2.2 Yerni ekin ekkandan keyin ishlash. Qator oralari ishlanadigan ekinlarga ishlov berish. Yoppasiga ekilgan kuzgi va bahorgi ekinlarga ishlov berish.
Tuproqni ekin ekilgandan keyin ishlash qator oralari ishlanadigan va yoppasiga ekilgan kuzgi hamda bahorgi ekinlarni ishlash tizimiga bolinadi. a) Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish qilish.
Respublikamiz tuproqlari yomgir yoqqandan keyin qurishi bilan qatqaloq bolishiga moyil. Tuproqning mexanik tarkibi qancha ogir va tuproq shor bolsa, qatqaloq yana ham qattiq boladi.
Shuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomgirlardan keyin hosil bolgan qatqaloqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq oz vaqtida yumshatilmay kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi ortib boradi, yumshatish qiyinlashadi va zarari katta boladi.
Agar chigit unib chiqqan va unib chiqish oldida bolsa, rotasion motigadan, maboda, chigit yoki makkajoxori unib chiqib, qatorlari bilingan bolsa, rotasion yulduzchalar ornatilgan kultivatorlardan foydalaniladi.
Agar chigit ekib bolishi bilan yogin yegsa, qatqaloqni yoppasiga yumshatadigan yengil, tishining uzunligi 6-8 sm bolgan «zig-zag» borona bilan qatorlarning kondalangiga boronalash mumkin. Ekinlar qator orasini ishlash muddati va chuqurligi tuproqning holatiga, begona otlar bilan ifloslanganligiga va ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi.
Birinchi kultivasiya maysalar unib chiqqandan boshlanadi. Kultivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, ortasidagi gozpanja yumshatgich 10-12 sm chuqurlikda ishlatiladi.
Goza qator oralarining qanday kenglikda (60 yoki 90 sm) bolishidan qatiy nazar kultivasiya qilishda 8-10 sm kenglikda himoya zonasi qoldiriladi. Keyingi kultivasiyada yumshatuvchi ish organlarining chetdagi pichogi 8-10 sm, ortadagisiniki esa 14-26 sm chuqurlikda ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi kultivasiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi. Har galgi sugorishdan song yer yetilishi bilan kultivasiya otkazish lozim. Bu namlikni saqlashni taminlaydi.
Goza osuv davrida 4-5 marta kultivasiyalanadi. Kop ot bosgan hamda ildizpoyali begona otlar tarqalgan dalalar chopiq qilinadi. Osimliklarga ishlov berishni oziqlantirish bilan birga qoshib olib borish kerak. Goza rivojlanishining birinchi davrida azot va fosforni, shonalash davrida azotni va gullash-hosil tugish davrida azot va fosforni koproq talab qiladi.
Xojalikning tuproq iqlim sharoitiga qarab, mavsumda goza 3-7 marta va undan ortiq, har xil sxemalarda sugoriladi. Har galgi sugorishdan oldin okuchniklar yordamida 18-22 sm chuqurlikda egatlar olinadi. b) yoppasiga ekilgan kuzgi ekinlarni parvarish qilish. Sugoriladigan dehqonchilik sharoitida ekiladigan kuzgi boshoqli ekinlarga kuzgi bugdoy va kuzgi arpa kiradi.
Kuzgi bugdoy, arpa kuz-qishki va bahorgi nam zaxirasidan yaxshi foydalaniladi. Biologik kuzgi navlari erta kuzda ekilganda, eng yuqori hosil olinadi. Kuzgi bugdoy bu muddatda ekilganda qishgacha ildiz tizimi baqquvat rivojlanadi, yaxshi tuplaydi va shu fazada normal qishlab chiqadi. Kuzgi bugdoy nay chiqarish va boshoqlash davrida suvga eng talabchan boladi. Tuproqning namligi optimal darajada saqlansa, u garmseldan zararlanmaydi. Erta kuzda ekilgan don ekinlariga kuz-qish davrida yaxob suvi beriladi. Kuzgi bugdoy va arpani osuv davrida 2-3 marta sugorish kerak.
Ozbekiston sharoitida kuzgi don ekinlarini bahorda oz vaqtida sifatli boronalash natijasida tuproq namni yaxshi saqlaydi, havo almashinishi yaxshilanadi, mikroblar faoliyati faollashadi, bir yillik begona otlar 3-8 marta kamayadi va hosil gektariga 1,5-2,0 s/ga ortadi. Ekinzorlarda bir yillik begona otlarni yoqotishda gerbisidlardan granstar, xussar, pardner bir yillik begona otlarga, kop yillik begona otlarga qarshi fyuzilad super qollash yaxshi natija beradi.
Kuzgi don ekinlarini toplanish va nay chiqarish fazasida azot bilan oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. v) Yoppasiga ekilgan bahorgi ekinlarni parvarish qilish. Ozbekiston sharoitida yoppasiga ekiladigan bahorgi ekinlarga bahorgi bugdoy, arpa, kop yillik otlardan beda va boshqa osimliklar kiradi. Bu ekinlar ekilgandan keyin yer kamroq ishlanadi.
Hozirgi vaqtda bahorgi arpa va bugdoy ekinlari deyarli ekilmaydi, asosan kuzda ekilmoqda. Malumki, beda, suli yoki arpa bilan aralashtirilib ekiladi. Ikkinchi va uchinchi yili beda tuproqning yuqori qatlamini biroz zichlashtiradi. Natijada tuproqning suv otkazuvchanligi, aerasiyasi susayadi. Bedapoya erta bahorda ogir zig-zag borona bilan boronalanadi. Birinchi yili bedapoya boronalanmaydi ham, disklanmaydi ham.
Dastlabki yili bedani ot bosib, uning namlik va mineral moddalariga sheriklik qiladi. Ot bosgan maydonda beda siyraklanadi, ayniqsa ildizpoyali kop yillik begona otlar osgan yerda esa keskin kamayadi. Bedapoyadagi begona otlarga qarshi kurashda birinchi orimni barvaqt va past orish katta ahamiyatga ega. Bedani ikkinchi va uchinchi yili ogir tishli boronada boronalash yoki disklash katta ahamiyatga ega. Bu ishni bahorda, xali beda kokarmasdan, yer yetilishi bilanoq bajarish kerak. Ikki marta sifatli qilib boronalash yaxshi natija beradi. Bedapoya boronalanganda yoki disklanganda yer yumshab, nam yaxshi singadi va yaxshi saqlanadi, ona boshlagan begona otlar quriydi. Shuningdek, tuproq aerasiyasi yaxshilanadi, fitonomus bilan zararlanish kamayadi, bedaning ildiz bugzidagi kurtaklar oygonib, qoshimcha poya chiqaradi va hosilining sifati yaxshilanadi.
Ikkinchi va uchinchi yili bedapoya surunkasiga boronalanmasa yoki diskalanmasa, bedapoyada begona otlar kopayib, oqibatda beda siyraklashib ketadi. Beda dukkakli osimlik bolgani uchun fosforli va kaliyli ogitlarga talabi katta. Bedaning ikkinchi va uchinchi yili osish davrida erta bahorda gektariga 100 kg fosfor, va 75-100 kg kaliy ogiti sepiladi.
2.3 Qishloq xojalik ekinlarini ekish usullari , qishloq xojalik ekinlarini oz vaqtida va sifatli ekishning ahamiyati. Ekish muddatlari, ekish chuqurligi, urug ekish meyori va osimliklarni oziqlanish maydoni.
Ekinlardan yuqori va barqaror hosil yetishtirishda navdor uruglik bilan bir qatorda, uni oz vaqtida va sifatli qilib ekish ham katta ahamiyatga ega. Urugni ekishgacha bolgan barcha zaruriy chora-tadbirlarni (urugni tozalash, xillash, xojalik jihatidan yaroqliligini aniqlash, kasallik va zarar kunandalarga qarshi dorilash va boshqalarni) toliq amalga oshirish, uni bir tekis undirib olish bilan bir qatorda barcha maydonlarda kochatlar toliq bolishini taminlaydi.
Yuqori hosil, asosan, malum kochat qalinligini hosilni yigib terib olish vaqtiga qadar qanchalik saqlab qolishga bogliq. Lekin, kochat qalinligi ekinlarning biologik xususiyatlariga bogliq holda har xil boladi. Masalan, kochatlarning ortacha qalinlikda bolishi uchun, goza osimligi gektariga 100 ming tup, bugdoy 5 mln tup, kanop ekini 1,6 mln tup va uruglik kanop 200 ming tup, makkajoxori don uchun 45-60 ming tup bolishini taminlash kerak.
Kochatlar qalinligi u yoki bu ekinlar uchun yuqoridagiga qaraganda keskin kam yoki ortiq bolishi, vegetasiya davrida barcha tadbirlarga togri amal qilinganda ham hosilga salbiy tasir etadi.
Shuning uchun kochatlar kerakli qalinlikda bolishi va uni tola saqlab qolish tadbirlari ekin ekishdan boshlanadi. Maysalarni qiygos unib chiqishi va keyinchalik ularning normal osishi hamda rivojlanishi, ekish usullari, muddatlariga, ekish meyorlariga, urugning komilish chuqurligiga va yerni tayyorlash sifatiga hamda ekish agregatlarining qanchalik normal ishlashiga bogliq.
Ilgari vaqtda barcha ekinlar asosan qolda sochib ekilar edi. Bu usulda urug dalada bir tekis taqsimlanmaydi va bir xil chuqurlikka tushmaydi. Shuning uchun urugning bir qismi normal chuqurlikka tushib, bir qismi esa, kech chiqar bazilari esa umuman chiqmas edi. Natijada kochatlar siyrak bolib ularning osishi va rivojlanishi turlicha boladi.
Bundan tashqari, qolda sochib ekilganda, ekish meyori buziladi va ekinni parvarish qilish va hosilni yigishtirib olishda mexanizasiyadan foydalanish qiyinlashadi. Shuning uchun ham hozir ekinlar turli xil konstruksiyadagi seyalkalarda qatorlab ekiladi. Yoppasiga qatorlab ekish. Bu sulda SD-24, SEN-24, kombinasiyalashtirilgan SUK-24 va boshqa seyalkalarda arpa, bugdoy, javdor, suli va boshqa ekinlar ekiladi, qatorlar orasi 13-15 sm, osimliklar orasi, 1,2- 1,5 sm boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |