementlar zftasidagi zanjirni tekshirish bilan ko’rikdan o’tkazish (yerga ulovchi qurilma bilan apparatlarni birlashtiruvchi simlarda o’zilgan va konikarsiz kontaktlar yo’qligi), shuningdek transformatorlarning teshiluvchi saqlagichlarni tekshirish;
yerga ulash qurilmasining qarshiligini ulchash;
faza - nol zanjirini tekpshrish;
tabiiy yerga ulash ulashlarining mustaxkamligini tekshirish;
yerga kumilgan yerga ulash qurilmasining elementlarini kurish uchun tuprokni ixtiyoriy tanlab ochib kurish;
kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan elektr uzatish liniyalari tayanchlari uchun tuprokning solishtirma qarshiligini ulchash.
5. Yerga ulash qurilmasining TQ transformatorli podstansiyalar va taqsimlovchi punktlar, shuningdek sex elektr uskunalarining va bopщa elektr xurilmalariing ko’rikdan o’tkazish bilan birga o’tkaziladi.
Ko’rikdan o’tkazishlarda aniqlangan nosozliklar, qabul qilinagan choralar haqidagi tegishli yozuvlar yerga ulash qurilmasining ko‘rikdan o’tkazish jurnalida, yoki tezkor jurnalda qayd etilishi kerak.
Nolga ulab muhofaza qilinayotgan tizimda nol simining asosiy vazifasi elektr tizimi korpusiga o‘tib ketgan tok bilan qarshiliksiz qisqa tutashuv hosil qilib, tizimdan oqib o‘tayotgan tok miqdorini muhofazalovchi o‘chirish tizimini ishga tushirib, qurilmaga tok o‘tkazmasligini ta’minlaydi.
Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar.
Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlari, tok o‘chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalar hamda ularni o‘rnatish va foydalanishda maxsus talablar qo‘yiladi.
Elektr qurilmalarining elektr o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash muhim rol o‘ynaydi.
a) Ko‘p miqdordagi elektr tokini yo‘qotishdan saqlaydi.
b) Ishlayotgan xodimni elektr toki ta’siriga tushib qolishga yo‘l qo‘ymaydi.
v) Elektr tizimlarining o‘zgaruvchi kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo bo‘ladigan yong‘in xavfini yo‘qotadi.
Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o‘rtasidagi, elektr tizimlaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o‘tkazgich orasidagi muhofaza qobig‘i qarshiligi 0,5 M Om dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20-50 foiz ortiq bo‘lishi kYerak.
Elektr qurilmasining muhofaza qobig‘i qarshiligi uni o‘rnatgandan keyin o‘lchab ko‘riladi va ishlatish davrida yiliga kamida 1 marta, xavfli xonalarda kamida 2 marta o‘lchab, tekshirib turiladi.
Muhofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalanilganda, ularni kamida 3,5 m balandlikda o‘rnatish tavsiya etiladi, agar simlar uzilib ketgan taqdirda, ularni avtomatik o‘chirish tizimlari bo‘lishi shart.
Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari juda oddiy tuzilgan bo‘lib, agar tizimda elektr quvvati nominal (25 foiz) miqdordan ortib ketganda, avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi.
Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, Yeruvchi qism 0,2 s davomida Yerib ketadi. Yeruvchi qismning standart sifatidagisini qo‘llash kYerak, uning o‘rniga, mis simlardan qilingan yasama qurilmalarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi. CHunki bunday yasama qurilmalar o‘z vaqtida ishlamay, tizimdagi mavjud boshqa qismlari va o‘tkazgichlari qizib ketishiga hamda muhofaza qobiqlarining yonib ketishi natijasida, yong‘in chiqishiga sababchi bo‘ladi.
Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari mavjud bo‘lib, ularning hammasi ham Yeruvchi qismni o‘zgartirish imkoniyati bor.
Saqlovchi qurilmalarni almashtirish uchun, albatta, elektr tokini o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi, aksariyat hollarda shaxsiy muhofaza aslahalar qo‘llaniladi.
Elektrdan himoyalanish vositalari deb elektr qurilmalarida ishlaydigan ishchi xodimlarni shikastlanishdan, yuqoridan yiqilishdan, elektr maydonining ta’siridan himoyalash uchun xizmat qiluvchi asboblar moslamalar va qurilmalarga aytiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi 638-son “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari” haqidagi qarori;
“Xavfsizlik qoidalari majmua” Murodov X;
www.Lex.uz;
www.ziyonet.uz;
www.wikipedia.org;
www.google.com.
Do'stlaringiz bilan baham: |