Urugni egatga ekish usuli.
Respublikamizning janubiy paxtakor xojaliklari yerni egat olib sugorib, yer yetilishi bilan yerga chigit ekmoqda. Egatlar kuzda yoki bahorda olib qoyiladi. Ekish muddati. Ozbekistonda ekinlar tort muddatda: kuzda, erta va kech bahorda hamda yezda ekiladi. Oz vaqtida ekish, mavsumiylikka hamda mazkur ekin uchun belgilangan optimal (eng qulay) muddatga bogliq.
Ekish oz vaqtida otkazilsa, uruglarning unib chiqishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi, tuproq namligidan va oziq moddalar zaxirasidan toliqroq foydalaniladi, shuningdek osishda begona otlardan otib ketadi. Kuzgi bugdoyni maqbul muddatlarda ekish katta ahamiyatga ega.
Kuzgi bugdoyni sugoriladigan yerlarda, lalmi yerlarga nisbatan ertachi muddatlarda ekish kerak. Chunki, bunday yerlar suv bilan taminlangan bolib, urug ekilgandan song, sugorish natijasida maysalarni toliq undirib olish mumkin.
Ertagi muddatlarda ekilgan bugdoy kuzda osib ketadi, kasallik va zararkunandalardan kop zararlanadi, natijada yomon qishlaydi, siyraklashadi va hosili pasayadi. Kech ekilganda esa uruglarning dala sharoitida unuvchanligi pasayadi, osimlik toplanaolmaydi, kuzgi-bahorgi namlik zaxirasidan yaxshi foydalana olmaydi, osish va rivojlanishdan orqada qoladi va kam hosil beradi. Kuzgi bugdoy maqbul muddatda ekilganda, maqbul miqdordagi harorat, namlik va oziq moddalar bilan taminlanganda kuzgi vegetasiyasi tugaguncha 3-5 tagacha novda hosil qiladi, osimliklarning qishga chidamliligi va mahsuldorligi ham yuqori boladi.
Ekish muddati, tuproq iqlim-sharoiti va ekinlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Professor N.Xalilov (1994) tajribalarida Samarqand viloyatining sugoriladigan yerlarida biologik kuzgi bugdoy navlari maqbul ekish muddati oktyabr oyining birinchi on kunligi, biologik bahori va duvarak navlar uchun oktyabr oyining ikkinchi on kunligi aniqlangan bolsa, P.Bobomirzayev (1998 yil)ning tadqiqotlarida esa, Qashqadaryo viloyati sugoriladigan yerlarida biologik bahori va duvarak bugdoy navlari uchun optimal ekish muddati oktyabr oyining uchinchi on kunligi ekanligi aniqlangan.
Shuning uchun, kuzda bugdoyning oktyabr-noyabr oylari maysalashi, noyabr oylarining oxiriga toplanishi va shu rivojlanish davrida qishlashi kuzda tutilishi kerak.
Shuni hisobga olgan holda, kuzgi bugdoyning ekish uchun qulay muddatlari shimoliy viloyatlar (Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm viloyati) uchun sentyabr oyining birinchi va ikkinchi on kunligi, markaziy viloyatlar uchun sentyabrning songi on kuni oktyabrning boshlari va ikkinchi un kunligi va janubiy viloyatlar uchun oktyabrning ikkinchi va uchinchi on kunligi hisoblanadi. Lalmikor yerlarda kuzgi don ekinlari uruglarini kuzda qurib qolgan tuproqqa ekish yaxshi natija bermaydi.
Shuning uchun kuzgi bugdoy mintaqa obhavo sharoitiga qarab, yogingarchilik kunlar yaqinlashib qolganda yoki yogingarchiliklardan keyin ekiladi. Lalmikorlarda kuzgi bugdoy ekish uchun optimal muddat Kattaqorgonda dekabr, Qarshida noyabr, Qamashida oktyabrning ikkinchi yarmi, Gallaorolda sentyabr, Baxmalda sentyabr, oktyabr oylari hisoblanadi. Optimal muddatlardan erta yoki kech ekilganda kuzgi bugdoy hosili kamayadi.
Malumki, chigitni doimiy ortacha harorat 12-14 0 S bolganda ekish kerak. Ozbekistonda chigit ekiladigan eng qulay muddatlar taxminan qoyidagicha (9- jadval). Demak, chigitni nihoyatda erta va kech muddatlarda ekib soglom va toliq kochat olish mumkin emas.
Erga ishlov bermasdan unda ekin etishtirib bulmaydi. Tuprok Osimlik ildizi uchun etarli darajada yumshok bulganda, uning suv fizik xususiyatlari va mikroorganizmlarning faoliyati yaxshi buladi. Erni ishlash deganda uni shudgor kilish, tekislash, asosiy ishlov berish, boronalash, kultivastiyalash, chizellash, mola bosish kabilar tushuniladi Bir-biri bilan boglik xolda utkaziladigan xar xil mexanik tasir etishlariga yerni ishlash tizmi deyildi
Er ishlanganda tuprok (suv, xavo, issiklik, va b.) rejimlarining normal utishi uchun kulay sharoit yaratiladi, yani xaydalma katlam tuzilishi va uning donadorligi uzgaradi, tuprokning kuyi katlamidagi ozik moddalar yukoriga kutarilib, uning aylanishi davri va mikrobiologik jarayonlar tezlatiladi; begona utlar yukotiladi; organik mineral ugit va angizlar tuproka kushiladi; tuprok yuza katlamida yoki Osimlik koldiklarida yashayotgan ekinlarning zararkunanda va kasallik kuzgatuvchilari yukotiladi; erni ekin ekishga tayyorlash egat va juyak olish xamda ekinni parvarish kilishda kator orasiga ishlov berish begona utlarni yukotish va xokazo bajariladi
Erni ishlashda kuyidagi texnologik jarayonlar bajariladi: er katlami agdariladi, aralashtiriladi va yushatiladi; begona ut ildizlari kirkiladi, tuprok zichlanadi, tekislanadi, egat va juyak olinadi, tuprok yuzasidagi angizlar koldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |