Katlamni agdarish. Er katlami agdarib xaydalganda uning fizik xususiyatlari yaxshilanadi, donadorligi buzilgan yuza katlam egat tagiga tushadi, bunda ugit, organik moddalar, begona ut uruglari va qishloq xujaligi kasalliklarini kuzgatuvchilar, xasharotlarni gumbaklari tuprok ostiga kumilib, ularni yashashi uchun nokulay sharoit vujudga keladi, erning yuza kismida tuplangan va Osimlik oson uzlashtiradigan ozik elementlari namligi etarli chukurrok katlamga tushadi.Bunda ozik elementlari xaydalma katlamda bir tekisda taksimlanadi.
Er katlamini yumshatish. Er zaruriyatga karab yuza va xaydov chukurligida yumshatiladi.
Bunda tuprokning xavo almashinishi, suv utkazuvchanligi yaxshilanadi va mikroorganizmlar faoliyati kuchayadi.
Xaydalma katlam tuprogini aralashtirish. Bu tadbir natijasida tuprokdagi organik va mineral ugitlar, mikroorganizmlar xaydalma katlamda bir tekis taksimlanib, tuprok unumdorligini oshiradi.
Tuprokni zichlash. Tuprok zichlanganda, yani mola bostirilganda kapilyar govaklik ortadi. Ekilgan uruglarni pastki katlamda namlik bilan taminlash yaxshi buladi. Ekiladigan urugning mayda yirikligiga karab: mayda urug ekiladigan er ekishgacha, yirik urug ekiladigan er esa ekishgacha va ekish vaktida zichlanadi. Shunda urug bir xil chukurlikka tushudi va kator orasi ishlanadigan ekinlarning katori tugri bulishiga zamin yaratiladi.
Erni tekislash. Sugoriladigan Dehqonchilikda erni tekislash ekin ekish va uni parvarish kilish uchun axamiyati katta. Sifatli ekish, sugorish, parvarish kilish uchun sharoit yaratiladi.
Begona utlarning ildizini kirkish. Erni ishlashda bir yillik begona utlar yukotiladi, kup yilliklari kamaytiriladi. Begona utlar ildizi asosan, erni yumshatish, katlamni agdarish va aralashtirish kabi texnologik jarayonlar vaktida kirkib tashlanadi.
Begona utlar ildizini kirkishda kultivator va diskli baronalardan foydalaniladi. Ildiz poyali, kup yillik begona utlar tarkalgan dalalarni disklash begona utlarni kupayishiga tarkibiga karab, tabakalashtirib utkazish lozim.
Egat yoki juyak olish. Er osti suvi yuza joylashgan erlarga kuzgi shudgordan keyin juyak yoki egat olinganda erning xaydash chukurligi «oshadi», unda nam kamayadi, tuprokning issiklik rejimi, xavo almashining yaxshilanadi.
Er xaydalganda agdariladigan katlamlar 135°-145° kiyalikda bir-birga yonboshlasa, katlam chala katlam 180° ga agdarilsa tulik agdarilgan xisoblanadi.
Erni xaydash sifati plug otvallarining shakliga boglik, yani ular vintsimon, stilindrsimon, yarim vintsimon va madaniy bulishi mumkin.
Madaniy otvalli pluglar katlamini yaxshi uvoklaydi va agdariladi. 1870 yili Rudolf Sakk yarim vintli va stilindrik otvalli pluglardan madaniy otvalli plug yaratdi. Bu plugning asosiy korpusi oldida kengligi asosiy korpusning 2/3 kismigacha keladigan chimkirlar urnatilgan.
Er ikki yarusli plug bilan agdarilganda anaerob va erob jarayonlarni vujudga keltirishida kulay sharoit yaratadi. Tuprokning pastki katlamida xavo bulmaganligi uchun anoerob sharoit vujudga keladi, natijada organik moddalar mikroorganizmlar yordamida parchalanib, tuprok donadorligini tiklash uchun zarur chirindi xosil buladi va tuplanadi. Kislorod etarli bulgan yukori katlamda esa aerob sharoit vujudga keladi, bunda organik moddalar minerallashadi va Osimliklarning oziklanishi yaxshilanadi.
Xozirgi vaktda er kuprok P-5-35M, PN-4-35 markali tirkama yoki osma pluglar bilan xaydalmokda. Keyingi yillarda chimkirkarning kengligi 27 sm gacha uzaytirilgan.
PYa-3-35 markli ikki yarusli pluglar ishlab chikarildi. Xozirgi davrda shamol eroziyasiga moyil erlarni agdarmasdan, angizlar saklangan xolda asosiy yassi ishlov berish usuli keng kullanilmokda. Erni sifatli ishlash kullanilayotgan kurolning tuzilishiga, yani plug otvalining shakliga, ishchi organlarining tipiga, agregatning yurish tezligiga va tuprokning texnologik, xossalriga boglik.
Xulosa
Xuloa qilib aytganda dehqonchilik agronomiya fanlari orasida muhim orin tutadi. U tabiiy va ilmiy fanlami amaliy agronomiya bilan boglovchi soha hisoblanadi. Dehqonchilik - amaliy fanlardan biri bolib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerdan oqilona foydalanish, ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish yollarini orgatadi.Dehqonchilik deganda, qishloq xojaligida yerdan foydalanish va ekin yetishtirishda qollaniladigan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Xojalik uchun qimmatli belgilarga ega bolgan xom-ashyo osimliklarini har tomonlama chuqur organish borasida organish ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Xojalik uchun qimmatli belgilarga ega bolgan xom-ashyo osimliklaridan foydalanishda, ularning bioekologik xususiyatlarini organish muhim ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi.
Tuproqshunoslik asoschilaridan biri N.M.Sibirsev oz ustozi V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi goyalarini yanada rivojlantirib, tuproq haqidagi tushunchaga ozining ayrim fikrlarini kiritdi va tuproq paydo bolish jarayonlarining mohiyatini ancha chuqurroq ochib berishga harakat qildi.
U tuproqning quyidagi tarifini beradi: "Tabiiy tuproqlar deganda qitalarning yuza qismi hosilalari yoki tog jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi umumiy ektodinamik hodisalar, shu qatlamgacha kirib borayotgan organizmlarning tasiri yoki biosfera tarkibiy qismlaridan yuzaga kelgan jarayonlarning ozaro birgalikdagi tasiri tufayli kechadi".
Bundan korinib turibdiki, tuproqning paydo bolishida koplab tabiiy omillarning ozaro murakkab tasiri katta rol oynaydi.
Bunday achchiq saboqlar O`zbekiston dehqonchiligida ham uchraydi. Hozirgi vaqtda respublikaning umumiy maydoni 44,9 mln. gektar bo`lib, shundan 28,1 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Sug`oriladigan ekinzorlar maydoni esa 4,2 mln. gektarni tashkil qiladi.
Oldingi yillarda respublikada cho`l zonalarini o`zlashtirish, yangi yerlar ochib dehqonchilik qilishni kengaytirish avj olgan edi. 1975-1985 yillar davomida 1 mln. gektar yangi yerlar o`zlashtirildi. Bu ish hatto shiorbozlikkacha ko`tarilib «ovchining zo`ri sher otar, yigitning zo`ri yer ochar» degan shior ham paydo bo`lgan edi. Lekin bu ish o`zining kutilgan samarasini bermadi. Sababi, dehqonchilik agrotexnikasiga e'tibor yetarli bo`lmadi, almashlab ekish texnologiyasi o`rnini paxta yakka hokimligi egalladi.
Kartalar me'yoridagidan kattalashib ketdi, ixotazorlar kamaydi, melioratsiya ishlari susaydi. Oqibatda tuproqning turli eroziyalarga chalinishi, sho`rlanish va botqoqlanishi tezlashdi, daryolar suvining dehqonchilikdagi sarfi ko`paydi, Orol dengizi halokat yoqqasiga keldi, undan tarqalayotgan tuzli qum atrof hududlar tuprog`iga yog`ilaboshladi.
Shunday qilib, yo`l qo`yilgan bu xatoliklar oqibatida Qoraqalpog`iston, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining 90-95% maydoni sho`rlandi. Faqatgina Buxoro viloyatida 270 ming gektar sug`oriladigan yerlarning 53 ming gektari shamol eroziyasiga uchradi. Tog`oldi hududlariga joylashgan Farg`ona vodiysi va Toshkent viloyatining ko`p miqdoridagi maydonlari suv eroziyasiga uchradi.
Hozirgi kunda yer resurslaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida respublika chorvachiligi ham jiddiy zarar ko`rmoqda. Chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalanilayotgan 22 mln. gektarning 6 mln. gektari shamol eroziyasiga va 3 mln. gektari suv eroziyasiga uchragan.
Shuni ham qayd - qilish kerakki, 1991 yildan boshlab respublikada yangi yerlarni o`zlashtirish ishi tuxtatildi. Keyingi yillarda paxta yakka hokimligidan voz kechildi, don, beda va paxta almashlab ekilishi, suvdan tejab foydalanish tadbirlari ishlab chiqilmoqda-ki, bu ishlar kelajakda o`zining ijobiy natijasini beradi.
Insonning xo`jalik faoliyati ta'sirida tuproqning sifati buzilib, hosildorligi pasayishi kuzatilmoqda. Jamiyat o`zining rivojlanish tarixida 2 mlrd. gektarga yaqin yerni ishdan chiqargan. Faqatgina suv va shamol ta'sirida, qum bosish va sho`rlanish oqibatida har yili Yer yuzida 6-7 mln. gektar yer xo`jalik oborotidan chiqib ketmoqda. Bu hol hakli ravishda mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Chunki tuproqning hosil bo`lishiga qaraganda uning maydoni kamayishi minglab marta tez boradi. Masalan, 10 sm. qalinlikdagi tuproq hosil bo`lishi uchun 1400-1700 yil kerak. Shunday qalinlikdagi tuproqni suv eroziyasi 20-30 yildayoq ishdan chiqarish mumkin. Ba'zan esa bu jarayon uchun faqat bitta suv toshqini kifoya qiladi.
Umuman olganda, tuproqning holati biz unga qanaqa ta'sir o`tkazishimizga bog`liq bo`ladi. Odam o`zining dehqonchilik faoliyatida tuproqda hosil yetishtiradi va uni yig`ishtirib oladi. Bu demak u tuproqda yetishtirilgan organik moddalarni olib, uni kambag`allashtiradi. Ayni vaqtda u tuproqni o`gitlaydi, almashlab ekish va boshqa agrotexnik tadbirlarni qo`llaydi va shu asosda tuproqni boyitib, uning unumdorligini qayta tiklaydi. Bunday tadbirlarning o`z vaqtida bajarilmasligi faqatgina shu kunning foydasini ko`zlab ish tutish tuproqni eroziyaga uchratish, uning sho`rlanish va botqoqlanishi oqibatida ishdan chiqishini tezlatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |