II BOB
Qishloq xojalik ekinlarini ekishdan oldin yerlarni tekislash. Tekislash usullari joriy, qisman va asosiy tekislash
Sugoriladigan yerlarni tekislash suv, mineral ogit va qishloq xojalik texnikalaridan samarali foydalanishning asosiy shartlaridan biridir. Yaxshi tekislanmagan yerlarda suv bir xil taqsimlanmaydi. Suv isrofgarchiligi 2 - 3 barovar kopayadi, tuproqlarni botqoqlanishi va shorlanishi kuchayadi, mineral ogitlardan foydalanish darajasi past boladi.
Sugoriladigan yerlar yaxshilab tekislanganda, dalalar teng taqsimlanib, tuproqqa bir vaqtda sifatli ishlov berishga erishiladi, undagi tuproq bir tekis namiqadi, sugorish meyori kamayadi, sugorish shaxobchalarini qurish bilan bogliq ishlarning hajmi kamayadi, qishloq xojalik ishlarini mexanizasiyalashtirish imkoni kopayadi, sugorish ishlariga kam mehnat sarflanadi, hosil ortadi. Yaxshi tekislangan yerlarda suvchining ish unumdorligi kuniga 2-3 gektarni tashkil etsa, tekislanmagan yerlarda bor-yogi 0,5-0,8 gektarni tashkil etadi.
Yerlarni tekislash, yangi va shorlangan yerlarni ozlashtirish hamda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xojaligi ekinlaridan yuqori hosil olish garovidir.
Ekin maydonidagi baland joylar tuprogini uning past joylariga keltirib tokish, yani undagi past balandliklarni, onqir-chonqir joylarni yoqotish yoli bilan shu maydon yuzasida malum nishab yaratish (yoki unda gorizontal yuza hosil qilish) yer tekislash deyiladi.
Yer tekislashda bajariladigan tuproq ishlari hajmiga bogliq holda, tekislashni uch usulga ajratish mumkin. a) asosiy (kapital) tekislash; b) qisman tekislash; v) joriy tekislash. Asosiy (kapital) tekislash.
Yer tekislash usulining eng kop mehnat talab qiladigan turi asosiy tekislashdir. Bu usul asosan yangi yerlarni ozlashtirishda qollaniladi. Asosiy tekislashda sugorish uchastkasi sirtining tabiiy korinishi butunlay ozgaradi, nishablik esa sugorish texnikasiga moslashtriladi.
Shuning uchun, bunda juda katta hajmdagi tuproq ishlarini bajarishga togri keladi. Asosiy (kapital) tekislash ishi maxsus loyiha-xarita asosida olib boriladi. Loyiha tarkibiga reja korinishida yoki qator profillar korinishida, maxsus ish chizmalari, shuningdek, ish hajmini hisoblash qaydnomalari, sxemalar korinishidagi turli qoshimcha materiallar va shunga oxshashlar kiradi. Tekislash vaqtida tuproqning ustki (unumdor) qatlamini iloji boricha saqlab qolishga, yani uni juda chuqur joylarga keltirib tokmaslikka intilish kerak.
Aks holda uchastka tuprogining unumdorligi kamayib ketadi va yerdan mol hosil olib bolmaydi. Qisman tekislash. Qisman tekislashda sugorish uchastkasi topografik yuzasining xarakteri ozgarmaydi. Qisman tekislash ishlari loyixa-xaritaga asosan olib boriladi. Bunda yerning tabiiy nishabligi qisman ozgartiriladi, qisman faqat dongliklar, onqir-chonqirlar, keraksiz eski kanallar, yollar tekislanadi.
Qisman tekislash bilan sugorishga yetarli darajada sharoit tugdirish mumkin bolmagan holdagina asosiy tekislash ishlari qilinadi. Joriy tekislash. Asosiy (kapital) tekislangan uchastka sirtida vaqt otishi bilan yer haydash, sugorish va boshqa dehqonchilik ishlari tasirida onqirchonqirlar paydo boladi.
Tuproqqa ishlov berishda hosil bolgan mana shu pastbalandliklarni yoqotish- joriy tekislash deyiladi. Xojalikdagi uchastkalar yilda bir marta, albatta joriy tekislanishi lozim. Joriy tekislash xojalikning oz kuchi va mashinalari bilan bajariladi.
Har yili shudgordan song yoki ekish oldidan egat va pushtalar, oqariqlar, ayrim dongliklar tekislanadi. Tekislash ishlari koz bilan chamalab olib boriladi. Kichik xajmdagi tuproq ishlari bajariladi. Tekislashda yengil texnikadan va qol kuchidan foydalaniladi. Bunda ish hyech qanday loyixasiz, dalachilik brigadasining brigadiri yoki xojalik gidrotexnigi rahbarligida olib boriladi. Joriy tekislashda uzun bazali tekislagich juda qol keladi: bu mashina uchastka yuzini mexanik ravishda tep-tekis qilib ketadi.
2.1 Ekish oldidan tuproqqa ishlov berish: Qatqaloqni yumshatib, tuproqda nam saqlash; yumshoq qatlam hosil qilish; uruglarning qiygos unib chiqishi uchun sharoit yaratish; begona otlarga qarshi kurash.
Respublikamizdagi ilgor xojaliklar tajribasiga kora, yerni ekin ekishga tayyorlashda har bir agrotexnika tadbirini xojalikning tuproq - iqlim sharoitini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. Yerni ekin ekish oldidan ishlash shudgorni boronalashdan boshlanadi.
Boronalanganda dalaning yuzasi tekislanadi, osib chiqayotgan bir yillik begona otlar yoqotiladi, kesaklar maydalanadi, hosil bolgan qatqaloq yumshatiladi va nam buglanishining oldini oladi. Yerni ekin ekishdan oldin ishlashni yer yetilmasdan oldin boshlab yuborish ham katta zarar keltiradi, chunki yogingarchilikdan keyin tuproqda qalin qatqaloq hosil boladi, uning yuza qismi zichlashadi. Shuning uchun tuproqning yetilganligiga etibor berish, bahorda shudgorning 8-10 sm chuqurlikdagi tuprogi yetilishi bilan yerni ishlay boshlash kerak.
Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitiga bu muddat taxminan qoyidagi davrlarda togri keladi: Surxandaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida fevral oyining birinchi yarmi yoki mart oyining birinchi besh kunligi; Fargona vodiysi (Andijon, Namangan va Fargona viloyatlarida) mart oyining birinchi yarmi; Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida mart oyining ikkinchi yarmi; Xorazm va Qaraqalpogiston respublikasida mart oyining uchinchi un kunligi yoki aprel oyining birinchi besh kunligi, bahor qanday kelishiga qarab bu muddatlar biroz ozgarishi mumkin.
Yerni ekin ekish oldidan ishlash usullari shudgorning holatiga va yerga yaxob berish hamda tuproqning shorini yuvish muddatiga qarab belgilanadi. Yaxob berilmaydigan, shori yuvilmaydigan yerlarni ekin ekishga tayyorlash uchun bir ikki marta boronalanadi, songra mola bostiriladi. Ot bosgan yerlarda yumshatgichlar va kultivatorlardan foydalanilgani maqul. Bunda ularga keng otkir gozpanjalar ornatish kerak, chunki otlar yaxshiroq qirqiladi. Shudgor serkesak bolsa, yaxshilab maydalash va organik-mineral ogitlarni aralashtirish uchun diskli boronalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Lekin ildizpoyali begona otlar tarqalgan maydonlarda bu usuldan foydalanib bolmaydi.
Yaxob beriladigan, tuprogi shor va kuzgi shudgordan yoki asosiy haydashdan keyin shori yuvilgan yerlarni chigit ekishga tayyorlashda maxsus qoshimcha ishlar bajariladi, yani bahorda egat, marzalar va boshqa balandpastliklar tekislanadi, songra yaxob berish uchun egat va oqariqlar olinadi. Tuproqning mexanik tarkibiga qarab, egatlar orqali gektariga 1000-1500 m3 hisobida suv beriladi. Yer yetilishi bilan oqariqlar tekislanadi va dala ikkita ketma-ket ulangan boronada bir otishda boylamasiga yoki kondalangiga boronalanadi.
Chigit ekishgacha yerni yaxshi yumshatish uchun chizel-kultivator, kultivator va diskli boronalardan foydalaniladi. Chigit ekish oldidan shudgor yana boronalanadi, songra mola bostirilib, song chigit ekiladi. Shori yuvilgan yerlar ham ekin ekishga shu tartibda tayyorlanadi. Bahorda yerni sayozroq bolsa ham qayta haydashga yol quymaslik kerak. Agar yaxob berilganda yoki tuproq shori yuvilgandan keyin yer juda zichlashib, begona ot bosgan bolsa, plugning agdargichlarini olib qoyib yumshatish mumkin.
Koklamda haydaladigan yerlarni iloji boricha barvaqt yer yetilishi bilanoq ishlashga kirishish kerak. Shunday qilinganda, tuproq da nam koproq toplanadi, ekish davridagi qiyinchiliklar bartaraf etiladi, ekish kompaniyasi qisqa va qulay muddatlarda otkaziladi. Yer bahorda haydalganda zudlik bilan diskalash va boronalash kerak. Aks holda tuproqdagi nam tez buglanib ketadi. Osuv davrining boshlarida goza yaxshi rivojlanishi, keyinchalik kosaklar yetilishini taminlash uchun azotli va fosforli ogitlarning bir qismini bahorda yerni ekin ekishga tayyorlash vaqtida solish foydalidir.
Ogit kultivator va chizelga ornatilgan ogitlagichlarda solinadi. Ogit agregat soposhkalari bilan 14-16 sm chuqurlikka solinib yoki yer yuzasiga sepilib, songra uni 8-10 sm chuqurlikda chizel yoki disk bilan yumshatib, tuproqqa aralashtirish va komish ham mumkin.
Yerni ekin ekilgandan boshlab to hosili yigishtirib olinguncha oz vaqtida sifatli qilib ishlash ulardan yuqori hosil yetishtirishda asosiy tadbir hisoblanadi. Chunki bu tadbirlar tufayli osimliklarning osishi va rivojlanishi uchun muayyan sharoit yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |