158
17-MAVZU:
Don kombaynlari. Paxta terish mashinalari.
Reja:
1.G‘alla kombaynlari turlari
2. G‘alla kombaynlarning texnik tavsiflari
3. Kombaynning texnologik ish jarayoni
4.
Paxta hosilini yig‘ishtirish
texnologiyasi
5.
Paxta hosilini yig‘ishtiradigin mashina turlari
17.1
G‘alla kombaynlari turlari
G‘alla hosilini yig‘ishtirib olishda «Keys», «Klass-Mega» va DON-1500B
Rossiya
kombaynlaridan foydalanilmoqda
.
KEYS-2166 G‘ALLA KOMBAYNI
KLASS-MEGA G‘ALLA KOMBAYNI
159
DON-1500B
G‘ALLA KOMBAYNI
17.2 G‘alla kombaynlarning texnik tavsiflari
G‘ALLA KOMBAYNLARIGA QO‘YILGAN AGROTEXNIK TALABLAR
kombayn jatkasidagi don nobudgarchiligi, %
ko‘pi bilan………………………………………………………………0,5
kombayn orqasidagi erga to‘kilgan don miqdori, %,
ko‘pi bilan………………………………………………………………1,5
bunkerdagi donning shikastlanganlik darajasi, %
ko‘pi bilan……………………………………………………………….2
bunkerdagi donning tozaligi, %,
eng kamida……………………………………………………………….95
G‘ALLA KOMBAYNINING TEXNOLOGIK ISH JARAYONI
Ekinlarini bo‘lgich 2 o‘rgich 1 ga ajratib beradi. O‘rgich motovilosi 3 ning
parraklari poyalarni to‘plab o‘rish
apparatiga engashtirib beradi, g‘alla poyalarini
o‘rish apparatining segmentlari o‘rgandan so‘ng, ular o‘rgich tubiga tushadi. O‘rilgan
g‘allani shnek kurakchalari 4 yordamida ikki chetdan o‘rtaga surib, to‘plab,
moslanuvchan transprortyor 5 ga uzatadi.
Transportyor esa, g‘allani qabul biteri 6 ga etkazadi. Biter g‘allani yanchish
apparatining barabani 7 bilan uning tagligi (deka) orasidagi tirqishga uzatib beradi.
160
Baraban g‘allani katta tezlikda tor tirqishdan siqilgan holda olib o‘tayotib,
taglik 25 ustida in-tensiv sidirib yanchadi. Natijada donning 80-85% i boshoqlardan
ajralib, aralashma holda taglik teshiklaridan o‘tib don aralashmasi suruvchi transport
taxtasi 24 ga tushadi.
YAnchilgan somon don qoldiqlari bilan birgalikda
baraban tagidan otilib
chiqayotib qaytaruvchi biter 11 ga uriladi, natijada don qoldiqlarining bir qismi
ajratib olinadi. Somonelagich 14 ning somonni silkitishi
hisobiga don va boshoq
qoldiqlarining qolgan qismi elanib ajraladi va pastga, don transport taxtasi 24 ga
tushadi. Tozalangan somon, somon to‘plagich 16 ga zichlanib to‘planadi.
Transport taxtasining ilgarilanma-qaytarma harakati natijasida uning ustiga
tushgan don aralashmasi g‘alvirlar 19,20 ga surib keltiriladi.
Transport taxtasining
taroqsimon qismi don va chorini ustki g‘alvir sirtining birinchi yarmiga bir tekis
taqsimlab tushiradi. Ustki va pastki g‘alvirlar 19,20 donni elash uchun tebranma
harakat qiladi. Ustki g‘alvirning ko‘zlaridan don va mayda xascho‘plar
pastga
tushadi, chorining yirigi ustki g‘alvirning uzaytirgichida qo‘shimcha elanadi va
undan boshoqlar ajratib olinib pastga, boshoqlar shnegi 18 ga tushiriladi.
Bu shnek
boshoqlarni kombaynning chap chetiga surib, boshoqlar elevatori (ko‘targichi) 12 ga
yo‘naltiradi. Elevator boshoqlarni qayta yanchish uchun qaytaruvchi biter 11 ning
ustiga eltadi. Pastki va ustki g‘alvirlar ustidagi chorining engil bo‘laklari pastdan
yuqoriga ventilyator 23 ning havo oqimi ta’sirida uchirilib, somon to‘plagich 16 ga
etkaziladi. Pastki g‘alvirdan tushgan, don elevator yordamida don bunkeri 8 ga
tushadi. Bunker to‘lgach undagi don maxsus shnek 9 yordamida transport vositasiga
ortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: