SZ-3,6A RUSUMLI SEYALKA
DEM-3,6 RUSUMLI SEYALKA KXU-4 RUSUMLI KULTIVATOR
MASHINALARGA QO‘YILGAN AGROTEXNIK TALABLAR
-ekish chuqurligi (er sharoitiga qarab), sm…….………….2-6
-urug‘larni
ko‘mish
chuqurligi
notektsligi,
sm
ko‘pi
bilan…………………………..±1
-ekilgan maydon bo‘yicha urug‘larni belgilangan me’yorga nisbatan notekisligi, %
ko‘pi bilan …………±1
-ekish
soshniklari
orasidagi
notekislik,
%
ko‘pi
bilan…………………………………...6
-bir
gektarga
g‘alla
ekish
normasi,
kg/ga………………………………………………... 60-250
-ekish
apparatlaridagi
urug‘ning
shikastlanish
darajasi,
%
ko‘pi
bilan………………..3
Tukli chigitlarni ekish uchun, SCHX-4A, SXU-4, SMX-4, Tuksizlantirilgan
chigitlarni aniq miqdorda ekish uchun, «KEYS-1200»
148
SXU-4 RUSUMLI UNIVERSAL PAXTA SEYALKASI
SMX-4 RUSUMLI MODULLI PAXTA SEYALKASI
KEYS-1200 RUSUMLI PNEVMATIK SEYALKA
SXU-4 UNIVERSAL CHIGIT EKISH SEYALKASINING VAZIFASI
SXU-4 universal chigit ekish seyalkasi tukli va tuksiz chigitlarni 60 va 90 sm
oraliqda uyalab, punktirlab, qatorlab ekish uchun mo‘ljallangan. SHu bilan birga bu
seyalka bilan makkajo‘xori donini 70 sm qator oralig‘ida ekish ham mumkin.
Seyalka chigit ekish bilan birga quyidagi agrotexnik operatsiyalarni ham bajara
oladi: -sug‘orish uchun egatlar ochish; -har bir egat yon bag‘riga mineral o‘g‘it yoki
ularning aralashmasini soladi; -chigit tushgan zonaga gerbitsid purkash.
149
Yuqorida atib o‘tilganlarni amalga oshirish uchun KXU—kultivator-
oziqlantirgichning ishchi organlaridan va PXG-4 gerbitsid sepish moslamasidan
foydalaniladi.
Seyalka 9 kN sinfidagi T-28X4M va 14 kN sinfidagi MTZ-80X traktorlari
bilan agregatlanadi. Seyalka traktorning osma tizimiga uch nuqtali sxemada SA-1
avtotirkagichi yordamida osiladi.
Seyalka quyidagi variantlarda ishlab chiqariladi:
A) SXU-4 seyalkasi tukli chigitlarni ekish uchun mo‘ljallangan hamda tuksiz
chigitlarni ekish uchun almashtiriladigan apparatlar bilan jihozlangan:
B) SXU-4-1 seyalkasi g‘altakli ekish apparati bilan jihozlangan bo‘lib, tukli
chigitlarni 90 va 60 sm kenglikdagi qator oralariga ekish uchun mo‘ljallangan;
V) SXU-4-11 seyalkasi diskli ekish apparati bilan jihozlangan bo‘lib, chigit va
makkajo‘xorini 90 va 60 sm kenglikdagi qator oralariga ekish uchun mo‘ljallangan.
SEYALKANING UMUMIY TUZILISHI VA ISH JARAYONI
SXU-4-1 seyalkasi tayanch g‘ildirak 2, rama 1 va uning old va ketingi
bruslariga mahkamlangan to‘rt zvenoli mexanizm 3 dan iborat. Iztortkichlar 4
ramaning old brusiga o‘rnatilgan. Aylanma harakat seyalkaning tayanch g‘ildiragidan
yuritma orqali umumiy taqsimlash valiga,undan esa ekish va uya hosil qilish
apparatlariga uzatiladi.
CHIGITNI PLYONKA OSTIGA EKISH SEYALKASI, TUZILISHI VA
TEXNOLOGIK ISH JARAYONI
CHigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasining afzalliklari ko‘p bo‘lganligi tufayli
keng tarqalmokda. Bu texnologiya ishlatilsa, erta bahorda kuyosh nuridan to‘liqrok
foydalanib, tuproq xaroratini kerakli darajagacha ko‘tarib, chigitni
10...15 kun
oldin
ekib olinadi. 10 sm chuqurlikdagi xarorati
9...10 °S
ga etgan tuproqning ustiga
plyonka yopilsa, mulcha (parnik) effekti xisobiga uning xarorati qo‘shimcha 4...5°S
ga ortib, chigitning unib chiqishiga etarli sharoit tug‘iladi. Plyonka ostida namlik
uzoq saqlanadi, shu sababli chigitni tabiiy namlikda undirib olishda va xatto kunlar
isib ketguncha sug‘ormaslik imkoniyati tug‘iladi. Plyonka ostida begona o‘tlar o‘sib,
rivojlanmaydi, demak kultivatsiya o‘tkazishning soni ham kamayishi mumkin. Qulay
sharoitda rivojlangan g‘o‘za tezroq ko‘sak tugib, xosildorligini 10...12 s/ga gacha
oshiradi. Muximi, xosil erta pishib, uni (10...15 kunga) erta yig‘ib olish mumkin
bo‘ladi.
Mazkur texnologiyani bajarilishini ta’minlaydigan seyalka sxemasi quyida
keltirilgan. U rama
2
, osish moslamasi
1
, iztortkich, barabanli miqdorlagich
3
, er
tekislagich
4
, ariqcha ochadigan sferik disk
5
, plyonka chetini tuproq bilan
ko‘madigan sferik disk
6
, plyonka o‘rami o‘rnatilgan valik
7
, plyonkani taranglovchi
valiklar
8
, sidirgich
9
, zichlagich
10
lardan tuzilgan.
150
CHIGITNI PLYONKA OSTIGA EKADIGAN SEYALKANING SXEMASI.
a-yon ko‘rinishi; b-ust ko‘rinishi; v-ishchi qismlar ish jarayonining sxemasi; 1-
osish moslamasi; 2-rama; 3-miqdorlagich; 4-er tekislagich; 5 va 6-sferik disklar;
7 va 8-jo‘valar; 9-sidirgich; 10-zichlagich.
Do'stlaringiz bilan baham: |