144
korpus, chimqirqar rama, sozlovchi mexanizm, chuqurlatkich, diskli pichoq, tirkash
moslamasi, dala,egat va ketingi g‘ildirak mexanizmlari.
Ishchi yuzasining shakliga qarab korpuslar madaniy, yarimvintsimon va
vintsimon
turlarga ajartiladi.
MADANIY KORPUSLAR
-palaxsani
yaxshi uvalaydi va
qoniqarli ag‘daradi. Ular eskidan haydalib kelingan va yopishmagan
tuproqlarni shudgorlash uchun qo‘llaniladi.
YARIMVINTSIMON KORPUSLAR
-madaniy
korpuslarga nisbatan palaxsani yaxshi ag‘daradi,
ammo uni yomonroq uvalaydi.
Bunaqa korpus
yopishqoq va chimzor
tuproqlarni haydashga
mo‘ljallangan pluglarga o‘rnatiladi
.
VINTSIMON KORPUSLAR
-palaxsani yumshat-
masdan to‘liq ag‘darilishini ta’minlaydi hamda ang‘iz
va chimni yaxshi
parchalanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ular ko‘p yillik o‘tlarni
haydashda, yaylovzorlarni tubdan yaxshilashda va qo‘riq erlarni birinchi
marta haydashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: